Yakuniy nazоrat savоllari
Quyosh хaqida umumiy ma’lumоt
Download 338.44 Kb.
|
1-30 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 34. Fоtоsfеra va undagi оb’еktlar
33. Quyosh хaqida umumiy ma’lumоt. Quyoshning kattaligi (diametri) uning ko'rinma diametri va ungacha bo'lgan masofa orqali aniqlanadi. Osmon jismlarining ko‘rinma diametri esa qaralayotgan osmon jismining (jumladan, Quyoshning) Yerdan uzoqligiga bog‘liq bo‘ladi. Quyosh atrofida aylanayotgan sayyoramiz ham undan turlicha masofada bo'ladi. Yer Quyoshdan eng yaqin masofada (perigeliyda) bo'lganida Quyoshning ko'rinma diametri 32’35", eng uzoq masofada (afeliyda) bo'lganda esa, uning ko'rinma diametri ЗГЗГ' ga teng bo'ladi. Yer Quyoshdan o'rtacha uzoqlikda (149600000 km) bo'lganda Quyoshning ko'rinma radiusi 16'02" ni, bu ma’lumotlar asosida aniqlangan uning chiziqli radiusi: Ro=696000 km ni, hajmi esa Vo= 1,41 -1027 m3 ni tashkil qiladi. Bunday katta hajmdagi shar ichiga Yer kattaligidagi sharchalardan qariyb 1 million 304 mingtasi joylashib ketadi (76-rasm) . Quyoshning massasi: M=2-1033kg; bu kattaliklar orqali aniqlangan o'rtacha zichligi: p=l,41 g/sm3; Quyosh sirtida erkin tushish tezlanishi: g=274 m/s2 ni tashkil qiladi.
34. Fоtоsfеra va undagi оb’еktlar Fotosfera qalinligi 300 kilometrga yaqin boiib, unda boshqa qatlamlarga nisbatan yaxshi o'rganilgan quyidagi obyektlami kuzatish mumkin: granulyatsiya (donadorlik), mash’allar va Quyosh dog'lari. Fotosfera, oddiy ko‘z bilan kuzatilganda ko‘rinadigandek bir tekis ravshanlikdagi sirtdan iborat bo‘lmay, asalari uyasini eslatuvchi donador strukturaga ega (79-rasm). Bu AondL&oiWk-granulyatsiya («granul» - yunoncha so‘z boiib, donadorlik demakdir) deb yuritiladi. Granulyatsiyani kuchli ajrata olish qobiliyatiga ega boigan yirik teleskoplarda ku2 atish uchun sharoit yaxshi boiganda (Yer atmosferasi changlardan holi, havoning turli yo'nalishlaridagi oqimi juda kamayganda) ko‘rish mumkin boiadi. Quyosh granulyatsiyasi birinchi marta XIX asr oxirlarida Jansen (Medon) va A.P. Ganskiylar (Pulkovo) tomonidan olingan fotografiyalarda ko‘rindi. Fotosferada kuzatiladigan mash ’allar ravshanligi jihatdan ajralib turadigan zanjirsimon obyektlardir. Spektral analiz mash’allarning ravshanligi fotosferanikidan 10-20 foizga ortiq ekanligini ko'rsatadi. Mash’allami faqat Quyosh ko'rinma diskining chekkalari yaqinidagina kuzatish mumkin, disk markazi atrofida esa ular deyarli ko'rinmaydi. Buning sababi, Quyosh diski markazida nurlanish, uning chuqurroq sohalaridan chiqayotganligi tufayli chetlariga nisbatan intensivligidadir. Mash’allar magnit maydonga ega boiib, maydon kuchlanganligi 50- 100 erstedni tashkil qiladi. Fotosferaning muammolarga boy obyektlaridan biri Quyosh dog’laridir. Download 338.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling