Yakuniy nazоrat savоllari
Tеlеskоplarning o’rnatilishi
Download 338.44 Kb.
|
1-30 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Azimutal qurilmada
- Parallaktik qurilmada
30. Tеlеskоplarning o’rnatilishi.
Ma’lum tanlangan ob’ektga teleskoplarni yо‘naltirish va sutkali harakatdagi bu ob’ektni kuzatish va rasmga olish aynan murakkab texnik vazifalardan hisoblanadi. Bunday murakkab jarayonni bajarish uchun teleskoplarni maxsus kо‘rinma yо‘nalishda montirovka qilinadi. Teleskoplar qurilganda о‘zaro ikki perpendikulyar о‘q atrofida erkin aylanadigan qilib о‘rnatiladi. Bu о‘qlarni qanday fazoviy yо‘nalishlarda о‘rnatilishiga kо‘ra teleskoplarning qurilishi ikki xil bо‘ladi: azimutal va ekvatorial (yoki parallaktik) qurilma. Azimutal qurilmada teleskop о‘rnatilgan о‘qlardan biri vertikal yо‘nalishda bо‘lib, ikkinchisi gorizontal tekislikda yotadi. Agar teleskop vertikal о‘q atrofida aylantirilsa, uning ob’ektivi bosh optik о‘qining davomi osmon sferasida almukantaratni “chizadi”; gorizontal о‘q atrofida aylantirilganda esa vertikal aylana bо‘ylab siljiydi. Natijada bu ikki о‘q atrofida teleskopni aylantirib osmondagi ixtiyoriy yoritgichni nishonga olish mumkin. Parallaktik qurilmada о‘zaro perpendikulyar о‘qlardan biri olam о‘qiga parallel о‘rnatiladi. Bunda ikkinchi о‘q osmon ekvatori tekisligida yotadi. Agar ekvatorial qurilmada teleskop olam о‘qi atrofida aylantirilsa, ob’ektivning bosh optik о‘qi sutkalik parallel bо‘yicha, osmon ekvatori tekisligida yotgan о‘q atrofida burganda esa og‘ish aylanasi bо‘yicha siljib osmonning ixtiyoriy tomoniga qaray oladi. Ma’lumki yoritgichlarning sutkalik kо‘rinma harakatlari, tekislikdan osmon ekvatoriga parallel joylashgan sutkalik parallellar bо‘yicha kuzatiladi. Binobarin bunday harakatidan ixtiyoriy yoritgichning gorizontal koordinatalari (A, h) vaqt о‘tishi bilan о‘zgarib boradi, ekvatorial koordinatalaridan esa og‘ish (d) о‘zgarmay qolib soat burchagi (t) о‘zgarib boradi. Demak azimutal qurilmali teleskop bilan ma’lum yoritgich kuzatilayotgan bо‘lsa, u doim kо‘rish maydonida qolishi uchun teleskopni har ikkala-о‘zaro perpendikulyar о‘q atrofida burishga tо‘g‘ri keladi; ekvatorial qurilmada esa, teleskopni faqat olam о‘qiga parallel о‘q atrofida yoritgichning sutkalik harakati tezligida soat mexanizmi deyiluvchi maxsus mexanizm yordamida burib, uni kо‘rish maydonining ma’lum qismida qо‘zg‘almas “ushlash” mumkin. Shuning uchun ham ekvatorial qurilma azimutal qurilmaga nisbatan afzal hisoblanadi. Soat mexanizmi - yuk-toshlar yoki sinxron elektrodvigatel yordamida ishlovchi mexanizm bо‘lib, uning tekis aylanuvchi о‘qi shkivli yoki tishli uzatma orqali teleskopning olam о‘qi bо‘ylab yо‘nalgan о‘qi bilan bog‘langan bо‘ladi. Teleskop soat mexanizmi yordamida olam о‘qiga parallel о‘q atrofida aylanib, uning aylanish davri 24 soatga, ya’ni osmonning sutkalik aylanish davriga teng qilib tanlanadi. Shunday qilingandagina, kuzatish davomida ma’lum yoritgich teleskopning kо‘rish maydonida qо‘zg‘almay turadi va kattagina ekspozisiya vaqti talab etuvchi ob’ektlarni (ayniqsa xira ob’ektlar uchun) rasmga tushirishga imkon beradi. Download 338.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling