Yakuniy nazоrat savоllari
Astrоfizik instirumеntlar
Download 338.44 Kb.
|
1-30 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 29. Оptik va radiоtеlеskоplar. Ularning хaraktеristikalari. Optik teleskop
28. Astrоfizik instirumеntlar.
Teleskoplar-astrofizik tadqiqotlar qilishda astronomlarning asosiy quroli bо‘lib xizmat qiladi. Birinchi teleskop 1609 yili italyan olimi Galiley tomonidan ishga tushirilib, olim о‘z instrumenti yordamida birdaniga bir nechta kashfiyot qildi. Xususan u Oyning relefi Yernikiga о‘xshashligini, Yupiter atrofidagi 4 yо‘ldoshini, Quyoshning dog‘ini va Somon yо‘lini yulduzlar tashkil qilganligini aniqladi. Bu kashfiyotlar, teleskopning osmon jismlarining tabiatini о‘rganishda, juda katta imkoniyatlar yaratishi mumkinligini ma’lum qilib, astronomiyada yangi eraning ochilishidan darak berdi. Teleskopning ixtiro qilinishi, astrofizikada muhim voqea bо‘lib, u Olam tuzilishi haqida ilmiy dunyoqarashning shakllanishida katta rol о‘ynadi. Teleskoplarning asosiy vazifalarini quyidagicha belgilash mumkin: 1) Yoritgichdan kelayotgan nurlanishni qayd qilish (kо‘z, fotografik plastinka, fotoelektrik qayd qilgich, spektrograf va hokazolar yordamida); 2) ob’ektiivning fokal tekisligida, kuzatilayotgan yoritgichning yoki osmon qismining tasvirini yasash; 3) qurollanmagan kо‘z bilan qaralganda ajratib kо‘rib bо‘lmaydigan, о‘zaro juda kichik yoy masofada joylashgan ob’ektlarni ajratib kо‘rsatish. Teleskopning asosiy qismi ob’ektiv-qavariq linzadan yoki botiq sferik kо‘zgudan yasalgan bо‘lib, u о‘z tekisligiga yoritgichdan tik yо‘nalishda kelayotgan nurlarni yig‘ib, fokal tekisligida, uning tasvirini yasaydi. Agar nurni qayd qilish kо‘z yordamida bajariladigan bо‘lsa, u holda ob’ektiv tomonidan yasalgan tasvirga qarash uchun okulyar zarur bо‘ladi. 29. Оptik va radiоtеlеskоplar. Ularning хaraktеristikalari. Optik teleskop - bu optik diapazonda elektromagnit nurlanishni to'playdigan va fokuslaydigan teleskop. Uning asosiy vazifalari ob'ektning yorqinligi va ko'rinadigan burchak o'lchamini[1] oshirish, ya'ni osmon jismidan keladigan yorug'lik miqdorini oshirish (optik penetratsiya) va kuzatilganlarning nozik tafsilotlarini o'rganish imkonini beradi. ob'ekt (rezolyutsiya). O'rganilayotgan ob'ektning kattalashtirilgan tasviri ko'z bilan kuzatiladi yoki suratga olinadi. Teleskopning xarakteristikalarini (optik aniqlik va optik penetratsiya) aniqlaydigan asosiy parametrlar ob'ektivning diametri (diafragma) va fokus masofasi, shuningdek, okulyarning fokus uzunligi va ko'rish maydonidir. Osmon jismlarida millimetrli diapazondan to о‘nlab metrgacha tо‘lqin uzunligida kelayotgan radionurlarni qayd qilishga mо‘ljallangan teleskoplar-radioteleskoplar deb yuritiladi. Radioteleskoplarning asosiy qismlari antenna va priyomnik bо‘lib kо‘pincha paroabolit shaklida ishlanadi. Antenadan qaytgan radionurlar parobaloidning fokusidan joy olgan nurlatgich (obluchatel) nomi qurilmada yig‘ilib sо‘ngra maxsus tо‘lqin uzatgich (volnovod) yordamida priyomnikka yо‘naltiriladi. Signal priyomnikda kuchaytirilgach detektorlanadi va sо‘ngra maxsus о‘zi qayd qilgich asbobda (samopisesda) yozib olinadi. Priyomnik kuchaytirgichi kanday tо‘lqin uzunligiga mо‘ljallangan bо‘lsa, ob’ekt о‘sha monoxromatik radionurda kuzatilayotgan bо‘ladi. Radioteleskoplarning metall kо‘zgusini anikligiga talab, optik teleskoplarnikiga nisbatan ancha past bо‘lib (tо‘lqin uzunligi katta radiotо‘lqinlar bilan ish qurilganligi tufayli) uning berilgan parabolik shakldan chetlanishi, l tо‘lqin uzunligida ishlayotgan radioteleskop uchun l/8 dan katta bо‘lmasligi lozim. Masalan: 1 metrli diapazonda ishlaydigan teleskoplar antennasining eslatilgan chetlanishi 12,5 santimetrgacha borishga ruxsat etiladi. Bir necha metrdan о‘nlab metrgacha diapazondagi radionurlarni qayd qilish uchun, parobalik antennalar о‘rniga ba’zan kо‘p sonli antennalar qо‘llaniladi. Radioteleskoplarni ajrata olish kuchini belgilash uchun, yо‘nalganlik diagrammasi deyiluvchi maxsus xarakteristikadan foydalaniladi. Yо‘nalganlik diagrammasi radioteleskopning antennaga nisbatan joylashgan radionurlanishning nuqtaviy manbai holatiga kо‘ra sezgirligini xarakterlaydi. Parabolik antennali radioteleskopning yо‘nalganlik diagrammasi paroboloid о‘qiga nisbatan simmetrik bо‘ladi. Download 338.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling