Yakuniy nazоrat savоllari


Quyosh sistеmasi jismlarning massalarini hisоblash


Download 338.44 Kb.
bet17/30
Sana21.06.2023
Hajmi338.44 Kb.
#1640596
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30
Bog'liq
1-30 (2)

24. Quyosh sistеmasi jismlarning massalarini hisоblash.

Osmon jismlarining asosiy fizik xarakteristikalaridan biri — ularning massalari bo'lib, uni aniqlashda Keplerning Nyuton tomonidan umumlashtirilgan (yoki aniqlashtirilgan) ushbu III qonunidan foydalaniladi:


bu yerda T1, va T2 - Quyosh atrofida aylanuvchi ixtiyoriy ikki planetaning siderik davrlarini (ya’ni Quyosh atrofida haqiqiy aylanish davrlarini), M - Quyosh massasini, m1, va m2 – eslatilgan ikki planetaning massalarini, a1, va a2 lar esa ularning orbitalari katta yarim o'qlarini ifodalaydi.


Bevosita o'lchashlar asosida planetamiz — Yerning massasini topish mumkin. So'ngra shu asosda boshqa biror planetaning massasini aniqlash uchun esa Keplerning aniqlashtirilgan III qonunidan foydalaniladi. Bunda massasi topilishi mo'ljallangan planetaning yo'ldoshi bilan Yer yo'ldoshining harakati (davrlari va orbitalarining katta yarim o'qlari) solishtiriladi, ya’ni

25. Оy harakati va fazalari. Оyning sidеrik va sinоdik davrlari.
Oy — Yerning tabiiy yo'ldoshi bo'lib, uning atrofida 27,32 sutkalik davr bilan aylanadi. Bu davr Oyning siderik davri yoki yulduz davri deb yuritiladi. Oyning Yer atrofida aylanish yo'nalishi, yulduzlarning Yer atrofidagi ko'rinma aylanishiga qaramaqarshi bo'lib, u g'arbdan sharqqa (ya’ni Yerning o'z o'qi atrofida aylanish yo'nalishi bilan bir xil yo'nalishda) harakat qiladi. Oyning o'z orbitasi bo'ylab harakat tezligi sekundiga 1 kilometrni tashkil etib, yulduzlarga nisbatan har sutkada taxminan 13 gradus siljib boradi. Ma’lumki, Oy Yer atrofida aylanayotganda, Quyosh nurlarini qaytarishi tufayli bizga ko'rinadi. Bu ko'rinish, ayni o'sha paytda Oyning Quyoshga nisbatan qanday joylashishiga ko'ra turlicha bo'ladi. Yerdan qaraganda Oyning turli shakllarda (yangioy, yarimoy, to'linoy) ko'rinishi uning fazalari deyiladi. Oyning ma’lum fazasidan (masalan, to'linoy fazasidan) ikki marta ketma-ket o'tishi orasidagi vaqt 29,53 sutkani tashkil etadi va u Oyning sinodik davri deyiladi. Sinodik davming Oyning yulduzlarga nisbatan aylanish davridan (siderik davr) uzunligiga sabab
Yerning Quyosh atrofida aylanishidir. Quyosh botgach, Oyning ingichka o ‘roq shaklida g‘arb tomonda birinchi ko‘rinishi, xalq tilida, yangioy (yoki hilol) deyilib, bunday Oy odatda Oy boshidan keyin ikkinchi kuni ko‘rinadi. Bunday holatda Oyning Quyosh bilan yoritilmagan qismi ham xira kulrang shaklda ko'zga tashlanadi. Oyning Quyosh bilan yoritilmagan qismining bunday xira ko‘rinishi Yerdan qaytgan Quyosh nurlari bilan uning yoritilganligi tufayli sodir bo‘ladi.


Download 338.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling