Yakuniy nazоrat savоllari


Хrоmоsfеra va uning оb’еktlari


Download 338.44 Kb.
bet24/30
Sana21.06.2023
Hajmi338.44 Kb.
#1640596
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30
Bog'liq
1-30 (2)

36.Хrоmоsfеra va uning оb’еktlari. Fotosfera ustida joylashgan xromosfera tutash spektr nurlarida to ia tiniq bo'lib, uning ravshanligi fotosferanikidan yuzlab marta kam. Xromosferani Quyosh to ‘la tutilgan paytda bir necha minut davomida qirmizi halqa sifatida yaqqol ko'rish mumkin (1.10-rasm). Halqaning kengligi 16" -20" , ya’ni xromosferaning qalinligi 12—15 ming km. Xromosferaning spektri emission chiziqlardan iborat. Bu chiziqlar fotosfera spektrida (geliyniki bundan mustasno) qora chiziq shaklida ko‘rinadi. Biroq xromosfera spektrida ionlar va yuqori uyg'onish potensialiga ega bo‘lgan atom va ionlarning spektral chiziqlari fotosferanikiga qaraganda intensivroqdir. Bu esa xromosferada temperaturaning ynqoriligini ko‘rsatadi. Xromosferani ionlangan kalsiy, vodorod va geliy chiziqlari markazida ham ko‘rish mumkin. Bu intensiv chiziqlar markazida fotosfera notiniq (masalan, FT markazida intensivlik I = 0.09) va ularda Quyoshdan sochilayotgan nurlanish xromosfera qatlamlaridan chiqadi. Hisoblashlarni ko‘rsatishicha, xromosfera nurlanishi bo'lmaganda H va К Ca II, H chiziqlarning markaziy intensivligi nolga yaqin bo'lishi kerak edi. Demak, kalsiy ioni va vodorod atomi chiziqlari markazida xromosferani ko'rishimiz m u m k in .


37. Quyosh tоji va uning radiоnurlanishi, fizik tabiati. Xromosfera ustida joylashgan bo‘lib u Quyosh atmosferasining eng keng (1-^2- R0) qatlamidir. Tojning shakli o ‘zgaruvchan va Quyosh aktivligi darajasiga bog‘liq: maksimum yillarida deyarli simmetrik, minimumda asosan ekvator bo'ylab cho‘zilgan bo‘ladi. Tojning intensivligi fotosferanikidan million marta kam, shuning uchun uni Quyosh to ‘la tutilgan paytda oq nurda gardish tashqarisida aniq ko'rish mumkin Toj maxsus sharoitlarda (baland tog‘ yoki kosmik fazoda) koronograf yordamida suratga tushiriladi va tekshiriladi. Spektriga ko'ra tojni uchta qatlamga: ichki (E — emission toj), o ‘rta (K — kontinium toj) va tashqi (F — fraungofer toji) tojlarga bo'lish mumkin. Ichki yoki emission tojning (E) qalinligi (0.2—0.3) R@ (R 0 — Quyosh radiusi), spektri ko‘plab marta (25 martagacha) ionlangan metallarning emission chiziqlaridan iborat. Ichki toj (E)da uzoq UB va rentgen diapazonda kuzatiladigan ko‘plab emission chiziqlar hosil boiadi. Ular orasida Fe XIV (o ‘n uch marta ionlangan temir atomi) ga tegishli yashil (A.5303 A) va FeX ga tegishli qizil (Л6374 A) emission chiziqlar intensivligi bilan ajralib turadi. Fe X ni hosil bo‘lish ionizatsiya potensiali X=210 eV. Bu energiyaga T=2.106 mos keladi.


Download 338.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling