Янги даврда ғазал жанрининг тарақҚиёт тамойиллари
Download 448.57 Kb. Pdf ko'rish
|
mustaqillik davri ozbek sheriyatida gazal janri taraqqiyoti
17 aylangan, ilgari yer obrazi uchun tashqi go‗zallikning o‗zi kifoya edi, endilikda uning ichki olami ham tashqi ko‗rinishiga mos kelishi lozim. Oy yuzing qora chimmat zulmidan quturtirgil, Chiq qorong‘i turmushdan, nur ichida javlon qil. Sen qachon maorifning dargohiga yo‘l topsang, Nurlarin olib ko‘zga surmayi sulaymon qil. 1 Yor bilan birga an‘anaviy tarzda uning chiroyini ochib berishda qo‗llanadigan surma maorif nurini o‗rnida qo‗llanadi. Shu o‗rinda shoir ishlatgan mafhum o‗z o‗rnida qo‗llanganini ko‗ramiz. Aslida surma nafaqat ko‗zga chiroy beradi, balki ko‗z nurini ham ravshanlashtiradi. Ilm esa inson hayotidagi umr yo‗lini charog‗on etadi. Yuzaki qaraganda shaklbozlik ustuvordek ko‗ringan bu g‗azaldagi mafhum uning badiiyligini oshirib, janrning ―yangi hayoti‖ga o‗sha kunlardanoq asos solinganligini ko‗rsatadi. Ilm islomda Ollohni tanish vositasi sifatida qaraladi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda ham ushbu g‗azal mumtoz an‘analarga hamohang tarzda yaratilganini ko‗ramiz. Ma‘no- mavzusi ma‘rifatchilik bo‗lgan bu g‗azalga o‗sha zamona muammolari; johillik, loqaydlik, ilmsizlik qo‗shilib, g‗azal o‗z zamonasida dolzarbligini saqlagan. Bu holat ―oy yuz‖li ma‘shuqa obraziga ilmli bo‗lishdek katta mas‘uliyat yuklagan. ―Shu narsa diqqatga sazovorki, klassik adabiyot an‘analarini yangi tarixiy sharoitda davom ettirish va rivojlantirish ishida yoshlar ayniqsa jonbozlik ko‗rsatdilar‖ deb ta‘kidlaydi N.Karimov. 2 60-yillarga kelib aruzga, g‗azalga bo‗lgan munosabat bir qadar yumshadi. Xuddi shu davrda she‘riyatiga g‗azalnavis sifatida E.Vohidov kirib keldi. Uning va yuqorida nomlari keltirilgan bir qator ijodkorlarning ijodi g‗azal janri o‗zbek adabiyotining keyingi taraqqiyotida aruzga munosabat loqayd emasligining isbotladi. Uning quyidagi misralari shoirning, bir tomondan, aruzda, g‗azal janrida ijod qilishdan hadiksirab turganini ifoda etsa, ikkinchi tomondan, zamondoshlarimizning bunga munosabatidan cho‗chiydigandek tuyuladi: Istadim sayr aylamoqni men g‘azal bo‘stonida, 1
2 Karimov N. O‗zbek adabiyotida janrlar tipologiyasi va uslublar rang-barangligi.-T., ―Fan‖. 1983. –B-105 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling