Янги китоб


-chizma. Ishlab chiqarish jarayonining tarkibi


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/99
Sana19.06.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1614849
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   99
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма

7-chizma. Ishlab chiqarish jarayonining tarkibi.
Bosqichlar bir necha operatsiyalardan tashkil topgan bo’lib, operatsiyalar
o’zgarmas ishlab chiqarish mehnat predmetlari va ish joyida amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish jarayoni turli xildagi operatsiyalardan tuzilgan bo’lib, bu
operatsiyalar 2 ta belgisi orqali ya’ni, vazifasi va bajarilish usuli bo’yicha
guruhlanishi mumkin.
Operatsiyalarning bajarilishiga ko’ra 3 ga bo’linadi:
1. Mashinada bajariladigan operatsiyalar – bu operatsiyalar mashina va
mexanizmlar orqali bajariladi, ishchilar esa mashinalarning ishlashini nazorat
qiladi;
2. Mashina - qo’lda bajariladigan operatsiyalar – bu guruhga mashinalar
orqali ishchilar bevosita qatnashishi bilan bajariladigan operatsiyalar kiradi;
3. Qo’lda bajariladigan
operatsiyalar –
bu
operatsiyalarni
ishchilar
mashinasiz faqat qo’lda bajaradilar. Qo’l bilan bajariladigan operatsiyalar ish
usullari va mehnat harakatlariga bo’linadi. Usul – bu operatsiyaning bir bo’lagi
bo’lib bir-biri bilan bog’liq bo’lgan ishchi harakatlaridan tashkil topgan.
Ishlab
chiqarish
jarayonida
operatsiyalar
vazifasi
bo’yicha
asosiy
(texnologik) va yordamchi operatsiyalarga bo’linadi. Asosiy operatsiyalarga
texnologik operatsiyalar deb aytiladi. Yordamchi operatsiyalar o’z navbatida uch
guruhga bo’linadi:
1. Ko’chuvchi (tashuvchi) operatsiyalar yoki transport operatsiyalari. Bu
operatsiyalar mehnat predmetlarining o’rnini fazoda o’zgartiradi.
Ishlab chiqaqrish jarayoni
Bosqichlar
Operatsiyalar
Bajarilishi
bo’yicha
Vazifasi bo’yicha
Mashina
operatsi-
yalari
Mashina
-qo’l
operatsi-
yalari
Qo’l
operat
si-
yalari
Texnolo
gik -
asosiy
Nazo
rat -
yordam
-chi
Ko’chuv
chi-
yordamchi
Asosiy va yordamchi jarayonlar


92
2. Nazorat operatsiyalari. Bu operatsiyalar mehnat predmetlariga hech
qanday o’zgartirish kiritmaydi, ammo texnologik operatsiyalarning bajarilishiga
yordam beradi (temperaturani o’lchash yoki nazorat qilish, namlikni o’lchash,
tarozida o’lchash).
3. Xizmat ko’rsatish operatsiyalari. Bu operatsiyalar jarayonning borishi
uchun normal sharoitlar yaratib beradi (ish joyini yig’ishtirish, tozalash, mashina va
jihozlarni tozalash, yog’lash, tekshirish va boshqalar).
Ishlab chiqarishni oqilona tashkil qilish ishlab chiqarish jarayonida
yordamchi operatsiyalarning umumiy sonidagi solishtirma og’irligini kamaytirishni
talab qiladiki, bu mahsulot ishlab chiqarish mehnat sig’imini va ishlab chiqarish
jarayoni davomiyligini qisqartiradi. Ishlab chiqarish jarayonini tahlil qilish uchun
jadvallik va grafiklik usullari qo’llaniladi. Jadvallik usulda asosan 2 ta jadval
to’ldiriladi (Jadval № 1, № 2).

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling