Янги китоб
-chizma. Ishlab chiqarish jarayonining tarkibi
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма
7-chizma. Ishlab chiqarish jarayonining tarkibi.
Bosqichlar bir necha operatsiyalardan tashkil topgan bo’lib, operatsiyalar o’zgarmas ishlab chiqarish mehnat predmetlari va ish joyida amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish jarayoni turli xildagi operatsiyalardan tuzilgan bo’lib, bu operatsiyalar 2 ta belgisi orqali ya’ni, vazifasi va bajarilish usuli bo’yicha guruhlanishi mumkin. Operatsiyalarning bajarilishiga ko’ra 3 ga bo’linadi: 1. Mashinada bajariladigan operatsiyalar – bu operatsiyalar mashina va mexanizmlar orqali bajariladi, ishchilar esa mashinalarning ishlashini nazorat qiladi; 2. Mashina - qo’lda bajariladigan operatsiyalar – bu guruhga mashinalar orqali ishchilar bevosita qatnashishi bilan bajariladigan operatsiyalar kiradi; 3. Qo’lda bajariladigan operatsiyalar – bu operatsiyalarni ishchilar mashinasiz faqat qo’lda bajaradilar. Qo’l bilan bajariladigan operatsiyalar ish usullari va mehnat harakatlariga bo’linadi. Usul – bu operatsiyaning bir bo’lagi bo’lib bir-biri bilan bog’liq bo’lgan ishchi harakatlaridan tashkil topgan. Ishlab chiqarish jarayonida operatsiyalar vazifasi bo’yicha asosiy (texnologik) va yordamchi operatsiyalarga bo’linadi. Asosiy operatsiyalarga texnologik operatsiyalar deb aytiladi. Yordamchi operatsiyalar o’z navbatida uch guruhga bo’linadi: 1. Ko’chuvchi (tashuvchi) operatsiyalar yoki transport operatsiyalari. Bu operatsiyalar mehnat predmetlarining o’rnini fazoda o’zgartiradi. Ishlab chiqaqrish jarayoni Bosqichlar Operatsiyalar Bajarilishi bo’yicha Vazifasi bo’yicha Mashina operatsi- yalari Mashina -qo’l operatsi- yalari Qo’l operat si- yalari Texnolo gik - asosiy Nazo rat - yordam -chi Ko’chuv chi- yordamchi Asosiy va yordamchi jarayonlar 92 2. Nazorat operatsiyalari. Bu operatsiyalar mehnat predmetlariga hech qanday o’zgartirish kiritmaydi, ammo texnologik operatsiyalarning bajarilishiga yordam beradi (temperaturani o’lchash yoki nazorat qilish, namlikni o’lchash, tarozida o’lchash). 3. Xizmat ko’rsatish operatsiyalari. Bu operatsiyalar jarayonning borishi uchun normal sharoitlar yaratib beradi (ish joyini yig’ishtirish, tozalash, mashina va jihozlarni tozalash, yog’lash, tekshirish va boshqalar). Ishlab chiqarishni oqilona tashkil qilish ishlab chiqarish jarayonida yordamchi operatsiyalarning umumiy sonidagi solishtirma og’irligini kamaytirishni talab qiladiki, bu mahsulot ishlab chiqarish mehnat sig’imini va ishlab chiqarish jarayoni davomiyligini qisqartiradi. Ishlab chiqarish jarayonini tahlil qilish uchun jadvallik va grafiklik usullari qo’llaniladi. Jadvallik usulda asosan 2 ta jadval to’ldiriladi (Jadval № 1, № 2). Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling