Янги китоб
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10. INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR SAMARADORLIGI
Nazorat savollari:
1. Ishlab chiqarish klasteri nima? 2. “Klaster” tushunchasiga ilk bor qachon va kim tomonidan asos solingan? 3. Klasterlarni shakllantirishdan maqsad nima? 4. Paxta-to’qimachilik klasterlarini tashkil etishning tashkiliy –huquqiy asoslarini ayting. 5. Sinergiyaning qanday ko‘rinishlari mavjud? 6. Xorijiy mamlakatlarda klasterlar asosan qanday? 129 10. INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR SAMARADORLIGI 10.1. Innovatsiya haqida tushuncha, uning iqtisodiy mohiyati 10.2.Innovatsion texnologiyalarning o’ziga xos xususiyatlari va ularninng samaradorlik mezonlari. Tayanch iboralar: Innovatsiya, sinergiya, innovatsiya loyihalar. 10.1. Innovatsiya haqida tushuncha, uning iqtisodiy mohiyati O’zbekiston Respublikasida hozirgi vaqtda amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosatning asosiy maqsadlaridan biri iqtisodiyotning jadal rivojlanishi va raqobatbardoshligini ta’minlash hisoblanadi. Buning uchun bazaviy sohalarda ishlab chiqarishni qayta qurollantirish, yangi va zamonaviy texnologiyalarni faol joriy qilish va modernizatsiyalashni jadallashtirish orqali tarmoqlar va hududlarda tuzilmaviy o’zgarishlarni amalga oshirish, ular o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik va mutanosiblikni ta’minlash, milliy iqtisodiyotni diversifikatsiyalash, ishlab chiqarish salohiyatini oshirish lozimdir. Bunda mazkur maqsadga erishishda, xususan, bugungi kunning ilm-fan yutuqlaridan keng va samarali foydalanish, ishlab chiqarishda eng ilg’or va so’nggi avlod texnologiyalarini joriy etish, milliy iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalarida innovatsiyalarning rivojlanishiga e’tiborni yanada kuchaytirish va bunda innovatsiyalar sohasida xorijda yaratilayotgan yangiliklar va tajribalarga suyanib, ularni o’z iqtisodiyotimizga ko’chirib olib kelish bilan chegaralanib qolmasdan, balki, milliy amaliyot va yutuqlarimiz bilan yuqori darajalarga erishish, buning uchun barcha imkoniyat va salohiyatlarimizni ishga solish muhim ahamiyat kasb etadi. O’zbekistonning ijtimoiy yo’naltirilgan kuchli demokratik davlatni barpo etish yo’lidagi mamlakatni ijtimioy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalarida keng ko’lamli modernizatsiyalashni amalga oshirish, moddiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan tejamli va samarali foydalanishga qaratilgan innovatsiyalarni joriy etish, buning uchun turli mulk shaklidagi xo’jalik sub’yektlarining mazkur jarayonda faol va samarali qatnashishini ta’minlash, buning uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratishga asoslanganligi, innovatsiya faoliyati va uni moliyalashtirishni tashkil etish va takomillashtirish hamda u bo’yicha tadqiqotlar olib borishni taqazo etmoqda. Bugungi kunda respublikamizda tadbirkorlik faoliyati erkinliklari va qulay muhitining yaratilganligi, ochiq raqobat sharoiti va yuqori iqtisodiy manfaatdorlikka erishish imkoniyatlari tadbirkorlarning o’z faoliyatini tashkil etish, kengaytirish va o’zgartirishlarida innovatsiya loyihalarini joriy etishga bo’lgan 130 intilishlarini kuchaytirmoqda. Bu esa mamlakatimizda innovatsiyaning mazmun- mohiyatini kengroq o’rganish, innovatsiya faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirishga bo’lgan munosabatlarning rivojlanishiga olib kelmoqda. Shunday ekan, innovatsiyaning o’zi nima, degan savolga to’liq javob topish unga bo’lgan munosabatni to’g’ri belgilash va tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Innovatsiya tushunchasi birinchi marta XX asr boshlarida xorijlik madaniyatshunoslar ilmiy tadqiqotlarida paydo bo’lgan va qo’llanilgan bo’lib, bir madaniyatning ayrim elementlarining boshqasiga joriy etilishini bildirgan. Innovatsiya atamasi lotincha ― “innovato” so’zidan olingan bo’lib, yangilash va yaxshilash degan ma’noni anglatadi. Umumiy mazmunda mazkur atama odamlar tomonidan, asosan, ayni paytda va muayyan vaqtda yangi deb qabul qilingan madaniyatning moddiy yoki nomoddiy qadr-qiymati sifatida tushunilgan. Innovatsiya atamasining texnik-texnologik yangiliklarni joriy etish sohasida qo’llanilishida keyinchalik kirib kelishi kuzatilgan. Mazkur atamaning mazmunidan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, qachonki, har qanday kashfiyotlar, yangi voqealar, xizmatlar va usullar turlari tarqalishiga qabul qilinsa (tijoratlashish), o’shanda xalq ommasi tomonidan tan olinadi. Bunda yangilikning joriy etilishi yangilikni qo’llash jarayonini bildiradi va yangilikning tarqatilishiga qabul qilinishi vaqtidan boshlab yangi sifat – innovatsiya (yangilikni joriy etish)ga aylanadi. Innovatsiya (ing . innovationas — kiritilgan yangilik, ixtiro) — 1) texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni taʼminlash uchun iqtisodiyotga sarflangan mablagʻlar; 2) ilmiy-texnika yutuqlari va ilgʻor tajribalarga asoslangan texnika, texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida qoʻllanilishi. [1] Innovatsiya –bu bozor talabidan kelib chiqqan holda jarayonlar va mahsulotlarning sifatli o‘sish samaradorligini ta’minlash uchun joriy etilgan yangilikdir. Inson intellektual faoliyati, uning fantaziyasi, ijodiy jarayoni, kashfiyotlari, ixtirolari va ratsionalizatorligining yakuniy natijasi hisoblanadi. Yangi iste’molchilik xususiyatlari yoki ishlab chiqarish tizimlarining samaradorligini sifatli oshirish orqali bozorga mahsulot (tovarlar va xizmatlar)ni yetkazib berish – innovatsiyaga misol bo‘la oladi. Innovatsiya – foydalanish uchun kiritilgan yangi yoki sezilarli darajada yaxshilangan mahsulot (tovar, xizmat) yoki jarayon, sotuvlarning yangicha uslubi yoki ish amaliyotidagi, ish o‘rinlarini tashkil etishdagi va tashqi aloqalarni o‘rnatishdagi yangi tashkiliy uslub hisoblanadi. “Innovatsiya” tushunchasi o‘zining yangi hayotini “innovatsion kombinatsiyalar”ni tahlil qilish, iqtisodiy tizimlarning rivojlanishidagi o‘zgarishlar natijasida XX-asrning boshida avstriyalik va amerikalik iqtisodchi Y. 131 Shumpeter ning ilmiy ishlarida boshlagan. Shumpeter 1900-yillarda iqtisodda ushbu terminni ilmiy qo‘llashga kiritgan dastlabki olimlardan edi. Innovatsiyaga har qanday turdagi yangilik sifatida emas, balki mavjud tizimning samaradorligini jiddiy ravishda oshiradigan omil sifatida qarashimiz lozim. Keng tarqalgan yanglish fikrlashlarga qaramasdan innovatsiyalar kashfiyotlardan farq qiladi. Innovatsiyalarning ilmiy kashfiyotlar va ixtirolardan farqi: Ilm-fan –bu ma’lum mablag‘larni bilimlar va g‘oyalarga aylantirish. Innovatsiyalar – bu bilimlar va g‘oyalarni mablag‘larga aylantirishdir. Ixtiro –bu yangi konsepsiyani yaratish demak. Innovatsiya – bu ixtironing amaliy ahamiyatini ajratib ko‘rsatish va uni muvaffaqiyatli sotiladigan mahsulotga aylantirish. Innovatsiyaning 10 ta amri: 1. Maqsadingizni ifodalang. 2. Jamoangizni ilhomlantiring. 3. Diqqatingizni xaridorga qarating. 4. Har kimga o‘xshamang. 5. Hamma narsani shubha g‘alviridan o‘tkazib ko‘ring. 6. Sinergiya* yarating. 7. Jarayonni yarating. 8. Har qanday xatarni oldindan ko‘ra biling. 9. O‘zgarishlarning etakchisiga aylaning. 10. Tashabbuskor bo‘ling. Sinergiya bu foydali o‘zaro hamkorlik , uning samarasi har bir inson yakka holda qilgan harakatlari yig‘indisini olib qaraganimizda yanada ko‘proq hisoblanadi. “Sinergiya” so‘zi grek tilidan tarjima qilinganida aynan “hamkorlik, o‘zaro munosabat” ma’nolarini bildiradi. Innovatsiya atamasi bugungi kunda juda keng qo’llanilishi uning mazmun- mohiyatini o’rganishga bo’lgan qiziqishlarni yanada kuchaytirmoqda. Shu sababdan mazkur atamaning iqtisodiy mazmun-mohiyatini tadqiq etgan va Jahon banki tomnidan mazkur atama mazmuniga berilgan ta’rifda ham o’ziga xoslikni ko’rish mumkin: ―innovatsiya – texnologiyalarni anglatadi yoki ushbu jamiyatda nimadir yangi narsa amaliyotda qo’llanilishini anglatadi. Umuman olganda, innovatsiyalar mazmuni bo’yicha boshqa iqtisodchi-olimlarning nazariy qarashlarini yana ko’plab keltirish mumkin. Biroq, olib borilgan tadqiqotlar asosida quyidagi ta’rifni ishlab chiqildi va uni bugungi kunda mazkur atamaning iqtisodiy mohyatini to’liq ochib berishga yetarlicha xizmat qiladi, deb o’ylayn mumkin: innovatsiya – bu u yoki bu faoliyat sohasida samaradorlikni oshirish maqsadida yangi texnika-texnologiyalarni yaratish, ish-faoliyatni boshqarishning 132 takomillashgan usul va shakllarini ishlab chiqish hamda ularni joriy etishga qaratilgan ilmiy-ijodiy faoliyat natijasi. Asosiy vositalarning moddiy va ma’naviy eskirishi voqelikning ob’yektiv qonuniyati bo’lib, uni to’xtatib qolish mumkin emas. Biroq, asosiy vositalarni rekonstruktsiyalash, aktivlarni restrukturizatsiyalash, yangi texnologiyalar asosida innovatsiya kiritish va ishlab chiqarishni qayta qurollantirish orqali korxona faoliyatini yangilash mumkin. Shuning uchun, respublikamiz korxonalarining aksariyati uchun ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, ya’ni ishilab chiqarish quvvatlarini zamonaviylashtirish o’tkir dolzarb masaladir. Hozirgi globallushuv zamonida korxona faoliyati samaradorligini xarakterlovchi muhim mezonlardan biri eksportga tovar chiqarish imkoniyatidir. Buning uchun modernizatsiya qilish orqali korxonalarga yangi texnologiyalar olib kirilishi zarur bo’ladi. Umuman olganda, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash quyidagilardan iborat bo’lishi lozim: - eskirgan asosiy vositalarni bosqichma-bosqich yangilash, ma’nan eskirgan asosiy vositalarni hisobdan chiqarish (likvidatsiya qilish); - ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyalar joriy qilish; - innovatsion texnologiyalar asosida tejamkor, chiqitsiz, ekologik toza, jahon andozalaridagi sifatga javob beruvchi ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish; - sifatni boshqarish tizimi asosida ishlab chiqarish texnologiyasini uzluksiz ravishda takomillashtirib borish va sh.k. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling