Yangi oʻzbekiston talabalari axborotnomasi


Ta`limning ilmiylik prinsipi


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana02.12.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1780734
1   2   3   4
Bog'liq
YO\'TA0618 (1)

Ta`limning ilmiylik prinsipi: Bizni qurshab turgan borliqni bilish jarayoni murakkab
ziddiyatli bo`lishi, har xil bosqichlarni, shakllar va turlarni o`z ichiga oladi. Ilmiy bilish 
narsaning tashqi tasvirdan uning ichki tuzilishini tasvirlashga o`tishdan iboratdir. 
Ilmiy bilimlar, qobliyatlar sari, nazariya sari olib boradi. Ilmiylik prinsipi ilmiy bilimlarning 
o`quv faoliyatidagi o`rnini ochib beradi. 
Agar o`quv materiali narsalarning faqat tashqi kuzatiladigan xususiyatlarini yoritsa, bunday 
bilim ilmiylik darajasiga yetmagan bo`ladi. 
Ilmiylik prinsipini amalga oshirishdaquyidagi talablarga rioya qilish zarur.
O`quvchilarni pedagogika, psixalogiya, metodika fanlarining eng so`nggi yangiliklari bilan 
tanishtirib borish. 
O`quvchilarga o`rgatilgan, berilgan har bir ilmiy tushuncha doimiy ravishda takrorlantirilib 
borishi zarur. 
Ilmiy bilish metodlaridan foydalangan holda, o`quvchilarning mantiqiy tafakkurni o`stirish va 
ularni ijodiy tayyorlash. 
Doimiy ravishda o`quvchilarni yetakchi olimlarni hayoti va ijodi va ilm – fanga qo`shgan 
hissasi bilan tanishtirib borish kerak. 
Dars jarayonida yangi ilmiy iboralardan foydalaning va eng so`nggi ilmiy kashfiyotlar haqida 
tushunchaga ega bo`ling. 
O`quvchilarni qidiruv-tadqiqot ishlarini qo`llab-quvvatlang. Ularni eng oddiy tajribalarni 
o`tkazish asoslari bilan tanishtiring. 
Ta`limning tizimlilik prinsipi. Ta`limning tizimlilik prinsipi o`quvchilardagi ilmiy bilimlarni 
mustahkam va chuqur bo`lishiga asoslanadi. 
O`quvchilardagi atrof-muhit to`g`risidagi bilimlar, o`quv materiallari o`quv jarayonida ketma-
ketlik asosida chuqurlashtirilib borilsagina ularda mantiqiy fikrlash rivojlanib boradi va ular 
o`quv m,aterialini oson o`zlashtiradilar. 
O`quvchi bilimlarining ilk manbaaini narsalarning hodisalarning o`zaro munosabatlarini 
tasavvur eta bilishlari shart. O`quv materiali fanning maxsus ishlangan asoslari, qismlari, 
qoidalari, bo`linmalaridan iboratdir. Bir xildagi bilim turli xil metodlar, vositalar bilan berilishi 
mumkin. Bunda o`qituvchi tushuntirishning eng maqbul metodini tanlab oladi. 
O`quvchilarga bilim berish ularning yosh imkoniyatlarini hisobga olgan holda tuzilgan reja 
asosida amalga oshirilishi shart. 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling