Yangi oʻzbekiston talabalari axborotnomasi
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
YO\'TA0618 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta`limning ko`rgazmalilik prinsipi.
- Ta`limning ongliligi va faolligi prinsipi.
- Foydalanilgan adabiyotlar
Tushunarlilik prinsipi. Tushunarlilik prinsipi o`quvchilarni yosh xususiyatlari
qonuniyatlariga va o`quvchilarga rivojlanish darajalarini ta`limiy jarayonini tashkil etish va amalga oshirishga mos kelishiga asoslanadi. 65 YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI AXBOROTNOMASI www.in-academy.uz 1-JILD, 6-SON (YOʻTA) O`quvchining fikrlash qobliyatini shakllantirish kerak. Bilimni tushunarli bo`lishiga imkon beradigan shart sifatida bilishga qiziqish uyg`otish zarur. O`rganilayotgan bilimlarning maktab o`quvchisi shaxsini har tomonlama rivojlantirishdagi ahamiyati va zarurligini tushunib yetish kerak. Tushunarlilik prinsipida yengildan og`irga, aniqdan noaniqqa, oddiydan murakkablikka kabi qoidalarga rioya qilinadi. Ta`limning ko`rgazmalilik prinsipi. Ko`rgazmalilik prinsipi – ta`lim jarayonida juda keng qo`llaniladi. O`qitishning ko`rgazmalilik prinsipiga amal qilish, demak bu – ko`rgazmali qurollarga tayanish, o`quvchilar hissiy bilishining barcha jihatlariga rahbarlik qilish va boshqarishdir. Maktab o`quvchilari uchun ko`rgazmali qurollardan foydalanish rivojlantiruvchi ahamiyatga egadir. Chunki, ular umumlashtirish, tahlil va tahlildan xulosa chiqarish jarayonining shakllanishiga yordam beradi. Ko`rgazmalilik prinsipi o`qituvchiga quyidagi talablarni qo`yadi. O`quvchi materialni o`rganish jarayonida hissiy obrazlarning zarurligini tushunishi kerak. Ta`limning ongliligi va faolligi prinsipi. Bu ta`lim jarayonida asos qilib olingan qoida sifatida quyidagi uchta muhim jihatini o`z ichiga oladi: O`quvchilar tomonidan o`quv materiallarining ongli ravishda tushunilishi; O`quv mashg`ulotlariga ongli munosabatda bo`lish; bilish faoliyatining shakllanishi. XULOSA. Ayrim hollarda o`quvchilar yangi bilimga tegishli o`tilgan mvzuni qaramay, ongli ravishda yangi materiallarning yengil – yelp o`zlashtirishga harakat qiladi. Bu o`zlashtirilgan yengil – yelpi bilimlar tez kunda o`quvchilarning xotirasidan chiqib ketadi. O`rganilgan qoidalarni bilish, ularni tushuntira olish, yangi bilimlar asosida masalalarni yecha olish, mashqlarni bajara olish, o`rganilgan materiallarni mustaqil ravishda takrorlay olish, yangi mavzuni o`zlashtirish uchun boshqa o`quv fanlardagi bilimlardan foydalana bilish, o`zlashtirilgan bilimlarni hayotda qo`llay bilish va o`z bilimlarini davriy ravishda chuqurlashtirish juda muhimdir. O`quv materialini o`rganish yo`li fikr yuritishning didaktik- materialsitik usullarini, milliy mafkuraga hamda milliy qadriyatlarga asoslangan axloq, xulq-atvorning irodaviy sifatlarini shakllantirishga olib kelishi kerak. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Portal.guldu.uz 2. Az. Kurs.organization. kurs books@ta`limmetodikasi 3. №7-ma`ruza Ta`lim prinsiplari to`g`risida (96-110-betlar) 4. Xalq so`zi gazetasi va pedagog jurnali yangi sonlar Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling