Январь ойи


Download 6.53 Mb.
bet189/198
Sana05.11.2023
Hajmi6.53 Mb.
#1749774
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   198
Bog'liq
Tayyorlov g ta\'limiy mavzuni rejalashtirish

Qo‘shimcha: tarbiyachining bolalar bilan daraxtlarni asrash haqidagi suhbati.
E’tiborga molik jihati: kuzatish orqali
bolalarning xulosa chiqara olish, tabiatga
nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish.
Fan va tabiat markazi
Qog‘ozning xususiyatlari bilan tanishish
Maqsad: bolalar insonlar hayotida kog‘ozning
aham iyati va uning turli maqsadlarda ishlatilishi haqida biladilar; qog‘ozning sifatini (rangi, silliqligi, qalinligi, pishiqligi)ni va xususiyatlari (suvni shimishi, g‘ijim bo‘lishi, qirqilishi, yonishi, va x.k.)ni aniqlaydilar.
Kerakli jihoz va materiallar: qadimgi yozuvlar tasvirlangan toshlar (qo‘lbola tayyorlangan), qayin po‘stlog‘i, shaffof qog‘oz rasmlari; toshlar, guash, qog‘oz, qalam, o‘tkir tayoqcha, suv idish, turli ko‘rinishda qog‘oz, gugurt va tarbiyachi uchun temir
kosacha.
Faoliyatning borishi:
1. Bolalar qadimgi yozuvlar tasviri
tushirilgan rasmlarni tomosha qilishadi. Toshda guash bilan chiziqlar chizishga harakat qilishadi, qayin po‘stlog‘ida harflarni o‘yishadi, qalam bilan qog‘ozga yozishadi.
2. Atrofingizga qarab qog‘ozdan tayyorlangan
predmetlarni sanab o‘ting (salfetka, oboy,
xojatxona qog‘ozi, tabriknoma, kitob, jurnal,
gazeta, quti, daftarlar va h.k.).
3. Qog‘oz xususiyatlarini aniqlash (qog‘ozni
g‘ijimlashadi, yirtishadi, suvga tushirishadi,
xulosa qilishadi).
Qo‘shimcha: tarbiyachi qog‘oz qayerdan olinganligi
to‘g‘risida aytib beradi.
E’tiborga molik jihati: qog‘oz xususiyatlarini aniqlash uchun bolalar qog‘oz bilan etarlicha ishlay olishlari Kerak, ammo ish joylarini yig‘ishtirishni bil ishlari shart. Shuningdek, bolalar bilan atrof-muhitga nisbatan va qog‘ozga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish Kerakligi to‘g‘risida suhbat.
San’at markazi
Rasm: «Mening xonam»
Maqsad: bolalar mustaqil ravishda syujet
tanlash, rasm syujetiga qarab tasvirni qog‘ozga
joylashtirish kabi malakalarni oshiradilar.
Mebelning ko‘rinishi va o‘lchamlari bo‘yicha
chizadilar, rasm konturlarini qora qalam bilan
chizib, rangli qalamlar yordamida bo‘yaydilar.

Download 6.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling