Etiborga molik jihat: qisqa gaplardan
iborat xikoya tuza olish, ijodiy qobiliyatlarni
rivojlantirishiga ahamiyat Beriladi.
Fan va tabiat markazi
Suv va qum xususiyatlari - o‘t
Maqsad: bolalar suv va kumning ayrim
xususiyatlari va nam qumning o‘zgacha xususiyatlari bilan tanishadilar, suvdan foydalanishni bilish, suv bilan tajriba o‘tkazish, o‘t o‘chiruvchilar faoliyatida suvning ahamiyatini bilishga harakat qiladilar.
Kerakli jihoz va materiallar: suv, qum, sham,
gururt, mavzuga oid illyustratsiyalar.
Faoliyatning borishi:
1. Suv va qumning xususiyatlarini yong‘indan
qutqarish vositasi sifatida tanishish.
2. Amaliy tajriba: olovni o‘chirish (yongan
shamni suv va quv yordamida o‘chirish). (Amaliy ish tarbiyachi rahbarligida olib boriladi).
3. Tajriba yakunini xulosalash.
Qo‘shimcha: rasmlardan «kislorodsiz olov»
tajribasini (kislorod kelishini to‘xtatish yo‘li bilan olovni o‘chirish) kuzatish.
E’tiborga molik jihat: amaliy tajriba
o‘tkazish jarayonida hayot xavfsizligi qoidalariga amal qilishiga ahamiyat Beriladi.
Qurish, konstruktsiyalash va matematika
markazi
O‘t o‘chirish mashinasini yig‘amiz
Maqsad: bolalar legoning donachalarini turli
xilda joylashtirish orqali o‘t o‘chirish
mashinasini yig‘a oladilar, o‘t o‘chirish
mashinasini boshqa mashinalardan farqini
biladilar, mashinani baland, qulay qurishga
harakat qiladilar.
Kerakli jihoz va materiallar: o‘z vazifasini
bajarayotgan o‘t o‘chirish mashinalari tasvirlangan
rasm, AKT, xujjatli film diski, o‘yinchoq o‘t
o‘chirish mashinasi.
Faoliyatning borishi:
1. AKT orqali bolalar o‘t o‘chirish
mashinasining faoliyatini tomosha qilish.
2. Ko‘rilgan slaydlar, xujjatli film
haqida qisqacha suhbat.
3. Lego donachalaridan o‘t o‘chirish
mashinasini yasash jarayoni.
4. Bolalarningo‘z ishlarining taqdimotini
qilishlari va rag‘batlantirish.
Qo‘shimcha: o‘zlari yiqqan mashinalar bilan o‘yin
tashkil etish taklifini berish.
E’tiborga molik jihati: bolalarning jamoada
ishlashi, hayot xavfsizligi qoidalariga amal
qilishiga ahamiyat Beriladi. San’at markazi
Do'stlaringiz bilan baham: |