Январь ойи


Download 6.53 Mb.
bet70/198
Sana05.11.2023
Hajmi6.53 Mb.
#1749774
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   198
Bog'liq
Tayyorlov g ta\'limiy mavzuni rejalashtirish

«Mening qahramonim»
Maqsad: bolalar o‘zlari qahramon deb bilgan
obrazlarini rasm orqali yaratishga harakat qiladi, toza ishlashga, tatib bilan chizishga, do‘stlarining yutuqlaridan xursand bo‘lishga, mo‘yqalam bilan ishlash malakalarini rivojlantiradilar.
Kerakli jihoz va materiallar: oq qog‘oz, rangli bo‘yoq va mo‘yqalam, salfetka, ertak va multfilm qahramonlari tasvirlangan rasmlar.
Faoliyatning borishi:
1. Ertak va multfilm qahramonlari
tasvirlangan rasmlarni tomosha qilish.
2. Ish stoliga Kerakli jihozlarni
tayyorlash.
3. Qaxramonlarning birini tanlash yoki
hayoliy qaxramon rasmini chizish.
4. Bolalar ishlari natijalarini muhokama
qilish.
Qo‘shimcha: tarbiyachi chizilgan rasmlar asosida
she’r yoki ashula aytib berishni, yoki multfilm
ko‘rishni taklif qilishi mumkii.
E’tiborga molik jixati: ozoda va gigenik
talablarga rioya qilib ishlashiga, do‘stimning
mehnatini hurmat qilishga, tasavvur, bog‘lanishli nutq va mayda motorikaning rivojlanishiga ahamiyat Beriladi.
Qurish, konstruktsiyalash va matematika
markazi
«Militsiya mashinasini yasaymiz»
Maqsad: bolalar mavjud pazl, legolardan
mashina shaklini yasay oladilar va unga
aynan militsiya mashinasiga o‘xshatish uchun
kerakli belgilarni yopishtirishga harakat
qiladilar, ushbu mashinaning vazifasi haqida
biladilar, mashinani yasashda Kerak bo‘lgan
lego donachalarining soni, kimning mashinasi
katta, baland, unga donachalar ko‘p ketganmi, kam
ketganligini aniqlashni o‘rganadilar.
Kerakli jihoz va materiallar: turli shaklli bo‘laklardan iborat bo‘lgan lego va pazl, yozuvli belgilar, AKT.
Faoliyatning borishi:
1. AKT orqali bolalarga shahar ko‘chalarida xizmat vazifasini o‘tayotgan militsiya
mashinalarini tomosha qilish.
2. Ko‘rilgan rasmlar haqida qisqacha suhbat.
3. Berilgan lego va pazllardan militsiya
mashinasini yig‘ish jarayoni.
4. Tayyor mashinalarga belgilar qo‘yish.
5. Bolalar ishini muhokama qilish va
rag‘batlantirish.

Download 6.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling