Yaponiyani va xitoyning eng yangi iktisodiy tarixi (XX acp). Angliyaning eng yangi iqtisodiy tarixi (XX asr) Tayanch atamalar va iboralar
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
4-Mavzu boyicha maruza
14.2. Fashistik Germaniya
iqtisodiyoti Germaniyada fashizm, boshqa mamlakatlardagi kabi, may- daburjua siyosiy harakati sifatida vujudga keldi. Bu uncha boy bo‘lmagan, o‘qimishli bo‘lmagan, iqtisodiy rivojlanish natijasida jamiyatda o‘z o‘rnini yo‘qotib borayotgan va albatta bundan no- rozi odamlar edi. Fashistik partiyaning shturm otryadlari mayda burjuaziya vakillaridan iborat edi. Gitler tomonidan e’lon qilin- gan shiorlar maydaburjuacha edi. U kapitalistik monopoliyalarni yo‘q qilishni, xonavayron bo‘layotgan hunarmandlar va mayda savdogarlarni himoya qilishni, ular uchun arzon kreditlar berishni va’da berdi. Shovinistik targ‘ibot ham mayda burjuaziyaga qara- tilgan edi, chunki ular birinchi jahon urushi natijasida inflyasiya va reparatsiyalar natijasida eng katta talofat ko‘rgan qatlam edi. Ger- maniya aholisining ushbu qatlamini ommaviy xonavayron bo‘lishi ularni faollashtirdi va Gitler partiyasini kuchaytirdi. Gitler ortidan ishchilarning bir qismi ham ergashdi – uning partiyasi milliy-sot- sial ishchi partiyasi deb nomlanar ediku. Albatta, birinchi navbat- da bular ishsiz qolganlar edi. Lekin, Gitler hukumat tepasiga kelgandan so‘ng mayda bur- juaziyaga emas, balki monopolistik burjuaziyaga to‘g‘ri keladi- gan siyosatni olib bordi. 1934 yilda Gitler “uzun pichoqlar tuni”ni o‘tkazdi: uning tarafdorlari Rem (avval Gitlerning safdoshi) bosh- chiligidagi shturm otryadlarini qirib tashladi. Milliy-sotsialistlar o‘z harbiy otryadlarini qirib tashlashdi. Bu voqeaning kelib chiqi- shi quyidagicha edi: mayda burjuaziya vakillari shturm otryad- lariga birlashib va Gitlerning shiorlariga ishonib monopoliyalarga qarshi kurashishni boshlashdi. Rem ushbu harakatni boshqarib shturm otryadlarini armiyaga qo‘shilib ketishi va keyinchalik u bosh qo‘mondon bo‘lishini rejalashtirgan edi. 1 Ammo Gitler hu- kumat tepasiga kelishda bergan yordami uchun monopoliyalarga daxlsizlik va generalitetga armiya yunkerlar qo‘lida qolishini va’da bergan edi. Ushbu va’dalarni bajarish nuqtai-nazaridan “uzun pichoqlar tuni” o‘tkazilgan edi. Shu sababdan fashizm hukumat tepasiga kelgandan so‘ng o‘z ijtimoiy mohiyatini o‘zgartirdi. U davlat monopolistik kapital- 1 Конотопов М. В., Сметанин С. И. Экономическая история: Учебник. - 9-е изд., доп. и перераб. - М.: Издательско-торговая корпорация «Дашков и К°», 2007. - С.272. 166 14- . GERMANIYANING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XX ASR) izmining, iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarishning maxsus shakliga aylandi. Mamlakatning barcha xo‘jaliklari davlat boshqaruvi organlari- ga bo‘ysundirilib, unda asosiy rolni monopolistik burjuaziyaning yetakchilari o‘ynar edi. Eng yuqorida xo‘jalikning bosh kengashi qo‘yilgan edi, unda “zambarak qiroli” Krupp va “elektrotexnika qiroli” Simens yetakchilik qilardilar. Bosh kengashga iqtisodiyot- ning asosiy tarmoqlarini (sanoat, savdo, kredit) mujassamlashtir- gan “xo‘jalik guruhlari” bo‘ysunardi, ularga esa o‘z navbatida “tar- moq guruhlari” (kimyo, aviatsiya va boshqa sanoat turmoqlari) bo‘ysunardi. Iqtisodiyotning davlat sektori keskin kengayib ketdi. Mam- lakatda Geringning davlat konserni eng yirik korporatsiyaga ay- landi. Avvaliga u yaxudiylarning va boshqa repressiya qilingan- larning musodara qilingan mol-mulk evaziga rivojlangan bo‘lsa, keyinchalik uning tarkibiga Germaniya okkupatsiya qilgan hudud- lardagi korxonalar qo‘shila boshlandi. Avval boshdanoq fashis- tik hukumat bozor munosabatlariga zid ravishda narxlarni tarti- bga solishni boshladi. Xalq iste’moli tovarlariga narxlarning past darajasi belgilandi. Natijada bu tovarlar magazinlarda yo‘q bo‘lib qoldi va ularni endi qora bozorda juda yuqori narxlarda sotib ol- ish mumkin edi. Shu sababdan oziq-ovqat kartochkalarini joriy etishga majbur bo‘lishdi. Qishloq xo‘jaligi ham davlat nazoratiga o‘tdi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari hisobga olinardi va davlatga belgilangan narxlarda topshirilishi kerak edi. Grossbauer va yunkerlar xo‘jaliklari, ya’ni yirik kapitalistik xo‘jaliklari “merosga qoladigan saroylar” deb e’lon qilindi: o‘rta asr urf-odatlariga binoan mol-mulk faqatgina katta o‘g‘ilga meros bo‘lib qolardi. Boshqa o‘g‘illar esa davlatga xizmat qilib o‘zlariga “yashash hududi”ni egallashlari kerak edi. Shunday qilib, Germaniya iqtisodiyoti markazlashtirilgan tizim- ga to‘liq o‘tkazilgan bo‘lib, uni monopolistik burjuaziya yetakchi- lari boshqarardilar. Iqtisodiyot ustidan nazorat o‘rnatilgandan so‘ng gitler hukumati urushga iqtisodiy tayyorgarlikni boshlab yubordi. 1936 yilda 2-chi to‘rt yillik reja qabul qilinib, uning asosiy vazifasi Germaniyani importdan iqtisodiy mustaqilligiga erishish va harbiy sanoat asosini tashkil etuvchi tarmoqlarni jadal rivojlan- tirish hisoblanardi. “Erzats” – sintetik materiallar va sintetik ben- zin, sintetik kauchuk ishlab chiqarishga alohida e’tibor qaratilar 167 edi. Germaniyada urush uchun zarur barcha mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadi qo‘yilgan edi, lekin mamlakatda kauchuk plan- tatsiyalari ham, neft konlari ham yo‘q edi, shu sababdan natu- ral resurslarni sintetik bilan almashtirishga majbur bo‘lindi. 1940 yilda 3-chi to‘rtyillik reja qabul qilindi, uning asosiy maqsadi har- biy ishlab chiqarish va harbiy-sanoat salohiyatini rivojlantirish edi. Fashistik Germaniyada rejalashtirish indikativ emas edi – boshqar- uvning ma’muriy metodlari ustuvorlik qilardi. Ekstremal holat- larda, urushga tayyorgarlik va urush holatlarida ushbu metodlar samarali ekanligini ko‘rsatdi. Birinchidan, harbiy ishlab chiqarish harbiy bo’lmagan tarmo- qlar hisobiga rivojlandi. Urush olib borishda muhim deb hisoblan- magan korxonalar yopildi. Natijada mamlakat sanoat mahsulotin- ing 80%i harbiy mahsulotlari tashkil qildi, yetishmayotgan mahsu- lotlar esa okkupatsiya qilingan mamlakatlardan olib kelinardi. Ikkinchidan, okkupatsiya qilingan mamlakatlardan harbiy ish- lab chiqarish uchun resurslar olib kelinardi. Ulardan iste’mol qili- nayotgan metallning yarmi, toshko‘mirning choragi va neft mah- sulotlarining asosiy qismi olib kelinardi. Germaniya okkupatsiya qilingan mamlakatlarning mehnat resurslaridan ham foydalanar- di: urush oxiriga kelib uning hududida 10 mln.ga yaqin xorijiy ishchilar mehnat qilishardi va ularning mehnati, tabiiyki, juda past baholanardi. Uchinchidan, sanoatni rivojlanishiga uning maxsus fashis- tik manbalari yordam berardi; jumladan, demokratik tashkilotlar mulklarini egallab olish (Ishchi bankining o‘zida 5 mlrd. marka egallab olindi), ariec 1 bo‘lmaganlar mulkini musodara qilish, ok- kupatsiya qilingan mamlakatlarni talon-taroj qilish. Germaniya armiyasi tarkibida maxsus iqtisodiy qismlar mavjud bo‘lib, ular turli-tuman boyliklarni (don zaxiralaridan to san’at asarlarigacha) to‘plash va Germaniyaga jo‘natish bilan shug‘ullanishar edi. To‘rtinchidan, sanoatni rivojlanishiga ish haqiga qilinadigan xarajatlarni keskin qisqarishi turtki bo‘ldi. Gitler ishsizlarni ish bilan ta’minlash va’dasi ustidan chiqdi, lekin ish haqi juda past darajada bo‘lib, ishsizlik nafaqasidan sal yuqori edi xolos. Bu hol boshqa ishchilarga ish haqini pasaytirib uni “tenglashtirish” im- 1 Ariec yoki arieclar irqi - (termin «arii» so’zidan kelib chiqqan (qadimgi hind. ā́rya-, avest. airya-, qadimgi fors. ariya-), qadimgi sanskrit (qadimgi hind adabiy tili)da «munosib, hurmatga ega, oliyjanob» ma’nosini anglatadi 168 14- . GERMANIYANING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XX ASR) konini berdi. Yoshlar uchun majburiy mehnat joriy etildi, ya’ni barcha yosh nemislar majburiy tekin mehnat qilishlari zarur edi. Konsentratsion lager maxbuslari uchun majburiy tekin mehnat joriy etildi. Shunday qilib, harbiy xo‘jalikni tashkil etishda majburiy, tashqi iqtisodiy metodlar ustuvorlikka ega edi. Ushbu maxsus harbiy iqtisodiyot okkupatsiya qilingan mamlakatlar va hududlar nazorat ostidan chiqa boshlashi bilan yemirila boshlandi. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling