Yaponiyani va xitoyning eng yangi iktisodiy tarixi (XX acp). Angliyaning eng yangi iqtisodiy tarixi (XX asr) Tayanch atamalar va iboralar


O‘z-o‘zini nazorat qilishga oid savollar


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/22
Sana03.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1150547
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
4-Mavzu boyicha maruza

O‘z-o‘zini nazorat qilishga oid savollar 
1. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Angliyaning iqtisodiy 
o‘sishining asosiy sabablari nimadan iborat? 
2. Angliya sanoatini monopolizatsiyalash jarayonining 
xususiyatlari nimadan iborat? 
3. Britaniya imperiyasining parchalanishining xususiyatlari 
nimada? 
162


14- . GERMANIYANING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XX ASR) 
 GERMANIYANING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XX ASR) 
Tayanch atamalar va iboralar: reparatsiya, “Yung rejasi”, 
rante, sanoat burjuaziyasi, shturm otryadlari, yunker, “zambarak 
qiroli”. 
■ Reja: 
14.1. Birinchi jahon urushining iqtisodiy oqibatlari 
14.2. Fashistik Germaniya iqtisodiyoti 
14.3. GFR iqtisodiy mo‘jizasi va uning sabablari 
14.4. Korporatsiyalar, moliyaviy guruhlar va ularni davlat 
tomonidan tartibga solinishi. 
14.1. Birinchi jahon urushining iqtisodiy oqibatlari 
Birinchi jahon urushi Germaniya uchun boshqa kapitalistik mam-
lakatlarga nisbatan mashaqqatliroq kechgandi. Bu yerda sanoat 
ishlab chiqarishi 2 barobar qisqardi, g‘oliblar barcha mustamlaka-
larni tortib olishdi, Elzas va Lotaringiya imperiya yerlari qaytadan 
Fransiyaning tarkibiga qo’shildi. Ba’zi hisob-kitoblarga ko‘ra ushbu 
yo‘qotishlar natijasida Germaniya milliy boyligi ikki marotaba ka-
maydi. Lekin eng og‘ir salbiy natija bu g‘olib mamlakatlar tomoni-
dan qo‘yilgan reparatsiya

hisoblanadi, uning hajmi 132 mlrd.oltin 
markani tashkil etardi. Qisqa muddat ichida urushdan vayronaga 
aylangan Germaniya uchun ushbu mablag‘ni to‘lash imkoni yo‘q 
edi. Reparatsion summani qoplash maqsadida g‘olib mamlakatlar 
tomonidan Germaniyadan barcha qimmatbaho narsalar olib chiqib 
ketildi, 1923 yilda franko-belgiya qo‘shinlari Germaniyaning 90% 
ko‘miri va 50% metallini beruvchi Rur viloyatini bosib oldi va hech 
qanday to‘siqlarsiz ushbu xom ashyolar olib chiqib keta boshlandi. 
Jami Germaniya reparatsiyalar hisobiga taxminan 20 mlrd. 
marka to‘ladi. Reparatsiylarning asosiy og‘irligi urushdan keyingi 
birinchi yillarga to‘g‘ri kelib, bunda Germaniya sanoatining yarmi 
vayronaga aylangan, kapital yetishmasdi, g‘olib mamlakatlar esa 

reparatsiya - urushda ko‘rilgan zararlarni qoplash uchun yengilgan va urush 
chiqishiga sabab bo‘lgan davlat tomonidan enggan davlatga to‘lanadigan tovon. 
163



to‘lovlarni talab qilishardi. Avvaliga Germaniyadan barcha oltin olib 
chiqildi, so‘ngra reparatsiyalar hisobiga ko‘mir, sigirlar, parovozlar 
olib chiqib ketildi. Natijada markaning kursi pasayib ketdi. Mam-
lakatda kuchli inflyasiya yuz berdi. 
Inflyasiya mayda burjuaziya, rante, urush davrida olib sotarlik 
natijasida pul mablag‘lari to‘plagan odamlarni kasodga uchratdi. 
Jamg‘armalari bo‘lmagan ishchilardan ko‘ra mayda burjuaziya 
ko‘proq zarar ko‘rdi. Ish haqining o‘sishi narxlar o‘sishidan orqada 
qolganligi sababli ishchilarning moddiy ahvoli yomonlashib bo-
rardi. 
Sanoat burjuaziyasi, korporatsiyalar inflyasiyadan manfaatdor 
edilar. Ular qadrsizlanib borayotgan qog‘ozlar yordamida ishchilar-
ga ish haqi, davlatga soliqlar va banklarga qarzlarni qaytarishardi. 
Banklarga qarzlarini to‘laganlaridan so‘ng sanoat korporatsiyalari 
mustaqillikka erishib moliyaviy guruhlar parchalanib ketdi. Shu sa-
babdan inflyasiyadan banklar ham zarar ko‘rganligini aytish mum-
kin. Sanoat korporatsiyalarining xususiy kapitali esa zarar ko‘rmadi: 
u pulda emas, balki real kapitalda – uskunalar, inshootlar, xom 
ashyo zaxiralari va mahsulotlarda mujassamlashgan edi. Inflyasi-
yadan foydalanib o‘z mahsulotini xorijda pasaytirilgan narxlarda 
(lekin valyutaga) sotib yuqori daromad olish mumkin. 
1924 yilda AQSh yordamga keldi. Ular “Daues rejasi”ni taklif 
etishdi. Rejaning mohiyati quyidagicha edi: AQSh (va qisman An-
gliya) Germaniyaga sanoatni tiklash uchun zaymlar berishadi, sano-
atdan olingan daromadlar Angliya va Fransiyaga reparatsiyalarni 
to‘lashga yo‘naltiriladi, reparatsiyalarni olgan Angliya va Fransiya 
AQShga o‘z harbiy qarzlarini qaytaradilar. 
Daues rejasi bo‘yicha Germaniya 30 mlrd. oltin markaga yaqin 
mablag‘ oldi. Ushbu reja amal qilish davrida 8 mlrd. marka repar-
atsiyalarni to‘ladi. Ushbu “oltin yomg‘ir” ostida nemis sanoati tik-
landi va rivoj topdi. 
1929 yilda Daues rejasi “Yung rejasi” bilan almashtirildi. Yangi 
reja Germaniyaga yana imtiyozlar taqdim etdi. Reparatsiyalar sum-
masi sezilarli darajada qisqartirildi va ularni Germaniya har yili ki-
chik summalarda 1988 yilgacha to‘lashi kerak edi. Ammo hatto bu 
variant ham noreal bo‘lib qoldi: jahon iqtisodiy inqirozi boshlanardi 
– bunda hech kim reparatsiyalarni eslamasdi ham. Shu sababdan 
1932 yilda Yung rejasi va u bilan reparatsiyalar ham to‘liq bekor 
qilindi. 
164


14- . GERMANIYANING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XX ASR) 
Daues rejasi qabul qilingandan so‘ng monopoliyalar mustah- 
kamlana bordi. Bir-biriga qo‘shilib ketishlar yo‘li bilan yangi trestlar 
va konsernlar paydo bo‘ldi. 1920 yilda “Po‘lat trest” paydo bo‘ldi. 
Bu o‘z shaxtalari, elektrostansiyalari, mashinasozlik va kemasoz-
lik zavodlariga ega sanoat saltanati edi. Bu borada “Po‘lat trest” 
“Krupp konserni”ga o‘xshash edi. O‘z-o‘ziga xizmat qiluvchi bunday 
ko‘ptarmoqli monopoliya o‘sha davrda Germaniya uchun xos edi. 
1925 yilda kimyo kompaniyalarni qo‘shilib ketishi natijasida mash-
hur “Farbenindustri” kimyo tresti paydo bo‘ldi. 
Shunday qilib, XX asr 20-yy.da nemis sanoati tiklandi va yanada 
rivoj topdi. Lekin, 1929 yilga kelib Germaniya sanoat ishlab chiqari-
shi urushdan avvalgi davrga nisbatan bor yo‘g‘i 8%ga o‘sdi. Ishlab 
chiqarishni o‘sishi ichki bozorni torligi sabab chegaralanar edi: Ger-
maniya aholisi inflyasiya davrida qashshoqlashdi va hanuz repar-
atsiya to‘lar edi. Potensial xaridorlar o‘z jamg‘armalaridan mahrum 
bo‘lgan edilar. Ichki bozorni torligi ishlab chiqarish quvvatlarini 
to‘liq band qilinmasligi va ishsizlikka olib kelardi. O‘sish davrida 
ishlab chiqarish quvvatlari bor yo‘g‘i 70%ga band qilingandi, ishsi-
zlar soni esa 4 mln.kishi edi. 
Tabiiyki, 1929-1933 yy.dagi inqiroz Germaniyada o‘ta chuqur 
shaklda namoyon bo‘ldi. Sanoat ishlab chiqarishi 40%ga qisqardi. 
Ishlab chiqarish quvvatlarining 70% bekor edi. Ishchilarning yarmi 
ishsiz qoldi. 
Inqiroz yillarida ijtimoiy munosabatlar keskinlashdi. Qabul qilin-
gan aksilinqiroz chora-tadbirlar ishchilarga qarshi yo‘nalishga ega 
edi. Qonun bilan ish haqi qisqartirildi, ishsizlik nafaqalari bekor qil-
indi, ishsizlarni to‘playdigan mehnat lagerlarida qat’iy harbiy rejim 
o‘rnatildi. 
Mamlakatda inqilobiy holat shakllana bordi. Siyosiy kuchlar 
polyarizatsiyasi yuz berdi: mo‘tadil partiyalar o‘z pozitsiyalarini 
yo‘qota bordi, so‘l partiyalar kuchayib bordi. Bir qutbda fashistlar, 
ikkinchi qutbda sotsial-kommunistlar kuchayishdi. Monopolistik 
burjuaziya tayanish mumkin bo‘lgan yangi kuchni izlab oxir nati-
jada Gitler partiyasini tanladi. Fransiyadan farqli o‘laroq Germani-
yada sotsialistlar va kommunistlar ittifoqi yuzaga kelmadi. 
165




Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling