Yaponiyani va xitoyning eng yangi iktisodiy tarixi (XX acp). Angliyaning eng yangi iqtisodiy tarixi (XX asr) Tayanch atamalar va iboralar
O‘z-o‘zini nazorat qilishga oid savollar
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
4-Mavzu boyicha maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- GERMANIYANING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XX ASR) Tayanch atamalar va iboralar
- 14.1. Birinchi jahon urushining iqtisodiy oqibatlari
O‘z-o‘zini nazorat qilishga oid savollar
1. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Angliyaning iqtisodiy o‘sishining asosiy sabablari nimadan iborat? 2. Angliya sanoatini monopolizatsiyalash jarayonining xususiyatlari nimadan iborat? 3. Britaniya imperiyasining parchalanishining xususiyatlari nimada? 162 14- . GERMANIYANING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XX ASR) GERMANIYANING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XX ASR) Tayanch atamalar va iboralar: reparatsiya, “Yung rejasi”, rante, sanoat burjuaziyasi, shturm otryadlari, yunker, “zambarak qiroli”. ■ Reja: 14.1. Birinchi jahon urushining iqtisodiy oqibatlari 14.2. Fashistik Germaniya iqtisodiyoti 14.3. GFR iqtisodiy mo‘jizasi va uning sabablari 14.4. Korporatsiyalar, moliyaviy guruhlar va ularni davlat tomonidan tartibga solinishi. 14.1. Birinchi jahon urushining iqtisodiy oqibatlari Birinchi jahon urushi Germaniya uchun boshqa kapitalistik mam- lakatlarga nisbatan mashaqqatliroq kechgandi. Bu yerda sanoat ishlab chiqarishi 2 barobar qisqardi, g‘oliblar barcha mustamlaka- larni tortib olishdi, Elzas va Lotaringiya imperiya yerlari qaytadan Fransiyaning tarkibiga qo’shildi. Ba’zi hisob-kitoblarga ko‘ra ushbu yo‘qotishlar natijasida Germaniya milliy boyligi ikki marotaba ka- maydi. Lekin eng og‘ir salbiy natija bu g‘olib mamlakatlar tomoni- dan qo‘yilgan reparatsiya 1 hisoblanadi, uning hajmi 132 mlrd.oltin markani tashkil etardi. Qisqa muddat ichida urushdan vayronaga aylangan Germaniya uchun ushbu mablag‘ni to‘lash imkoni yo‘q edi. Reparatsion summani qoplash maqsadida g‘olib mamlakatlar tomonidan Germaniyadan barcha qimmatbaho narsalar olib chiqib ketildi, 1923 yilda franko-belgiya qo‘shinlari Germaniyaning 90% ko‘miri va 50% metallini beruvchi Rur viloyatini bosib oldi va hech qanday to‘siqlarsiz ushbu xom ashyolar olib chiqib keta boshlandi. Jami Germaniya reparatsiyalar hisobiga taxminan 20 mlrd. marka to‘ladi. Reparatsiylarning asosiy og‘irligi urushdan keyingi birinchi yillarga to‘g‘ri kelib, bunda Germaniya sanoatining yarmi vayronaga aylangan, kapital yetishmasdi, g‘olib mamlakatlar esa 1 reparatsiya - urushda ko‘rilgan zararlarni qoplash uchun yengilgan va urush chiqishiga sabab bo‘lgan davlat tomonidan enggan davlatga to‘lanadigan tovon. 163 to‘lovlarni talab qilishardi. Avvaliga Germaniyadan barcha oltin olib chiqildi, so‘ngra reparatsiyalar hisobiga ko‘mir, sigirlar, parovozlar olib chiqib ketildi. Natijada markaning kursi pasayib ketdi. Mam- lakatda kuchli inflyasiya yuz berdi. Inflyasiya mayda burjuaziya, rante, urush davrida olib sotarlik natijasida pul mablag‘lari to‘plagan odamlarni kasodga uchratdi. Jamg‘armalari bo‘lmagan ishchilardan ko‘ra mayda burjuaziya ko‘proq zarar ko‘rdi. Ish haqining o‘sishi narxlar o‘sishidan orqada qolganligi sababli ishchilarning moddiy ahvoli yomonlashib bo- rardi. Sanoat burjuaziyasi, korporatsiyalar inflyasiyadan manfaatdor edilar. Ular qadrsizlanib borayotgan qog‘ozlar yordamida ishchilar- ga ish haqi, davlatga soliqlar va banklarga qarzlarni qaytarishardi. Banklarga qarzlarini to‘laganlaridan so‘ng sanoat korporatsiyalari mustaqillikka erishib moliyaviy guruhlar parchalanib ketdi. Shu sa- babdan inflyasiyadan banklar ham zarar ko‘rganligini aytish mum- kin. Sanoat korporatsiyalarining xususiy kapitali esa zarar ko‘rmadi: u pulda emas, balki real kapitalda – uskunalar, inshootlar, xom ashyo zaxiralari va mahsulotlarda mujassamlashgan edi. Inflyasi- yadan foydalanib o‘z mahsulotini xorijda pasaytirilgan narxlarda (lekin valyutaga) sotib yuqori daromad olish mumkin. 1924 yilda AQSh yordamga keldi. Ular “Daues rejasi”ni taklif etishdi. Rejaning mohiyati quyidagicha edi: AQSh (va qisman An- gliya) Germaniyaga sanoatni tiklash uchun zaymlar berishadi, sano- atdan olingan daromadlar Angliya va Fransiyaga reparatsiyalarni to‘lashga yo‘naltiriladi, reparatsiyalarni olgan Angliya va Fransiya AQShga o‘z harbiy qarzlarini qaytaradilar. Daues rejasi bo‘yicha Germaniya 30 mlrd. oltin markaga yaqin mablag‘ oldi. Ushbu reja amal qilish davrida 8 mlrd. marka repar- atsiyalarni to‘ladi. Ushbu “oltin yomg‘ir” ostida nemis sanoati tik- landi va rivoj topdi. 1929 yilda Daues rejasi “Yung rejasi” bilan almashtirildi. Yangi reja Germaniyaga yana imtiyozlar taqdim etdi. Reparatsiyalar sum- masi sezilarli darajada qisqartirildi va ularni Germaniya har yili ki- chik summalarda 1988 yilgacha to‘lashi kerak edi. Ammo hatto bu variant ham noreal bo‘lib qoldi: jahon iqtisodiy inqirozi boshlanardi – bunda hech kim reparatsiyalarni eslamasdi ham. Shu sababdan 1932 yilda Yung rejasi va u bilan reparatsiyalar ham to‘liq bekor qilindi. 164 14- . GERMANIYANING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XX ASR) Daues rejasi qabul qilingandan so‘ng monopoliyalar mustah- kamlana bordi. Bir-biriga qo‘shilib ketishlar yo‘li bilan yangi trestlar va konsernlar paydo bo‘ldi. 1920 yilda “Po‘lat trest” paydo bo‘ldi. Bu o‘z shaxtalari, elektrostansiyalari, mashinasozlik va kemasoz- lik zavodlariga ega sanoat saltanati edi. Bu borada “Po‘lat trest” “Krupp konserni”ga o‘xshash edi. O‘z-o‘ziga xizmat qiluvchi bunday ko‘ptarmoqli monopoliya o‘sha davrda Germaniya uchun xos edi. 1925 yilda kimyo kompaniyalarni qo‘shilib ketishi natijasida mash- hur “Farbenindustri” kimyo tresti paydo bo‘ldi. Shunday qilib, XX asr 20-yy.da nemis sanoati tiklandi va yanada rivoj topdi. Lekin, 1929 yilga kelib Germaniya sanoat ishlab chiqari- shi urushdan avvalgi davrga nisbatan bor yo‘g‘i 8%ga o‘sdi. Ishlab chiqarishni o‘sishi ichki bozorni torligi sabab chegaralanar edi: Ger- maniya aholisi inflyasiya davrida qashshoqlashdi va hanuz repar- atsiya to‘lar edi. Potensial xaridorlar o‘z jamg‘armalaridan mahrum bo‘lgan edilar. Ichki bozorni torligi ishlab chiqarish quvvatlarini to‘liq band qilinmasligi va ishsizlikka olib kelardi. O‘sish davrida ishlab chiqarish quvvatlari bor yo‘g‘i 70%ga band qilingandi, ishsi- zlar soni esa 4 mln.kishi edi. Tabiiyki, 1929-1933 yy.dagi inqiroz Germaniyada o‘ta chuqur shaklda namoyon bo‘ldi. Sanoat ishlab chiqarishi 40%ga qisqardi. Ishlab chiqarish quvvatlarining 70% bekor edi. Ishchilarning yarmi ishsiz qoldi. Inqiroz yillarida ijtimoiy munosabatlar keskinlashdi. Qabul qilin- gan aksilinqiroz chora-tadbirlar ishchilarga qarshi yo‘nalishga ega edi. Qonun bilan ish haqi qisqartirildi, ishsizlik nafaqalari bekor qil- indi, ishsizlarni to‘playdigan mehnat lagerlarida qat’iy harbiy rejim o‘rnatildi. Mamlakatda inqilobiy holat shakllana bordi. Siyosiy kuchlar polyarizatsiyasi yuz berdi: mo‘tadil partiyalar o‘z pozitsiyalarini yo‘qota bordi, so‘l partiyalar kuchayib bordi. Bir qutbda fashistlar, ikkinchi qutbda sotsial-kommunistlar kuchayishdi. Monopolistik burjuaziya tayanish mumkin bo‘lgan yangi kuchni izlab oxir nati- jada Gitler partiyasini tanladi. Fransiyadan farqli o‘laroq Germani- yada sotsialistlar va kommunistlar ittifoqi yuzaga kelmadi. 165 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling