Yaponiyani va xitoyning eng yangi iktisodiy tarixi (XX acp). Angliyaning eng yangi iqtisodiy tarixi (XX asr) Tayanch atamalar va iboralar


O‘z-o‘zini nazorat qilishga oid savollar


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/22
Sana03.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1150547
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Bog'liq
4-Mavzu boyicha maruza

O‘z-o‘zini nazorat qilishga oid savollar 
1. “Daues rejasi”ning mohiyati nimadan iborat edi? 
2. Gitlerning mayda burjuaziya va monopolistik burjuaziyani 
yoqlab olib borgan iqtisodiy siyosatini yoritib bering? 
3. Germaniya okkupatsiya qilingan hududlarda qanday 
iqtisodiy siyosat olib borar edi? 
172


15- . FRANSIYANING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XX ASR) 
 FRANSIYANING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XX ASR) 
 
Tayanch atamalar va iboralar: depressiya, parsellyar xo‘jalik, 
kollaboratsionizm, indikativ rejalashtirish, dirijizm, 
■ Reja: 
15.1. Ikki jahon urushlari oralig‘ida Fransiya iqtisodiyoti 
15.2. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Fransiya iqtisodiy rivojlanishi 
15.3. Fransiyada korporatsiyalar va moliyaviy kapitalning 
xususiyatlari 
15.4. Mulkni davlat tasarrufiga o‘tkazish va xo‘jalikni davlat 
tomonidan tartibga solish. 
15.1. Ikki urush oralig‘ida Fransiya iqtisodiyoti 
Birinchi jahon urushidan Fransiya iqtisodiyoti katta zarar 
ko‘rgandi: sanoat mahsuloti ishlab chiqarish 40%ga, qishloq 
xo‘jaligi ishlab chiqarishi 1/3 qismga qisqardi. Ammo urush iqti-
sodiy o‘sishni jadallashuviga imkoniyat yaratib berdi. 
1. Fransiyaga Elzas va Lotaringiya imperiya yerlari qaytarildi. 
1871 yilda franko-pruss urushidan keyin Germaniyaga o‘tib ket-
gan hududlar hisoblanadi. Lotaringiya – katta ruda zaxiralariga 
ega metallurgiya hududidir. Lotaringiyani qo‘shilishi natijasida 
Fransiya Yevropada temir rudasi qazib olish bo‘yicha birinchi 
o‘ringa chiqib oldi. Elzas rivojlangan tekstil sanoatiga ega bo‘lib, 
uni qo‘shilishi natijasida Fransiya tekstil sanoati quvvati 1.5 baro-
barga oshdi. Elzas va Lotaringiyalarni qo‘shilishi natijasida Fran-
siyada “qadimgi” tarmoqlar (metallurgiya va tekstil) 20-yy.da o‘z 
ishlab chiqarishini ko‘paytirdi, bu davrda boshqa mamlakatlarda 
ushbu tarmoqlar turg‘unlik holatida edi. 
2. Fransiya Germaniyadan reparatsiya sifatida 8 mlrd.oltin mar-
ka olgan edi. Ushbu reparatsiyalarning asosiy qismi toshko‘mir 
bilan to‘langan edi. Hukumat ko‘mirni sanoatchilarga o‘ta past 
narxlarda sotib ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirardi va raqo-
batbardoshlikni oshirardi. 
173



3. Urush oqibatidagi vayronagarchiliklarni tiklash natijasida 
asosiy kapital yangilandi va bu Fransiya sanoat o‘sishiga sababchi 
bo‘ldi. Bu o‘sha davr uchun noyob hodisa edi. 
Fransiyada 20-yy.dagi sanoat o‘sishi boshqa mamlakatlarniki-
ga nisbatan uzoqroq davom etdi (1930 yil yozigacha). 1930 yilga 
kelib Fransiya sanoat ishlab chiqarishi 1913 yilga nisbatan 40%ga 
o‘sgan edi. O‘sha davrda sanoat o‘sish sur’atlari Fransiyada AQSh, 
Germaniya, Angliyanikidan yuqori edi. 
Jahon iqtisodiy inqirozi Fransiyada boshqa mamlakatlar-
dan ko‘ra kechroq (1930 yilda) boshlandi. Fransiya sanoati ish-
lab chiqarishni kengaytirayotgan sharoitda boshqa malakatlarda 
pasayish yuz berayotgan edi. 
Inqiroz davrida sanoat mahsulotlar ishlab chiqarilishi 1/3 qism-
ga, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarilishi 40%ga qisqardi. Fransiyada 
kech boshlangan inqirozni tugashi ham kech bo‘ldi (1936 yil). 
Ba’zi tarmoqlar (ko‘mir, kemasozlik) ikkinchi jahon urushi bosh-
langunga qadar ham inqiroz holatidan chiqa olishmadi. 
Inqirozdan keyin yangi sanoat o‘sishi yuz bermadi. Inqiroz 
o‘rnini depressiya egalladi, so‘ngra sezilar-sezilmas jonlanish yuz 
berdi. Agar inqirozgacha fransuz sanoati boshqa mamlakatlarga 
nisbatan tezroq o‘sgan bo‘lsa, endi u yana ulardan orqada qolardi. 
1938 yilda 1913 yildagi kabi hajmda mahsulot ishlab chiqarilgan 
edi. Qishloq xo‘jaligida ham turg‘unlik holati edi. 1938 yilda qish-
loq xo‘jaligi ishlab chiqarishi 1913 yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 
bor yo‘g‘i 10%ga oshgan edi. 
XX asr 20-yy.da Fransiya iqtisodiy o‘sishini ta’minlagan omil-
lar 30-yy.ga kelib o‘z ta’sirini yo‘qotdi, ishlab chiqarish kuchlari 
esa past darajada qolaverdi. Fransuz tovarlari jahon bozorida 
juda past raqobatbardoshlikka ega edi. Ikkinchi jahon urushiga 
kelib Fransiya hanuzgacha agrar mamlakat hisoblanar edi: qishloq 
xo‘jaligida aholining 37%, sanoatda esa – 25% band edi. Sanoat 
tarkibi ham qoloq edi. 20-yy.da og‘ir sanoatning “yangi” tarmo-
qlari jadal rivojlangan bo‘lsa ham yengil sanoat katta ustunlikka 
ega edi: tekstil, poyabzal va oziq-ovqat sanoatlarida sanoat ish-
chilarining yarmidan ortig‘i band edi. 
XX asrning 20-30 yy.da Fransiya sanoatida “Komite de forj” 
harbiy-sanoat konserni, “Kyulman” kimyo konserni kabi monopo-
liyalar kuchayib bordi, ammo, umuman olganda, ishlab chiqarish-
ni konsentratsiyalashuvi va sanoatni texnik jihozlashuvi jahatidan 
174


15- . FRANSIYANING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XX ASR) 
Fransiya boshqa yetakchi mamlakatlardan orqada qolar edi. Ik-
kinchi jahon urushi arafasida sanoatda band bo‘lgan ishchilarn-
ing 40% hunarmandchilik ustaxonalarida qo‘l mehnati bilan, ish-
chilar soni 10 tagacha bo‘lgan ishlab chiqarishlarda band edilar. 
Modabop tovarlar ishlab chiqarish katta ahamiyat kasb etmasdan, 
an’anaviy ixtisoslashuv Fransiyani orqaga tortar edi. 
Birinchi jahon urushiga qadar Fransiyani dunyo sudxo‘ri deb 
nomlashardi. Urushdan keyin Fransiya haqida bunday fikr bildirib 
bo‘lmasdi. Oktyabr inqilobi natijasida Fransiya Rossiyada chetga 
olib chiqilgan kapitalning yarmidan mahrum bo‘ldi: sovet huku-
mati oldingi hukumatlarni qarzlarini tan olmadi va Fransiya zaym-
larini qaytarishdan voz kechdi, Rossiyaning ko‘mir va metallurgi-
ya sanoatiga sarflangan kapitallar esa ushbu sanoatlarni davlat 
mulkiga o‘tkazilishi natijasida yo‘qotildi. 
Undan tashqari, urush davrida Fransiya, boshqa Yevropa mam-
lakatlari kabi, AQShga qarzdor bo‘lib qoldi va endi kapital ek-
sporti bo‘yicha jahonda 4-o‘rinni egallar edi. 
Bunda kapitalni zaym shaklida emas ishlab chiqarish shaklida 
olib chiqish hajmi oshdi. Bu ko‘proq kapital mustamlakalarga olib 
chiqilishi bilan bog‘liqdir. Urushgacha bo‘lgan davrda eksportning 
10% mustamlakalarga yo‘naltirilgan bo‘lsa, 30-yy. oxiriga kelib bu 
ko‘rsatkich 30%gacha ko‘tarildi. Fransiya endi mustamlakalarni 
o‘zlashtirishni boshlagan edi. Lekin mustamlakalarga zaymlar ber-
ilmaydi, mustamlakalarga olib chiqilgan kapital ularning iqtisodi-
yotiga sarflanadi. 

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling