Yaponiyani va xitoyning eng yangi iktisodiy tarixi (XX acp). Angliyaning eng yangi iqtisodiy tarixi (XX asr) Tayanch atamalar va iboralar


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/22
Sana03.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1150547
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
4-Mavzu boyicha maruza

17.3. Iqtisodiy islohotlar 
1978 yilda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish zarurati 
to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Xitoydagi islohotlarning xususiyat-
lari: 
Birinchidan, Xitoyda islohotlar iqtisodiyot sohasidagi 
o‘zgarishlardan boshlandi. Kommunistik partiya mamlakatni 
boshqarardi va u sotsialistik tizimni “xitoy spetsifikasi” bilan qur-
ishga intilardi. 
Ikkinchidan, Xitoyda xususiylashtirish amalga oshirilmagan 
edi. “Xususiylashtirish” so‘zining o‘zi Xitoyda salbiy tuyg‘uni yu-
zaga keltiradi. Xususiy, egoistik manfaatlar xitoyliklar mentalite-
tiga mos emasdir. Undan tashqari “byurokratik kapital” borasidagi 
muammolar hali yodda edi. 
Shunday bo‘lsa ham Yalpi milliy mahsulotda davlatning ulushi 
70%dan 40%gacha qisqardi, davlat sektorida band bo‘lganlar – 
95%dan 18% gacha qisqardi. Davlat xarajatlari YaMMga nisbatan 
36%dan 13%gacha kamaydi. 
Uchinchidan, Xitoyda ma’muriy rejalashtirish saqlab qolingan, 
bozor davlat rejalarini to‘ldirib borishi kerak edi. Davlat zarur 
turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni rejalashtiradi va 
ularga narxlarni o‘rnatadi. Xususiy savdogarlarga asosiy qishloq 
xo‘jalik mahsulotlarini ulgurji sotib olish taqiqlangandir. Ular dav-
lat tomonidan o‘rnatilgan narxlarda davlat tomonidan sotib oli-
nadi. 
Islohotlar qishloq xo‘jaligidan boshlandi va birdaniga aholin-
ing asosiy massasini qamrab oldi. Oilaviy pudrat iqtisodiy faoli- 
204


17- . XITOYNING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XX ASR) 
yatning asosiy shakli bo‘lib qoldi. Dehqonga o‘rtacha 0,5 ga yer 
maydoni pudrat uchun ajratilardi. Ushbu maydon unga 50 yilga 
biriktirilardi. Shu bilan birga davlat bilan ma’lum bir hajmda mah-
sulot etishtirib topshirish bo‘yicha shartnoma imzolanadi. Mah-
sulotning qolgan qismini dehqon o‘z xohishiga binoan taqsimlar 
edi. 
Qadimdan 
xitoy 
dehqoni 
hunarmandchilik 
bilan 
shug‘ullanganligi ham e’tiborga olindi. Qishloqlarda “volost-
poselka korxonalari” yaratilib, ularda dehqonlar faoliyat yuritardi. 
Bu korxonalar bozor qonunlari asosida faoliyat yuritardi. Qishlo-
qning daromadini yarmidan ortig‘ini ushbu korxonalar berardi. 
80-yy. oxiriga kelib Xitoy sanoat mahsulotining 20% ushbu korx-
onalarda yaratilardi. 
Oilaviy pudratga o‘tish aholini qornini to‘ydirish va kiyinti-
rish imkonini berdi. Don mahsulotlari hosildorligi 1979 yilgi 300 
mln.t.dan 1984 yilda 400 mln.t.ga etdi, aholi jon boshiga esa yiliga 
300 kg.dan 400 kg.gacha o‘sdi. Dehqonlar daromadi ushbu davr 
ichida uch marotaba oshdi. Mutaxassislar hisob-kitoblari bo‘yicha 
bunday qisqa muddatda aholining turmush darajasini bunday 
darajada o‘sishi juda yaxshi ko‘rsatkich edi. 
“Volost-poselka korxonalari” xalq istemoli tovarlarini ishlab 
chiqarardi, undan tashqari, dehqonlarning daromadlarini os-
hishi shahar sanoati uchun bozorni kengaytirardi. Islohotlarn-
ing boshlang‘ich davrida yengil sanoat og‘ir sanoatdan ko‘ra ikki 
barobar kam mahsulot ishlab chiqarar edi, 90-yy.ga kelib yengil 
sanoat og‘ir sanoatdan o‘zib ketdi. Televizor, muzlatkich, kir yu-
vish mashinalari kabi tovarlar jadal sur’atlarda ishlab chiqarila 
boshlandi. 
1984 yildan boshlab qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining 
o‘sishi sekinlashdi. Don yetishtirish ham kamaydi, endi aholining 
o‘sish sur’atlarini yuqori ekanligini hisobga olganda jon boshiga 
don iste’moli qisqardi. Mutaxassislarning hisob-kitoblari bo‘yicha 
milliy daromadning qo‘shimcha o‘sishining 40% aholining o‘sishi 
evaziga yo‘qqa aylanardi. Shaharlarda yana cho‘chqa go‘shti 
va tuxumga talon joriy etildi, me’yorlashtirilgan mahsulotlarga 
narxlar oshirildi. Shu bilan birga aholini o‘sish sur’atlarini pasay-
tirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi. Ikkinchi farzand 
tug‘ilgan holda oiladan katta jarima undirilar edi. 
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi o‘sishi sur’atlarining pasayish 
sabablari: 
205



Birinchidan, dehqonning daromadi ma’lum bir darajaga et-
ganda, jamg‘armalarni sarflash boshlanardi. Dehqonlar kir yuvish 
mashinalari, televizorlar, mototsikllar sotib olishardi, loydan quril-
gan uylar o‘rniga pishiq g‘ishtdan uylar qurishni boshlashdi. 
Ikkinchidan, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining o‘sishidagi 
sakrash qo‘l mehnati asosida amalga oshirilgan edi. 1995 yilda 
Xitoy qishloq xo‘jaligida mehnat unumdorligi AQSh mehnat un-
umdorligining 4%ni tashkil etdi. Ishlab chiqarishning texnik dara-
jasini oshirish zarur edi. 
Sanoatdagi o‘zgarishlarda davlat sektori ulushini qisqarishi ku-
zatildi, bu qisqarish xususiylashtirish evaziga emas, balki xususiy 
tadbirkorlikni rivojlanishi hisobiga amalga oshdi. Har birida 8-10 
kishi band bo‘lgan mayda “poselka korxonalari”ni jadal sur’atlarda 
ko‘payishi sanoat ishlab chiqarishini jadal o‘sishini ta’minladi. 
Tabiiyki, ularda texnika darajasi va mehnat unumdorligi juda past 
edi. 1995 yilda Xitoy sanoatida mehnat unumdorligi umumjahon 
ko‘rsatkichining 42%ni tashkil etardi. 
Yirik sanoatda davlat ustuvorligini saqlab qolgandi. 1996 yil-
da davlat korxonalarida sanoat mahsulotining 28,5% olindi va 
sanoatda band bo‘lgan ishchi va xizmatchilarning 66%i band edi. 
Davlat korxonalari iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun ular 
xo‘jalik hisobiga o‘tkazildi yoki ijaraga berildi. 
Xitoy sanoati yutug‘ida xorijiy kapitalni jalb etilishi katta aha-
miyatga ega. Buning uchun “maxsus iqtisodiy zonalar” tashkil 
etilib, ularda xorijiy kapital uchun qulay muhit yaratilgan edi. Bu 
yerga xorijiy tadbirkorlarni ish kuchini arzonligi jalb etardi: ushbu 
zonalarda ish haqi AQShdagidan 20 marotaba kichik, lekin Xitoyn-
ing boshqa hududlarinikidan ancha baland edi. Xorijiy kapitalning 
70-80% “xuatsyao”
1
larga to‘g‘ri kelardi. Xorijiy kapital korxonalari 
sanoat eksportining chorak qismini ta’minlardi. 
Xitoyning iqtisodiy yutuqlari o‘sish eng quyi nuqtadan bosh-
langanligi bilan xarakterlidir. Qo‘l mehnatining ko‘pligi va xalqn-
ing mehnatkashligi, xo‘jaliklarning o‘ta maydaligi va dehqonchilik 
bilan sanoatning uzviyligi, sotsializmni qurish va bozor munosa-
batlarini kengaytirish Xitoy iqtisodiy o‘sishning asosiy xususiyat-
laridan hisoblanadi. 

Xuatsyao –avvallari Xitoydan emigratsiya qilgan va boshqa mamlakatda boyib 
ketgan xitoyliklar 
206


17- . XITOYNING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XX ASR)
O‘z-o‘zini nazorat qilishga oid savollar 
1. Xitoyda osiyocha ishlab chiqarish usullarining 
xususiyatlari nimadan iborat? 
2. Xitoyning iqtisodiy rivojlanishiga “qora dori 
urushlari”ning ta’siri qanday bo‘lgan? 
3. Xitoy Xalq Respublikasining tashkil topishi va 
iqtisodiy jihatdan jadal rivojlanishining xususiyatlari? 

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling