Yaponiyani va xitoyning eng yangi iktisodiy tarixi (XX acp). Angliyaning eng yangi iqtisodiy tarixi (XX asr) Tayanch atamalar va iboralar


 Monopoliyalar va davlat tomonidan tartibga solish


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/22
Sana03.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1150547
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
4-Mavzu boyicha maruza

13.2. Monopoliyalar va davlat tomonidan tartibga solish 
Birinchi jahon urushiga qadar Angliya boshqa mamlakatlardan 
ishlab chiqarishning konsentratsiyalashuvi va monopoliyalarni 
tashkil etilishi borasida orqada edi. Ammo urush davrida, daro-
madli davlat buyurtmalarini eng yirik firmalar olayotgan sharoit-
da, hamda urushlar oralig‘idagi inqirozli va depressiyali yillarda, 
mayda va kuchsiz firmalar to‘xtovsiz xonavayron bo‘layotgan 
vaqtda, Angliya sanoatini monopolizatsiyalash jarayoni muvaf-
faqiyatli yakunlandi. 80-yy. boshlarida jahonning 5 yirik monopo-
liyalaridan 3 tasi amerikaniki, 2 tasi angliyaniki edi: “Royyal Datch 
Shell” va “British Petroleum” (ikkalasi neft monopoliyalari). GFR 
va Yaponiyaning hech qaysi monopoliyalari birinchi beshlikka kir-
magandi. 
Boshqa korporatsiyalar orasida “Yunilever” – jahonning yirik 
oziq-ovqat monopoliyasini ajratib ko‘rsatish mumkin.
1
Ushbu 
konsern o‘z korxonalarida sovun, margarin va boshqa mahsulotlar 
ishlab chiqaradi. Aynan ushbu korporatsiya tomonidan Yevropada 
iste’mol qilinadigan margarinning asosiy qismi ishlab chiqariladi. 
Xom ashyoning asosiy qismi Afrikadan kelardi: palma yog‘i, kokos 
va yer yong‘oqlari va boshqa yog‘ mahsulotlari. Aynan Afrikada 
konsern ishchilarining yarmi faoliyat yuritishadi. Konsern nominal 
ingliz-golland hisoblanadi, hujjat bo‘yicha esa unda ko‘p mam-
lakatlar ishtirok etishadi. U turli mamlakatlarda 600 dan ortiq 
sho‘ba korxonalarga ega. 
Undan tashqari “BAT indastriz” tamaki kompaniyasi va “Impe-
rial kemikl indastriz” kimyo kompaniyasini ajratib ko‘rsatishimiz 
mumkin. 
Angliya korporatsiyalarining xarakterli belgilari – mustam-
lakachilik va xalqaro. Korporatsiyalarning asosiy qismi avvalgi 
mustamlakalarning xom ashyosidan foydalanadilar. Neft monop-
oliyalari Angliyada “o‘zining” nefti topilishidan ancha avval tashkil 

Конотопов М. В., Сметанин С. И. Экономическая история: Учебник. - 9-е изд., 
доп. и перераб. - М.: Издательско-торговая корпорация «Дашков и К°», 2007. -
С.254. 
157



etilgan edi, tamaki yetishtirish esa Angliya iqlimi umuman to‘g‘ri 
kelmaydi. Korporatsiyalarning ko‘pchiligi transmilliy hisoblanadi. 
Angliyaning moliyaviy kapitali ham shunday xususiyatlarga 
ega. Sanoat korporatsiyalaridan farqli o‘laroq birinchi 5ta banklar 
tarkibiga ingliz banklari kirmaydi, birinchi 10 talikka esa ikkita 
ingliz banki kiradi: “Barkleyz benk” va “Vestminster benk”. Lekin 
ingliz banklarining “katta to‘rtligi” boshqa mamlakatlarnikiga nis-
batan ko‘proq xorijiy filiallarga ega. 
Angliya iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solish jaray-
oni AQShdagidan ko‘ra boshqacharoq kechgandi. Birinchi turtki 
1929-1933 yy.dagi inqiroz bo‘ldi. Davlat bu yillarda aksilinqiroz 
choralarini qabul qildi va buning uchun maxsus davlat organlari 
tashkil etildi. Lekin Angliyada yana bitta shakl mavjud edi – aral-
ash davlat-kapitalistik kompaniyalarni tashkil etish, ya’ni davlat 
nazorati ostida faoliyat yuritadigan davlat kapitali ishtirokidagi 
kompaniyalar. Bunday aralash shakllar elektroenergiya ishlab 
chiqarish va taqsimlash, radioeshittirish (BBC) va boshqa tarmo-
qlarda qo‘llanildi. 
Davlat tomonidan tartibga solishni kuchaytirishga turtki 
bo‘lgan keyingi sabab – Ikkinchi jahon urushidir. Davlat ishlab 
chiqarishni konsentratsiyalashuvini rag‘batlantirdi. Harbiy buyurt-
malarni yirik kompaniyalar olishar edi. Ushbu buyurtmalarni ijrosi-
ni ta’minlash maqsadida davlat xom ashyo, energiya taqsimotini 
o‘z qo‘liga olgandi va ular bilan harbiy buyurtmalarni ijro etu-
vchi yirik kompaniyalarni ta’minlardi. Undan tashqari davlat ba’zi 
mayda firmalarni yopdi yoki ularni buyurtmalarni ijro qilish uchun 
yirik firmalarga qo‘shib yuborishdi. 
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish jarayoni ikkinchi 
jahon urushidan so‘ng chuqurlashdi. 1945 yilda Angliya hukumati 
tepasiga leyboristlar (ingliz ishchi partiyasi) kelishdi. Ular o‘z das-
turlarida Angliyada sanoatni davlat mulkiga o‘tkazish orqali sot-
sialistik tuzumga o‘tishni targ‘ib etishdi. 
1946 yildan 1951 yilgacha ular iqtisodiyotni bir qator tarmo-
qlari davlat mulkiga o‘tkazildi. Angliya banki, ko‘mir va gaz sanoa-
ti, elektrostansiyalar, radio va televidenie, temir yo‘l va transporn-
ing boshqa turlari davlat mulkiga o‘tkazildi. 1967 yilda leyboristlar 
yana hukumat tepasiga kelishdi, va metallurgiya sanoati davlat 
mulkiga o‘tdi. 
158


13- . ANGLIYANING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XX ASR) 
Firmalar davlat mulkiga o‘tayotganda aksionerlarning aksi-
yalari davlat zaymlariga almashtirilib berildi (bunda ular keltirila-
digan daromad o‘zgarmadi). 
Xususiy mulkni davlat mulkiga o‘tkazishning asosiy natijalari: 
1. Asosan “eski”, kamrentabelli tarmoqlar davlat mulkiga 
o‘tkazilgan edi. Davlat ularni sotib olib, ushbu tarmoqlarning xara-
jatlarini to‘liq o‘z bo‘yniga oldi, korxonalarning oldingi egalariga 
esa “yangi” istiqbolli tarmoqlarni egallashga imkon berildi. 
Davlat mulkiga o‘tkazilgan tarmoqlar, ayniqsa ko‘mir va met-
allurgiya sanoati rekonstruksiyaga muhtoj edi. Avvalgi egalarin-
ing bunday rekonstruksiyani amalga oshirish imkonlari yo‘q edi, 
chunki ular yuqori daromad keltirmasdi. Endi davlat ushbu rekon-
struksiyalarni davlat budjeti hisobiga amalga oshirdi. 
2. Davlat tasarrufiga asosan iqtisodiyotga xizmat ko‘rsatuvchi 
tarmoqlar o‘tib, iqtisodiyotni yoqilg‘i, energiya, metall bilan 
ta’minlardi, tashish xizmatlarini ko‘rsatardi. Davlat tasarrufiga 
o‘tgandan so‘ng xususiy sektorga energiya, xom ashyo va trans-
port xizmatlarini arzonlashtirilgan narxlarda ko‘rsatilardi. Shunday 
qilib, korporatsiyalar xarajatlari davlat hisobiga qisqartirildi, daro-
madlar oshdi. 
Ammo iqtisodiy jihatdan davlat sektori kamsamarali bo‘lib 
qoldi. Uni saqlash uchun katta xarajatlar zarur edi. Davlat iqti-
sodiyoti asosan ma’muriy usullar yordamida boshqarilar edi. Shu 
sababdan hukumat tepasiga konservatorlar kelganda ular darrov 
xususiylashtirish jarayonini boshlashar edi. 
XX asr 80-yy.da M.Tetcher hukumati bir qator firmalarni xususi-
ylashtirdi. Avval to‘liqligacha davlat sektori hisoblangan tarmo-
qlarga xususiy sektor kiritildi. Iqtisodiyotda davlat investitsiyalari 
qisqartirildi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish usul-
lari qisqartirildi. Lekin ushbu choralar iqtisodiyotda davlat ulushi-
ni katta hajmda qisqarishiga olib kelmadi. Bu davrda kommunal 
xizmatlar va uy-joylar xususiylashtirildi, millionlab inglizlar dav-
latdan uylarini sotib oldilar va natijada 65% aholi shaxsiy uyiga 
ega bo’ldi. 
Xususiylashtirish jarayonida aksiyalarni sotishda xususiylashti-
rayotgan firmalar xodimlari ustuvor huquqlarga ega bo’ldilar. 
Natijada M.Tetcher hukumati davrida aksionerlar soni aholining 
7%dan 25 %gacha oshdi. 
159



Angliya davlat sektorida sanoat mahsulotining 20% ishlab 
chiqarilardi. YaMMning 40% davlat budjeti orqali o‘tardi. Angliya-
da iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda asosiy vosita 
sifatida davlat budjeti hisoblanardi. 
Iqtisodiyotni tartibga solish jarayoniga qishloq xo‘jaligi ham 
jalb qilingandi. Birinchi jahon urushi boshida Angliya qishloq 
xo‘jaligi shahar yaqinida joylashtirilganligi sababli iste’mol qilina-
digan oziq-ovqatlarning 2/3 qismi import qilinardi. Birinchi jahon 
urushi davrida Germaniya Angliyaga oziq-ovqat olib borayotgan 
kemalarni cho‘ktirganligi sababli mamlakatda oziq-ovqat yetish-
movchiligi yuzaga keldi va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini 
ko‘paytirishga majbur bo‘lindi. Urushdan so‘ng “ichki” oziq-
ovqatlarga ehtiyoj qisqardi. Lekin bu holat Ikkinchi jahon urushi 
davrida ham qaytarildi va bu urushdan so‘ng davlat fermerlarni 
qo‘llab-quvvatlash usullaridan foydalana boshladi. Bunda fermer-
lar ishlab chiqarish xarajatlarining taxminan ¼ qismi qoplanar 
edi: davlat tomonidan kafolatlangan narxlarda mahsulotlar sotib 
olinardi, hosildorlik oshirilsa mukofotlar to‘lanardi va boshqalar. 
Natijada 50-yillarning boshlaridan 80-yy.ning boshlariga qadar 
Angliyaning qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi 3 marotaba o‘sdi, va 
Angliya iste’mol qilayotgan oziq-ovqatning 60%ni o‘zi yetishtira 
boshladi. 
Angliya “Umumiy bozor”ga kirishi bilan uning qishloq xo‘jaligi 
muammolarga duch keldi. Angliyaning qishloq xo‘jalik mahsu-
lotlari “Umumiy bozor”dagi hamkorlarning mahsulotlaridan qim-
matroq bo‘lib chiqdi, va u o‘z raqobatbardoshligini yo‘qotdi. Shu 
sababdan bu holat Angliya va “Umumiy bozor” ishtirokchilari 
o‘rtasida kelishmovchiliklarni keltirib chiqardi. 

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling