Yaponiyani va xitoyning eng yangi iktisodiy tarixi (XX acp). Angliyaning eng yangi iqtisodiy tarixi (XX asr) Tayanch atamalar va iboralar


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/22
Sana03.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1150547
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
4-Mavzu boyicha maruza

13.3. Tashqi iqtisodiy aloqalar 
Birinchi Jahon urushiga qadar Angliya jahonning eng yirik 
savdo mamlakati hisoblanardi. Tashqi savdo unda katta ahami-
yat kasb etardi, xorijdan 90% zarur xom ashyo, 70% oziq-ovqat 
olib kirilardi, uning sanoat mahsulotining 1/3 qismi eksportga 
mo‘ljallangan edi. Lekin urushdan keyin u jahon bozorlarida o‘z 
pozitsiyalarini yo‘qota boshladi. Jahon kapitalistik eksportida un-
ing ulushi keskin qisqardi. 
160


13- . ANGLIYANING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XX ASR) 
Tashqi savdoda o‘z pozitsiyasini mustahkamlash uchun ingliz 
hukumati o‘z tovarlarini sotilishi uchun bozorlarni yaratish maqsa-
dida iqtisodiy ittifoqlar tashkil eta boshladi. 
1931 yilda “sterlingga oid blok” tashkil etilib, u Angliyani mus-
tamlaka imperiyasi, Gollandiya, Skandinaviya mamlakatlari, Portu-
galiya bilan birlashtirdi. Ushbu mamlakatlar o‘zaro savdoda funt 
sterlingda hisob-kitob qilishga kelishib olishdi, bu davrda boshqa 
mamlakatlarda AQSh dollarida savdo qilardi. Shunday qilib, ush-
bu mamlakatlarning tashqi dunyodan ko‘ra o‘zaro savdo qilish 
imkoniyatlari kengroq edi. 
1932 yilda preferensial tariflarning imperiya tizimi joriy etildi: 
Britaniya imperiyasi mamlakatlari o‘zaro savdo vaqtida bojlarni 
pasaytirishar edi, boshqa mamlakat tovarlariga bojlar ko‘tarilar 
edi. Shunday qilib, 30-yy.da “yarimyopiq” bozorlar vujudga kelib, 
ularda ingliz tovarlari ustuvorlikka ega edi. 
Urushdan keyin Angliyaning jahon savdosidagi ulushi pasay-
ishda davom etdi. 90-yy. boshlariga kelib ushbu ko‘rsatkich jahon 
kapitalistik eksportining 6%ni tashkil etdi. Avvaliga Angliya oldingi 
tashqi iqtisodiy siyosatini (o‘z tovarlarini sotish uchun hududlar 
yaratish orqali) davom ettirishga harakat qildi. 50-yy. oxiriga kelib 
“Umumiy bozor”ga qarama-qarshi qilib 7 mamlakatdan iborat 
“erkin savdo hududi”ni tashkil etildi. Angliyadan tashqari ushbu 
savdo ittifoqiga Norvegiya, Shvetsiya, Daniya, Avstriya, Shveysari-
ya va Portugaliya kabi mamlakatlar – ya’ni avvalgi “sterlingga oid 
blok” mamlakatlari kirishdi. O‘zaro savdoda ushbu mamlakatlar 
bojlarni pasaytirishardi, ittifoqdagi hamkorlarning tovarlarni us-
tunligini ta’minlashardi. 
Britaniya imperiyasi parchalandi. Ingliz mustamlakalari mus-
taqil davlatlarga aylanishdi. Mustamlakalarni yo‘qotilishi ingliz 
iqtisodiyotiga katta zarba berdi va endi ushbu yo‘qotishlardan 
Angliya o‘ziga kela olmaydi deb taxmin qilingandi. Lekin ma’lum 
vaqt o‘tgandan so‘ng ingliz diplomatlari oldingi mustamlakalar 
bilan munosabatlarni tiklab olishdi. Britaniya imperiyasi Britaniya 
hamdo‘stligiga aylandi. Hamdo‘stlik mamlakatlari hanuz sterling 
hududiga kirishar, ma’qul bo‘lgan tariflar (ya’ni o‘zaro savdoda 
pasaytirilgan bojlar)ni qo‘llashar, Angliya bilan iqtisodiy kelishuv 
orqali bog‘liq edilar. Angliya hamdo‘stlikda o‘z o’rnini va ta’sir ku-
chini saqlab qolishiga quyidagi omillar ta’sir ko’rsatdi: hamdo‘stlik 
mamlakatlarida yirik ingliz kapital qo‘yilmalari kiritilganligi (ya’ni 
161



bu mamlakatlardagi yirik xo‘jalik obyektlari inglizlar mulki edi); 
hamdo‘stlik mamlakatlari ingliz iqtisodiyotini xom ashyo bilan 
ta’minlovchi ekanligi. 
Lekin bu ham yordam bermay qo‘ydi. Hamdo‘stlik mamlakat-
lari endi Britaniya eksportining 30%ni iste’mol qilardi, chunki 
ozod bo‘lgan mamlakatlar tovarlarni Yaponiya, GFR va AQShdan 
sotib olishga xohish bildirishardi. Britaniya eksportining yarmidan 
ortig‘i endi industrial mamlakatlarga yo‘naltirilardi. 
Huddi shu tashqi savdo yo‘nalishlarini keskin o‘zgarishining 
asosiy sababi edi: 70-yy. boshida Angliya avvalgi aloqalardan voz 
kechib “Umumiy bozor”ga a’zo bo‘ldi. Hukumat shunday qilib 
Angliya xalqaro mehnat taqsimotida qulayroq pozitsiyani egal-
laydi, mahsulotlarni industrial mamlakatlarga sotilishini oshiradi, 
“Yagona Yevropa”ning to‘laqonli a’zosi bo‘lishiga ishongandi. 

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling