Yaponiyani va xitoyning eng yangi iktisodiy tarixi (XX acp). Angliyaning eng yangi iqtisodiy tarixi (XX asr) Tayanch atamalar va iboralar
Korporatsiyalar, moliyaviy guruhlar va ularni davlat
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
4-Mavzu boyicha maruza
14.4. Korporatsiyalar, moliyaviy guruhlar va ularni davlat
tomonidan tartibga solinishi. Urush tugagandan so‘ng Potsdam konferensiyasida Gitler qaramog‘ida bo‘lgan monopoliyalarni yopilishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan edi. G‘arbiy Germaniyada ushbu qaror monopo- liyalarni parchalab tashlash ko‘rinishida amalga oshirildi: ulkan trest bir qator mustaqil kompaniyalarga bo‘lindi. “Po‘lat trest” 10 170 14- . GERMANIYANING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XX ASR) qismga bo‘lindi, Krupp konserni 7 qismga bo‘lindi. Lekin, ma’lum bir vaqt o‘tgandan so‘ng, ularni bir-biriga qo‘shilib ketishiga hech narsa to‘siqlik qilmadi. Hozirgi vaqtda yirik nemis korporatsiyalari ro‘yxatida aynan shu kompaniyalar o‘rin olgan. XX asr 80-yy. boshiga kelib dunyoning 10 ta eng yirik banklari ichida birorta german banki yo‘q edi. Dunyoning 20 ta yirik sano- at korporatsiyalari ichida bitta german kompaniyasi “Simens” bor edi, u ham bo‘lsa deyarli oxirgi o‘rinda edi. 80-yy.da GFR iqtisodiyotida bir necha moliya guruhlari us- tunlik qilardi. Ulardan eng yiriklari “Nemis banki” va “Simens” elektrotexnik kompaniyasi boshqaradigan moliya-sanoat guruhi mamlakatning 1/3 qism aksioner kapitalini nazorat qilar edi. Un- ing tarkibiga shu paytgacha mustaqil guruh bo‘lgan “Tissen” kor- poratsiyasi, avval Drezden banki guruhiga kirgan AEG, “Daymler- bens”lar kirdi. Guruh qora metallurgiya, elektrotexnika, avtomo- bilsozlik tarmog‘i korxonalarini nazorat qilardi. Ikkinchi o‘rinda – Drezden banki va Krupp konserni tomoni- dan boshqariladigan guruh. Uning tarkibiga – qora metallurgiya, mashinasozlik, yengil sanoatning ba’zi tarmoqlari kiradi. 3-o‘rinda savdo kompaniyalari, mashinasozlik va qurilish konsernlarini na- zorat qiluvchi Tijorat banki guruhi egallagan edi. Ko‘rinib turibdiki, GFR moliya-sanoat guruhlarida banklar bi- lan bir qatorda sanoat korporatsiyalari ham ustuvorlikka egadir. Undan tashqari, 70-yy.da ba’zi sanoat korporatsiyalari (“Tissen”, “Flik”, “Farbenindustri” merosxo‘rlari bo‘lgan kimyo kompaniyalari) banklarsiz mustaqil guruhlar hisoblangandi. Bu jahon urushlari- dan so‘ng banklarning sanoat ustidan hukmronligini bo‘shashishi natijasidir. Urushdan so‘ng Germaniyaning “katta uchlik” banklar- ini hattoki bankrotlikdan qutqarishga to‘g‘ri keldi, chunki o‘sha davrga kelib ular kapitalining asosiy qismi fashistlar hukumatining qarz majburiyatlaridan iborat edi. GFR korporatsiyalar va moliya guruhlarining yana bir xususi-yati – chuqurlashib ketgan diversifikatsiya jarayoni hisoblanadi. Tarmoqlar turli guruhlar o‘rtasida bo‘lib olingan edi, lekin turli guruhlar tarkibida bir xil tarmoqlar ham uchraydi. Ko‘ptarmoqli tarkibga o‘tishni bu yerda 2 holat yengillashtirardi: “o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish”ni nazarda tutgan holda ko‘ptarmoqli monopo- liyalarni tashkil etishning an’anaviy usuli (“Krupp”, “Po‘lat tresti”) va urushdan keyin monopoliyalarni parchalab tashlash: parchalab 171 tashlangan kompaniyalar endi diversifikatsiya jarayonini hisobga olib birlashardilar. GFRning davlat sektori uncha katta emas edi – mamlakat ak- sioner kapitalining 20%dan kam. Urushdan keyingi davrda xususiy mulkni davlat tasarrufiga o‘tkazish amalga oshirilmagandi. Bonn hukumati qo‘liga fashistlar hukumati va harbiy jinoyatchilarn- ing mol-mulki o‘tdi, keyinchalik esa davlat sektori davlat inves- titsiyalari va yangi qurilishlar hisobiga kengaydi. GFR elektroen- ergiyasining 95%, tosh ko‘mirining 75%, temir rudasining 80%, alyuminiyning 50%, avtomobillarning 40%ni davlat kompaniyalari ishlab chiqarardi. Deyarli barcha infratuzilma davlat qo‘lida edi. Mamlakat kredit tizimida ham davlat sektori ustuvorlikka ega edi. Davlat budjeti orqali yalpi milliy mahsulotning 40% o‘tardi, aynan budjet iqtisodiy rivojlanishni tartibga soluvchi vosita edi. GFRda, Fransiyadagi kabi, indikativ rejalashtirishdan foydala- nilgan. Iqtisodiyotga ta’sir etuvchi davlat dasturlari qisqa mud- datli (aksilsiklik) va prognozlashtirish va rejalashtirish bilan bog‘liq uzoq muddatli (tarkibiy) turlarga bo‘linadi. Aksilsiklik choralar - pasayish davrida davlat, asosan infratuzilma tarmoqlariga, inves- titsiyalarni ko‘paytirishida, sanoatchilarni kuchli subsidiyalashda, o‘sish davrida esa davlat investitsiyalari va subsidiyalarni qisqarti- rishdan iboratdir. Uzoq muddatli rejalashtirish ishlab chiqarishn- ing optimal tarkibini saqlab turishga yo‘naltirilgandir. Davlat Ger- maniya uchun istiqbolli tarmoqlarni rag‘batlantiradi va shu vaqt- ning o‘zida pastrentabelli ishlab chiqarishlar va infratuzilmalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling