Yaponiyani va xitoyning eng yangi iktisodiy tarixi (XX acp). Angliyaning eng yangi iqtisodiy tarixi (XX asr) Tayanch atamalar va iboralar


 Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Fransiya iqtisodiy


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/22
Sana03.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1150547
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
4-Mavzu boyicha maruza

15.2. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Fransiya iqtisodiy 
rivojlanishi 
Ikkinchi jahon urushidan Fransiya ko‘rgan talofatlar bom-
bardimonlardan tashqari Germaniya qo‘shini tomonidan okku-
patsiya natijasida yuz berdi. Ishlab chiqarish o‘rtacha uch maro-
taba qisqardi: sanoat ishlab chiqarishi 70%ga qisqardi, qishloq 
xo‘jalik ishlab chiqarishi ikki barobar qisqardi, avtomobil parki 
va yuk tashish uch marotaba qisqardi. 1938 yildagi sanoat ishlab 
chiqarish darajasiga 1948 yilga kelib erishildi. 
1990 yilga kelib Fransiya sanoat ishlab chiqarishi 5,5 barobar 
o‘sdi. Boshqa rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda sanoat ishlab 
chiqarishining o‘sishi 8,5 barobar, 1948 yilga nisbatan 5,7 marta 
o‘sgan edi. Ushbu davrda Fransiya sezilarli darajada orqada qol-
175



gandi. 1938 yilda Fransiyada rivojlangan kapitalistik mamlakat-
larning 7,7% mahsuloti ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 1989 yilda bu 
ko‘rsatkich 5,7%ni tashkil etdi. 
O‘tgan davr ichida Fransiya sanoatida progressiv siljishlar 
amalga oshdi. Fransiya yengil sanoatning ustuvorligidan voz ke-
chdi. 80-yy. boshlariga kelib mashinasozlik, metallni qayta ishlash, 
elektrotexnika, avtomobil, aviaraketa va kimyo sanoatlari jami 
sanoat mahsuloti ishlab chiqarishning 60%ni, qazib olish tarmo-
qlari (metallurgiya, ko‘mir, neftgaz) bilan esa 70%ni tashkil qilgan. 
Yengil sanoat esa sanoat mahsulotining 30%ni tashkil etardi. 
Urushdan so‘ng Fransiyada iqtisodiyotning barcha tarmoqlari-
ni kompleks rivojlantirishga qaratilgan siyosat olib borildi. Ushbu 
siyosat integratsiya qoidalariga zid edi, chunki Fransiya xalqaro 
mehnat taqsimotida qatnashish o‘rniga barcha mahsulot turlari 
bilan o‘zini-o‘zi ta’minlashi nazarda tutilgan edi. Ushbu siyosat 
iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas edi, chunki unda ja-
hon bozorida talab qilinmayotgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi 
an’anaviy tarmoqlarni rivojlantirish ham nazarda tutilgandi. Ush-
bu tarmoqlar fransuz sanoatining 40%ni tashkil etgan. 
70-yy.da siyosat o‘zgardi. Endi hukumat jahon bozorida raqo-
batbardosh mahsulotlar ishlab chiqaruvchi istiqbolli tarmoqlarni 
rivojlanishini rag‘batlantirardi. Avtomobil, aviaraketa va elektro-
texnika sanoatlarida katta yutuqlarga erishildi. 80-yy. boshiga 
kelib rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda ushbu tarmoqlar 
ulushi bo‘yicha Fransiyaga 10% to‘g‘ri kelardi (butun sanoat 
bo‘yicha esa 6%). 
1980 yilda sanoatda 25,8% aholi band edi, xizmatlar sohasida 
57%, ya’ni sanoatga nisbatan 2 barobar ko‘p. Qishloq xo‘jaligida 
band bo‘lganlar soni 8,7%gacha pasaydi. Endi Fransiya agrar 
mamlakat emas edi. 
Qishloq xo‘jaligidagi uzoq davrdagi turg‘unlik uning tarkibida 
mayda parsellyar dehqon xo‘jaliklari

asosiy o‘rin egallaganligi 
bilan tushuntiriladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra ushbu xo‘jaliklarning 
1/3 qismi o‘z egalarining ehtiyojlarini qondira olmas edi. Bir so‘z 
bilan aytganda, Fransiya qishloq xo‘jaligida hali kapitalizm mu-
nosabatlari to‘liq shakllanmagan edi. Shu sababdan norenta- 

Parsellyar xo‘jalik – oilaviy individual dehqon xo‘jaligi. Industrial jamiyatgacha 
bo‘lgan davrda natural iste’mol ishlab chiqarishni yuritishning asosiy shakli. 
176


15- . FRANSIYANING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XX ASR) 
bel mayda xo‘jaliklarni yo‘q qilish, qishloq xo‘jaligini kapitalistik 
rivojlanish yo‘liga o‘tkazish, ratsional fermer xo‘jaliklarini shakl-
lantirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Davlat majburiy ravishda 
norentabel xo‘jaliklarni sotib olardi, bu dehqonlarning ommaviy 
chiqishlarini keltirib chiqardi. 
Davlat “Kredi agrikol” banki orqali yirik fermer xo‘jaliklari 
shakllanishini, qishloq xo‘jaligi texnik darajasini oshirilishini 
rag‘batlantirar edi. Oxirgi yillarda qishloq xo‘jalik ishlab chiqa-
rishini jadal o‘sishi ushbu islohotlarning natijasi edi.

Hozirgi kunda Fransiya qishloq xo‘jaligi o‘z mahsulotining 1/3 
qismini eksport qiladi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti haj-
mi bo‘yicha Fransiya Yevropada birinchi, jahonda ikkinchi (AQSh-
dan keyin) o‘rinda. 

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling