Yaponiyani va xitoyning eng yangi iktisodiy tarixi (XX acp). Angliyaning eng yangi iqtisodiy tarixi (XX asr) Tayanch atamalar va iboralar
O‘z-o‘zini nazorat qilishga oid savollar
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
4-Mavzu boyicha maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- FRANSIYANING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XX ASR) Tayanch atamalar va iboralar
- 15.1. Ikki urush oralig‘ida Fransiya iqtisodiyoti
O‘z-o‘zini nazorat qilishga oid savollar
1. “Daues rejasi”ning mohiyati nimadan iborat edi? 2. Gitlerning mayda burjuaziya va monopolistik burjuaziyani yoqlab olib borgan iqtisodiy siyosatini yoritib bering? 3. Germaniya okkupatsiya qilingan hududlarda qanday iqtisodiy siyosat olib borar edi? 172 15- . FRANSIYANING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XX ASR) FRANSIYANING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XX ASR) Tayanch atamalar va iboralar: depressiya, parsellyar xo‘jalik, kollaboratsionizm, indikativ rejalashtirish, dirijizm, ■ Reja: 15.1. Ikki jahon urushlari oralig‘ida Fransiya iqtisodiyoti 15.2. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Fransiya iqtisodiy rivojlanishi 15.3. Fransiyada korporatsiyalar va moliyaviy kapitalning xususiyatlari 15.4. Mulkni davlat tasarrufiga o‘tkazish va xo‘jalikni davlat tomonidan tartibga solish. 15.1. Ikki urush oralig‘ida Fransiya iqtisodiyoti Birinchi jahon urushidan Fransiya iqtisodiyoti katta zarar ko‘rgandi: sanoat mahsuloti ishlab chiqarish 40%ga, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi 1/3 qismga qisqardi. Ammo urush iqti- sodiy o‘sishni jadallashuviga imkoniyat yaratib berdi. 1. Fransiyaga Elzas va Lotaringiya imperiya yerlari qaytarildi. 1871 yilda franko-pruss urushidan keyin Germaniyaga o‘tib ket- gan hududlar hisoblanadi. Lotaringiya – katta ruda zaxiralariga ega metallurgiya hududidir. Lotaringiyani qo‘shilishi natijasida Fransiya Yevropada temir rudasi qazib olish bo‘yicha birinchi o‘ringa chiqib oldi. Elzas rivojlangan tekstil sanoatiga ega bo‘lib, uni qo‘shilishi natijasida Fransiya tekstil sanoati quvvati 1.5 baro- barga oshdi. Elzas va Lotaringiyalarni qo‘shilishi natijasida Fran- siyada “qadimgi” tarmoqlar (metallurgiya va tekstil) 20-yy.da o‘z ishlab chiqarishini ko‘paytirdi, bu davrda boshqa mamlakatlarda ushbu tarmoqlar turg‘unlik holatida edi. 2. Fransiya Germaniyadan reparatsiya sifatida 8 mlrd.oltin mar- ka olgan edi. Ushbu reparatsiyalarning asosiy qismi toshko‘mir bilan to‘langan edi. Hukumat ko‘mirni sanoatchilarga o‘ta past narxlarda sotib ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirardi va raqo- batbardoshlikni oshirardi. 173 3. Urush oqibatidagi vayronagarchiliklarni tiklash natijasida asosiy kapital yangilandi va bu Fransiya sanoat o‘sishiga sababchi bo‘ldi. Bu o‘sha davr uchun noyob hodisa edi. Fransiyada 20-yy.dagi sanoat o‘sishi boshqa mamlakatlarniki- ga nisbatan uzoqroq davom etdi (1930 yil yozigacha). 1930 yilga kelib Fransiya sanoat ishlab chiqarishi 1913 yilga nisbatan 40%ga o‘sgan edi. O‘sha davrda sanoat o‘sish sur’atlari Fransiyada AQSh, Germaniya, Angliyanikidan yuqori edi. Jahon iqtisodiy inqirozi Fransiyada boshqa mamlakatlar- dan ko‘ra kechroq (1930 yilda) boshlandi. Fransiya sanoati ish- lab chiqarishni kengaytirayotgan sharoitda boshqa malakatlarda pasayish yuz berayotgan edi. Inqiroz davrida sanoat mahsulotlar ishlab chiqarilishi 1/3 qism- ga, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarilishi 40%ga qisqardi. Fransiyada kech boshlangan inqirozni tugashi ham kech bo‘ldi (1936 yil). Ba’zi tarmoqlar (ko‘mir, kemasozlik) ikkinchi jahon urushi bosh- langunga qadar ham inqiroz holatidan chiqa olishmadi. Inqirozdan keyin yangi sanoat o‘sishi yuz bermadi. Inqiroz o‘rnini depressiya egalladi, so‘ngra sezilar-sezilmas jonlanish yuz berdi. Agar inqirozgacha fransuz sanoati boshqa mamlakatlarga nisbatan tezroq o‘sgan bo‘lsa, endi u yana ulardan orqada qolardi. 1938 yilda 1913 yildagi kabi hajmda mahsulot ishlab chiqarilgan edi. Qishloq xo‘jaligida ham turg‘unlik holati edi. 1938 yilda qish- loq xo‘jaligi ishlab chiqarishi 1913 yildagi ko‘rsatkichga nisbatan bor yo‘g‘i 10%ga oshgan edi. XX asr 20-yy.da Fransiya iqtisodiy o‘sishini ta’minlagan omil- lar 30-yy.ga kelib o‘z ta’sirini yo‘qotdi, ishlab chiqarish kuchlari esa past darajada qolaverdi. Fransuz tovarlari jahon bozorida juda past raqobatbardoshlikka ega edi. Ikkinchi jahon urushiga kelib Fransiya hanuzgacha agrar mamlakat hisoblanar edi: qishloq xo‘jaligida aholining 37%, sanoatda esa – 25% band edi. Sanoat tarkibi ham qoloq edi. 20-yy.da og‘ir sanoatning “yangi” tarmo- qlari jadal rivojlangan bo‘lsa ham yengil sanoat katta ustunlikka ega edi: tekstil, poyabzal va oziq-ovqat sanoatlarida sanoat ish- chilarining yarmidan ortig‘i band edi. XX asrning 20-30 yy.da Fransiya sanoatida “Komite de forj” harbiy-sanoat konserni, “Kyulman” kimyo konserni kabi monopo- liyalar kuchayib bordi, ammo, umuman olganda, ishlab chiqarish- ni konsentratsiyalashuvi va sanoatni texnik jihozlashuvi jahatidan 174 15- . FRANSIYANING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XX ASR) Fransiya boshqa yetakchi mamlakatlardan orqada qolar edi. Ik- kinchi jahon urushi arafasida sanoatda band bo‘lgan ishchilarn- ing 40% hunarmandchilik ustaxonalarida qo‘l mehnati bilan, ish- chilar soni 10 tagacha bo‘lgan ishlab chiqarishlarda band edilar. Modabop tovarlar ishlab chiqarish katta ahamiyat kasb etmasdan, an’anaviy ixtisoslashuv Fransiyani orqaga tortar edi. Birinchi jahon urushiga qadar Fransiyani dunyo sudxo‘ri deb nomlashardi. Urushdan keyin Fransiya haqida bunday fikr bildirib bo‘lmasdi. Oktyabr inqilobi natijasida Fransiya Rossiyada chetga olib chiqilgan kapitalning yarmidan mahrum bo‘ldi: sovet huku- mati oldingi hukumatlarni qarzlarini tan olmadi va Fransiya zaym- larini qaytarishdan voz kechdi, Rossiyaning ko‘mir va metallurgi- ya sanoatiga sarflangan kapitallar esa ushbu sanoatlarni davlat mulkiga o‘tkazilishi natijasida yo‘qotildi. Undan tashqari, urush davrida Fransiya, boshqa Yevropa mam- lakatlari kabi, AQShga qarzdor bo‘lib qoldi va endi kapital ek- sporti bo‘yicha jahonda 4-o‘rinni egallar edi. Bunda kapitalni zaym shaklida emas ishlab chiqarish shaklida olib chiqish hajmi oshdi. Bu ko‘proq kapital mustamlakalarga olib chiqilishi bilan bog‘liqdir. Urushgacha bo‘lgan davrda eksportning 10% mustamlakalarga yo‘naltirilgan bo‘lsa, 30-yy. oxiriga kelib bu ko‘rsatkich 30%gacha ko‘tarildi. Fransiya endi mustamlakalarni o‘zlashtirishni boshlagan edi. Lekin mustamlakalarga zaymlar ber- ilmaydi, mustamlakalarga olib chiqilgan kapital ularning iqtisodi- yotiga sarflanadi. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling