Yaponiyani va xitoyning eng yangi iktisodiy tarixi (XX acp). Angliyaning eng yangi iqtisodiy tarixi (XX asr) Tayanch atamalar va iboralar


 GFR iqtisodiy mo‘jizasi va uning sabablari


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/22
Sana03.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1150547
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
4-Mavzu boyicha maruza

14.3. GFR iqtisodiy mo‘jizasi va uning sabablari 
GFRning ikkinchi jahon urushigacha bo‘lgan sanoat ishlab 
chiqarish darajasiga erishish boshqa Yevropa mamlakatlariniki-
dan kechroq (1951 yilda) yuz berdi. Bunga faqatgina harbiy vay-
ronagarchiliklar sababchi emasdi. Mamlakatda harbiy sanoatni 
tugatish, monopoliyalarni parchalash bo‘yicha islohotlar va Ger-
maniyaga qo‘yilgan reparatsiya iqtisodiyotni tiklanishini sekin-
lashtirardi. 
Ammo shundan so‘ng GFR sanoati jadal rivojlana boshladi. 
1950-1966 yy.da sanoat ishlab chiqarishining o‘rtacha yillik o‘sish 
sur’atlari 9,2%ni tashkil etdi. 1948 yildan 1990 yilgacha bo‘lgan 
davrda GFRda sanoat ishlab chiqarishi 12 marotaba o‘sdi, boshqa 
rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda ushbu ko‘rsatkich 5,7 ma-
rotabaga teng edi. GFRda rivojlangan kapitalistik mamlakatlar 
sanoat mahsulotlarining 9% ishlab chiqarilar edi. 
Urushda mag‘lub bo‘lgan Germaniyaning jadal iqtisodiy o‘sishi 
va 50-yy.da jahonda 2-chi o‘ringa chiqib olishi “iqtisodiy mo‘jiza” 
deb nomlandi. 
Birinchidan, davlatning muvafaqiyatli aralashuvi va past dara-
jada harbiy xarajatlar natijasida asosiy kapitalning yangilanishi. 
Urushgacha bo‘lgan davrdagi ishlab chiqarish darajasiga boshqa 
mamlakatlarga qaraganda kechroq erishilgani uchun, asosiy kapi-
talning yangilanishi ham kechroq amalga oshirildi. Kechroq de-
gani yuqoriroq texnik asosda degani, chunki shu bir necha yil farq 
oralig‘ida ishlab chiqarish texnikasi ancha rivoj topgan edi. 
Kapitalni yangilanishi asosan davlat yordamida amalga os-
hirildi, chunki parchalanib tashlangan korporatsiyalar tomonidan 
texnik qayta qurishni amalga oshirishning imkoni yo‘q edi. Shu 
sababdan, urushdan keyingi birinchi yillarda korporatsiyalar daro-
169



madlarining solig‘i 90-94%ni tashkil etdi va bu mablag‘larni dav-
lat sanoatni tubdan yangilanishga sarfladi. 
50-yy.da harbiy xarajatlarga davlat budjetining bor yo‘g‘i 5-6% 
sarflanishi rekonstruksiyaga katta mablag‘ sarflash imkoniyatini 
yaratdi: Potsdam kelishuvi Germaniyaning qurollanishini taqiqla-
gan edi. Shu sabadan, boshqa mamlakatlarda qurol-yaroqni ta-
komillashtirishga sarflanadigan mablag‘lar Germaniyada eksperi-
mental zavodlar va sexlar, ilmiy tadqiqotlarga sarflandi. Natijada 
GFR sanoatning texnik darajasi bo‘yicha boshqa mamlakatlardan 
ustunlikka ega edi. 
Ikkinchidan, urushdan keyingi davrda fashistik hukumat to-
monidan ko‘p yillar davomida rivojlanishga yo‘l qo‘yilmayotgan 
harbiy bo’lmagan tarmoqlarni rivojlantirish imkoni paydo bo‘ldi. 
Ushbu tarmoq tovarlariga talabni qondirish uchun, boshqa mam-
lakatlardan farqli o‘laroq, yangi zavodlarni qurish kerak edi. Shu 
sababdan, 50-yy.da GFR sanoatiga kapital qo‘yilmalar milliy mah-
sulotning chorak qismiga teng bo‘lardi (Angliya va AQShda bu 
ko‘rsatkich 17%dan oshmas edi). 
Lekin bu vaqtinchalik omillar edi. Nemis sanoati rivojlanayot-
gan va jamlangan talabni qondirayotgan vaqtda, boshqa mam-
lakatlarda korxonalarning rekonstruksiyasi davom etdi, ichki bo-
zor yana toraydi. 
Ichki bozor torayib borgan sari sanoat mahsulotlari eksporti 
oshib bordi. Rivojlangan kapitalistik mamlakatlar orasida sanoat 
ishlab chiqarishi bo‘yicha 3-o‘rinni egallagan GFR eksport bo‘yicha 
2-o‘rinni egallardi. U Yaponiya eksportiga nisbatan ancha ko‘p to-
varlar va deyarli AQShni eksporti hajmida tovarlar eksport qilardi. 
1989 yilda rivojlangan kapitalistik mamlakatlar eksportining 11,4% 
GFRning hissasiga to’g’ri kelsa 12% AQSh ulushini tashkil etgan. 
GFR Angliya va Fransiyaning birgalikda eksportidan ko‘proq tovar 
olib chiqar edi. 

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling