Yaratilgan sanasi: Thu, 20 Apr 2023 21:36:14 +0500
Page 9
27-savol:
.
Uni Xitoyda yangi yil bayramida to‘kin-sochinlik belgisi sifatida bir biriga tuhfa qilishadi. Ba’zilar Uni ta’mini
olmaga, ba’zilar qovunga o‘xshatadi. Uning urug‘larini dastlab Malay arxipelagidan Vest-Indiyaga ingliz
kapitani Sheddok olib kelgan edi. U nimaligini yozib bering?
Javob:pomelo,
Izoh: ma’nosi pome+melon, ya’ni olma+qovun deb tarjima qilinadi. Inglizlar esa ko‘pincha pomeloni
kapitan sharafiga Sheddok deb ham atashadi.
28-savol:
.
XVI asrdagi bir asar qahramoni mushukning bo‘yniga qo‘ng‘iroqni osib qo‘yish xavfli
ish ekanligini
tushunadi, shuning uchun tishigacha qurollangan holda, temirni tishlab turadi. Diqqat savol: bu qaysi asar?
Javob:Flamand maqollari
Izoh: Katta Piter Breygel bu kartinasida 100 dan oshiq flamand maqollari va iboralari tasvirlangan.
Yuqoridagi qahramonda "tishlarigacha qurollangan" ya’ni
yaxshi tayyorlangan, "mushukga qo‘ng‘iroq
osish" ya’ni xavfli ishni amalga oshirish va "temirni tishlagan" tinmay yolg‘on gapiruvchi maqollari
tasvirlangan.
Zachot: Niderland maqollari, Umbaloq oshgan dunyo.
Do'stlaringiz bilan baham: