“yarim o`tkazgichlar va dielaektriklar fizikasi”
Download 217.27 Kb.
|
portal.guldu.uz-YARIM O`TKAZGICHLAR VA DIELAEKTRIKLAR FIZIKASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’lchash qurilmasining tavsifi
Kontakt zondlarining yarimo’tkazgich plastinasi perimetri bo’ylab simmetrik joylashishida (elektr o’tkazuvchanlik qiymatlari bo’yicha plastina bir jinsli bo’lgan holda) R1 va R2 qarshiliklar qiymatlari bir xil, ya’ni R1 = R2 = R bo’ladi. Bu holda f funktsiya f=f(R1/R2)=1, solishtirma qarshilik uchun ifoda esa quyidagicha soddaroq ko’rinishni oladi: (20) U shbu usul yordamida yarimo’tkazgich moddaning yupqa plastinasi solishtirma qarshiligini 1-2 % aniqlik bilan topish mumkin. Agar solishtirma qarshilik kattaligini aniqlashda yuqori aniqlik talab qilinmasa, baholovchi o’lchashlarni o’tkazish uchun tajriba zondlarini namuna perimetri bo’ylab 4-rasmdagidek joylashtirish mumkin. Biroq, ushbu holda solishtirma qarshilikni topish aniqligi yomonlashadi. O’lchash qurilmasining tavsifi Ixtiyoriy shakldagi yarimo’tkazgich plastinasining solishtirma qarshiligini to’rt zondli usul yordamida aniqlash qurilmasi 5-rasmda keltirilgan. (TM) boshqarii-luvchi tok manbaidan 1-2 yoki 3-4 zondlar orqali doimiy tok (1-2 mA kattalikda) beriladi va (A) milli-ampermetr yordamida nazorat qilib boriladi. Tok o’tganda 3-4 (1-2) zondlar orasida yuzaga kelgan potentsiallar farqi (V) yuqori qarshilikli millivolьtmetr yordamida o’lchanadi. 108 Om tartibdagi kirish qarshiligiga ega bo’lgan millivolьtmetrlardan foydalanish yarimo’tkazgich mate-rialning solishtirma q arshili-gini 3.103 Om.sm ga teng kattalikkacha aniqlash imkonini beradi. Q1 qaytaulagich zondlar orqali o’tuvchi tok yo’nalishini o’zgartirish uchun Q2 qaytaulagich esa V o’lchov millivolьtmetrlarining ulanish qutblarini o’zgartirish uchun xizmat qiladi. Q3 qaytaulagich yordamida R1 va R2 qarshilik kattaliklarini aniqlash uchun zondlarni qaytaulash amalga oshiriladi. Topshiriq 1. Tajriba qurilmasi va tajriba o’tkazish tartibi bilan tanishgach, tajriba zondlarini o’rganiluvchi yarimo’tkazgich plastinasi sirtiga o’rnating. 2. Boshqariluvchi tok manbaidan foydalanib, 1-2 zondlardan o’tuvchi tokni 1-2 mA qiymatga keltiring va 3-4 zondlardagi kuchlanish kattaligini o’lchang. 3. Q1 va Q2 qaytaulagichlar yordamida zondlardan o’tuvchi tok yo’nalishi va millivolьt-metrning ulanish qutblarini o’zgartiring. 3-4 zondlardagi kuchlanishni o’lchashni takror-lang. 4. Q3 qaytaulagichdan foydalanib zondlarning ulanish tartibini o’zgartiring va barcha o’lchashlarni takrorlang. 5. Jadval va (19) ifodalar yordamida R1 va R2 kattaliklarni aniqlab, solishtirma qarshilik qiymatini toping. 6. O’lchashlarni 3-4 marta takrorlab, o’lchash xatoligini aniqlang. Download 217.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling