Signetoelektrik domenlar va antisignetoelektrik hodisalar
Katta signetoelektrik monokristal turli yo’nalishda qutblanishli domenlar (dipol momentlar bir hil yo’nalgan sohalar) to’plamidan iborat bo’lganligi sababli butun o’zi spontan qutblangan bo’lishligi majburiy emas. Mazkur domen qarama – qarshi qutblanishli domenlar bilan o’ralgan hol ko’p uchraydi. Bu holda 180 – gradusli domen devorlari haqida gapiriladi. Tashqi E elektrik maydon qo’yilganda domen devorlari ko’chish imkoniga ega bo’ladi. Bunda Rs qutblanish yo’nalishi E maydon bilan mos tushgan domenlar o’sadi, Rs qutblanishi qarama–qarshi yo’nalgan domenlar qisqara boradi. Signetoelektriklarning domenlardan tuzilishi muayyan darajada ferromagnetiklarnikiga o’hshishib ketadi, ammo ular orasida muhim farq bor: magnetik domenlar orasidagi devorlar qalinligi 750 Ǻ ( va energiya nisbatan kichik), signetoelektrik domenlar orasidagi devorlar qalinligi bir yoki ikki
atomlararo masofaga teng va energiyasi katta zichlikka ega. Ko’pchilik signetoelektrik materiallarda mikroskopik domenlar tuzilishi ancha murakkab bo’ladi. Cignetoelektrik materiallarda Ts Kyuri nuqtasidan past temperaturalarda induktsiyalangan dipollarning tartibli joylashishi vujudga keladi, bu esa kristall energiyasini kamaytiradi. Antisignetoelektrik qattiq jimlarda ham Ts dan past induktsiyalangan dipollar tartiblanadi, bu moddalar sinfi hajmiy spontan qutblanishga ega emas, chunki har bir dipol qo’shni dipollarga antiparallel yo’nalgan. Umuman aytganda, qo’shni zanjirlar (qatlamlar) dipollari antiparallel tizilib, biror temperaturadan pastda zanjirchalar dipollarining parallel yo’nalganligi holidagiga nisbatan pastroq to’la energiya bo’lishligini ta’minlaydi. Natriy niobati Na NbO3 va qo’rg’oshin stirkonati Pb ZrO3 birikmalari muayyan temperaturadan pastda antisignetoelektriklardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |