Yarimo’tkazgichlarning yana bir muhim xususiyati ular elektrik o’tkazuvchanligining temperaturaga o’ta sezgirligidir


-MA’RUZA. YARIMO’TKAZGICHLARDA KIRISHMALAR


Download 1.45 Mb.
bet32/63
Sana05.01.2022
Hajmi1.45 Mb.
#221024
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   63
Bog'liq
яримутказгич ва диэлектрик (1)

7-MA’RUZA. YARIMO’TKAZGICHLARDA KIRISHMALAR
REJA

    1. Kirishmalarning hosil bo’lishi

    2. Kremniyga kirishma atomlarini kiritish usullari

    3. Kirishmalarning energiya sathlari

    4. Kirishmali yarimo’tkazgichlar


Tayanch so’zlar: chuqur satxlar, optik, fotoelektrik, kislorod, azot, uglerod, ta’qiqlangan zona,o’tkazuvchanlik sohasi, termozond, epitaksial qatlam, plastina.

      1. Kirishmalarninghosil bo’lishi

Kristall panjarasidagi yot atomlar (kirishmalar) panjara nuqsonlari jumlasiga kiradi. Kirishma atomlar kristallning asosiy atomlariga nisbatan juda oz miqdorda bo’lishiga qaramasdan, uning elektrofizik xossalariga muhim ta’sir ko’rsatadi.

Kirishmalar o’zining tutgan o’rni va bajaradigan vazifalariga qarab bir necha turlarga bo’linadi.

Kirishma atomlar kristall panjarasida tugunlardagi asosiy atomlar o’rniga o’tirib oladi (bunday kirishmani o’rinbosar qattiq eritma deyiladi) yoki ular panjara tugunlari orasiga joylashadi (bunday kirishmani suqulish qattiq eritma deyiladi). Bu ikki holni geometrik va elektrokimyoviy omillar aniqlaydi.

O’rinbosar kirishmalar hosil bo’lishi uchun kirishma atomi radiusining asosiy atom radiusidan farqi 15% dan oshmasligi, asosiy va kirishma atomlar elektrokimyoviy jihatidan o’xshash bo’lishi zarur (keyingi shartning ma’nosi:

mazkur ikki xil atomlarning valent qobig’idagi elektronlar soni teng yoki ±1 qadar farqlanishi kerak).

Suqilish kirishmalar hosil bo’lishi uchun kirishma atomi radiusining asosiy atom radiusiga nisbati 0,59 dan kichik bo’lishi zarur. Mikdoriy shartlar tajriba yo’li bilan topilgan. Har bir kirishma atom o’zi turgan joy atrofida panjara davriyligini buzadi va elektron(kovak) uchun mahalliy sathlar hosil qiladi, bu satxlar kirishma- lar zichligi uncha katta bo’lmaganda, ta’qiqlangan zonada joylashgan bo’ladi. Ko’p bosqichli tozalashdan so’ng yarimo’tkazgich moddada qoldiq kirishmalar turlari va miqdorlarini aniqlab olish muhim, ammo eng muhimi-muayyan maqsadni nazarda tutib tegishlicha tanlangan boshqa elementlar atomlarini istalgan miqdorda va ma’qul usul bilan yarimo’tkazgichga kiritishdir. Ana shu muammo hal qilingandan so’ng, yarimo’tkazgichlar elektronikasi juda tez rivojlana boshlaganligini ta’kidlaymiz.

Yarimo’tkazgichlarga kirishmalar kiritish yo’li bilan ularning elektrik o’tkazuvchanligini va boshqa xossalarini o’zgartirish mumkin. Yarimo’tkazgich monokristalini suyulmalardan hosil qilish jarayonida suyulmaga istalgan boshqa moddalar atomlari kiritiladi. Bunda monokristall hajmida kirishmalarning tekis taqsimlanishini ta’minlaydigan choralar qo’llanadi.

Endi elektronika sanoatida keng qo’llanadigan usullar to’g’risida qisqacha ma’lumot beramiz.





      1. Download 1.45 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling