“Yashil iqtisodiyotni” rivojlantirishda tiklanadigan energiya manbalarining o‘rni Reja


Download 19.39 Kb.
bet4/7
Sana03.12.2023
Hajmi19.39 Kb.
#1797477
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
“Yashil iqtisodiyotni” rivojlantirishda tiklanadigan energiya manbalarining o‘rni

Qadimgi yunon mutafakkirlari Ksenifont (miloddan avvalgi 430—355 yy.), Platon (Aflotun) miloddan avvalgi 427—347 yy.), Aristotel (Arastu) (miloddan avvalgi 384—322 yillar)ni haqli ravishda dastlabki iqtisodchi olimlar deb aytish mumkin. Iqtisodiyot — «ekonomika» atamasi ham dastlab Ksenofont, Aris-totel asarlarida ishlatilgan bo`lib, u qadimgi yunoncha «Ekos» — uy, xo`jalik, «nomos» — qonun degan ma`noni anglatib, uy xo`jaligini yuritish qonuni, san`ati tarzida qo`llanilgan. O`sha paytda uy xo`jaligi natural xo`jalik bo`lib, iqtisodiy faoliyat yuritishning asosiy shakli bo`lgan. Ksenofont o`zining «Daromadlar haqida», «Ekonomika» (xo`jalik haqida ta`limot) nomli asarlarida ilmiy iqtisodiyotga tamal toshini qo`ydi. Uning tadqiqotlarida qishloq xo`jaligi, hunarmand-chilik, savdo alohida ajratilib, mehnat taqsimotining maqsadga muvofiqligi asoslab beriladi. Uning fikrini Platon yanada rivojlantiradi. Aristotel «Siyosat» va «Etika» traktatlarida iqtisodiy jarayon va hodisalarni birinchi marta abstrakt tarzda tadqiq qilib, ular o`rtasidagi umumiy qonuniyatlarni aniqlashga harakat qiladi.

U iqtisodiyotga xo`jalik yuritishning umumiy qoidalari majmui sifatida qarab, ularga rioya qilish boylikni ko`paytirishini ko`rsatadi. Boylik — bu turli mahsulotlar, buyumlar yig`indisi bo`lib, u natural xo`jaliklarda yaratiladi. Aristotelning fikricha, natural xo`jalik bu — ideal — kam-ko`stsiz xo`jalik. Ularning boy-kambag`allik darajasi er va unga ishlov beruvchi qullar (Aristotelning iborasi bilan aytganda «gapiruvchi mehnat qurollari») miqdoriga bog`liq deb ko`rsatgan. Qadimgi Rim mutafakkirlari asosiy diqqat-e`tiborlarini miloddan avvalgi qishloq xo`jalik muammolariga, qullar mehnatini tashkil etish, erga mulkchilik masalalariga qaratishgan. Ular orasida Varron (miloddan avvalgi 116—27 yillar), M. Katon (miloddan avvalgi 234—149 yillar), Kolumella (miloddan bir asr avval) va boshqalar ajralib turadilar.

Milodning dastlabki ming yilligidan iqtisodiy fikr, iqtisodiy ta`limot rivojida din muhim rol o`ynadi. Iqtisodiy qarashlarda tub o`zgarishlar yuz berdi. Bu eng avvalo, quldorlikni qoralashda ko`rinadi. Iqtisodiy qarashlarning rivojlanishida muqaddas kitoblar — «Tavrot», «Zabur», «Injil» va, ayniqsa, «Qur`on» katta ahamiyatga ega. Ana shu davrda O`rta Osiyoda iqtisodiy tafakkurning rivojlanishi buyuk allomalarimiz Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Navoiy va boshqalarning nomi bilan bog`liq. Ularning asarlarida iqtisodiy qarashlar bir butun holda berilgan bo`lsa-da, ular alohida diqqat-e`tiborga loyiq. Forobiy (870—950) bilan Ibn Sino (980—1037) dunyoqarashlarida inson ehtiyojlari asosiy o`rin olgan. Forobiyning fikricha, jamiyat shakllanishining birinchi sababi insonlarning moddiy ehtiyojlaridir.


Download 19.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling