Iqtisodiyot nazariyasi umum insoniy fan bo`lib quyidagi funksiyalarni bajaradi: 1. Iqtisodiy sir-asrorlarni o`rganish, bilib olish. Iqtisodiy hodisalar va ularning bog`lanishlarini har tomonlama o`rganish, ularning qonunlarini ochishga yordam beradi. Ular asosida esa milliy iqtisodiyot rivojlanadi. Buning uchun turli-tuman axborotlar, faktlar, statistik ma`lumotlar, hujjatlar, obro`li olimlar, arboblarning kitoblari, ishlari o`rganiladi. 2. Iqtisodiy jarayonlarning rivojlanishini oldindan aytish, prognoz qilish (yunoncha — prognosic — oldindan ko`rmoq, bajarmoq, qilmoq). Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiy jarayonlarni o`rganish natijasida yaqin kelajakda jamiyatning ilmiy-texnik, sotsial-iqtisodiy rivojlanishi istiqbollarini ilmiy asoslab beradi. Mikromiqyosda esa har bir xo`jalik yurituvchi sub`ekt o`z manfaatidan kelib chiqib, kelajakda qanday faoliyat yuritish masalalari bo`yicha ma`lum bir qarorga keladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: Karimov I. A. O`zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1- tom, Toshkent, «O`zbekiston», 1996. Karimov I. A. O`zbekiston iqtisodiy siyosatining ustuvor yo`nalishlari. O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi XIII sessiyasida so`zlangan nutq, Toshkent , O`zbekiston , 2- tom, 1995 Karimov I. A. O`zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasidagi ma`ruza. T.: O`zbekiston, 3- tom, 1995 Karimov I. A. O`zbekiston: iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida. T.: O`zbekiston, 3- tom, 1995 Karimov I. A. Mulkdorlar sinfini shakllantirish islohotlarning bosh mezoni. . T.: O`zbekiston, 5- tom, 1997
Do'stlaringiz bilan baham: |