“Yashil iqtisodiyotni” rivojlantirishda tiklanadigan energiya manbalarining o‘rni Reja


Download 19.39 Kb.
bet5/7
Sana03.12.2023
Hajmi19.39 Kb.
#1797477
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
“Yashil iqtisodiyotni” rivojlantirishda tiklanadigan energiya manbalarining o‘rni

Eng avvalo, o`zining tibbiyot sohasidagi asarlari bilan dunyoga mashhur Ibn Sino qomusiy olim bo`lib, iqtisodiy masalalar ham uning nazaridan chetda qolmagan. Ayniqsa, uning daromadlar va xarajatlar balansi (nafaqat oila miqyosida, balki, shahar va davlat miqyosida) alohida diqqatga sazovor. U daromadlar bilan xarajatlar muvozanatini ta`minlashda turli falokat, urushlar xavfini hisobga olib, rezerv (zaxira) saqlashni unutmaslik kerakligini ta`kidlaydi. Yana bir buyuk ajdodimiz Abu Rayhon Beruniy (973—1048) o`z asarlarida insonni o`rab turgan dunyo bilan chambarchas bog`liqligini ko`rsatib, uning uchun mehnat hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini ta`kidlagan. U Forobiy va Ibn Sino fikrlarini davom ettirishi bilan birga, O`rta Osiyoda birinchi marta pulni tadqiq qildi. Pul almashuvning rivojlanishi natijasida kelib chiqqanini ko`rsatdi.

Iqtisodiy tafakkurning rivojlanishida Yusuf Xos Hojib o`ziga xos o`rin tutadi. U o`zining «Qutadg`u bilig» asarida jamiyatda mehnatning roliga baho beradi, moddiy ne`matlarning xususiyatlari, pul va uning vazifalarini aniq ko`rsatadi. Sharqda iqtisodiy tafakkurning rivojlanishida Amir Temur va temuriylar hukmronligi davri ham o`ziga xos o`rin tutadi. Buyuk o`zbek shoiri, mutafakkiri, davlat arbobi Alisher Navoiy o`zining qator asarlarida, chunonchi «Munshaot» da o`z iqtisodiy qarashlarini bayon qiladi. U jamiyatning sotsial-iqtisodiy tuzilishi haqida o`z fikrini bildiradi. U davlat boyligining manbai soliq ekanligini, soliqni adolatli tarzda belgilash zarurligini uqtiradi, davlat moliyasi masalalariga katta ahamiyat beradi.

Marjinalizmning iqtisodiy fikr rivojiga qo`shgan hissasi iste`molchilar ruhiyatini o`rganish, aniq iqtisodiy vaziyatda sub`ektning o`zini tutishi, erkin raqobat kurashi sharoitida firma faoliyatining samaradorligini oshirish bo`yicha matematikaga oid uslublardan foydalanish printsiplari bo`lib, hozirgi paytda ham nazariy tadqiqotlarda keng qo`llaniladi. XIX asrning ikkinchi yarmida klassik maktab bilan marjinalizm maktabi o`rtasida kurash kuchaydi. Qator savollarga birida javob topilsa, ikkinchisida topilmay qoldi. Uchinchi, har ikkisini birlashtiruvchi nuqtai nazar zarur bo`lib qoldi. Bu vazifani iqtisodiy nazariyadagi navbatdagi, iqtisodiy ta`limot tarixiga neoklassik maktab bo`lib kirgan kontseptsiya bajardi. Bu yo`nalish asoschisi Alfred Marshall hisoblanadi. S. Millning shogirdi bo`lgan Marshall avval klassik maktab tarafdori bo`lgan, lekin marjinal tahlilning ijobiy tomonlariga befarq qarab turolmadi. 1890 yili uning «Iqtisodiyot printsiplari» (Principles of economics) nomli kitobi nashrdan chiqdi. Unda Marshall «ekonomiks» atamasi bilan (politekonomiya) siyosiy iqtisodni nazarda tutgan.


Download 19.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling