“Yashil iqtisodiyotni” rivojlantirishda tiklanadigan energiya manbalarining o‘rni Reja


Download 19.39 Kb.
bet6/7
Sana03.12.2023
Hajmi19.39 Kb.
#1797477
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
“Yashil iqtisodiyotni” rivojlantirishda tiklanadigan energiya manbalarining o‘rni

Kembrij universitetida 1902 yildan boshlab Q. S. Millning klassik maktabida siyosiy iqtisod kursini «Ekonomiks» egalladi. «Ekonomiks» atamasining ishlatilishi bejiz emas. XIX asrning ikkinchi yarmida yuz berib, deyarli yigirma yil davom etgan depressiya iqtisodiyotga davlatning aralashuvi uni tartibga solishga qodir emasligini ko`rsatdi. Erkin raqobatli bozorni ulug`lovchi A. Marshall bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning aralashuvini cheklash g`oyasini ilgari surdi. U yangi atama — «ekonomiks» da ifodasini topdi. Hozirgi kunda iqtisodiy nazariya bo`yicha ko`plab darsliklar aynan ana shu nom bilan nashrdan chiqmoqda. Marshall fikricha, iqtisodiyotdagi hodisalar bir-biri bilan sabab-oqibatli bog`lanishda emas, balki funktsional bog`lanishda bo`ladi. Narxning sabab-oqibatli bog`lanishda qanday qilib shakllanishi to`g`risidagi munozara hech narsa bermaydi. Muammo narx qanday belgilanishida emas, balki uning qanday o`zgarishida, bajaradigan funktsiyalarida. Shuning uchun iqtisodiy nazariyaning vazifasi boylik va uni oshirish sabablari, yo`llarini o`rganish bo`lmay, real amal qilayotgan bozor xo`jaligi mexanizmini o`rganish, uning amal qilish printsiplarini tushunishdan iborat bo`lishi kerak.

Ular iqtisodiy nazariyaga umumiy tarzda quyidagicha ta`rif berish mumkin deyishadi. Iqtisodiyot nazariyasi insonning moddiy ehtiyojlarini yuqori darajada qondirishga erishish maqsadida cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanish yoki ularni boshqarish muammolarini tadqiq etadi. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti haqida aniq tasavvurga ega bo`lish uchun uning tadqiqot doirasi, ob`ekti, sub`ekti, maqsadi va vazifalarini alohida ko`rsatib o`tish maqsadga muvofiq. Iqtisodiyot nazariyasining tadqiqot doirasi - bu xo`jalik faoliyati yuritish muhitidir. Bu muhit mikro - firma, korxonalar, mezo - tarmoqlar, makro - mamlakat, mega - jahon miqyosi doirasida bo`lishi mumkin.

Bundan tashqari, shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, kishilar iqtisodiy aloqalarni, ular o`rtasidagi bog`lanishlarni, iqtisodiy munosabatlarni o`z xohishlaricha tanlay olmaydilar, chunki bu ob`ektiv reallikdan kelib chiqadi. Agar jamiyatda monopoliyalar hukmronligi mavjud bo`lsa yoki totalitar, markazdan boshqariladigan iqtisodiyot bo`lsa, yoki bozor iqtisodiyoti bo`lsa iqtisodiy munosabatlar ham shunga muvofiq bo`ladi. Har kim o`z xohishiga ko`ra, ulardan boshqacha munosabatlarni o`rnata olmaydi, chunki ob`ektiv reallik, iqtisodiy sharoit shunday. Ana shu ob`ektiv reallikni o`rganib, ularning oqibati haqida xulosa chiqarish mumkin. Tadqiqot sub`ekti — bu inson, kishilar guruhi va davlatdir.


Download 19.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling