Yashil suvo’tlar – Chlorophyta bo’limi suvo’tlarining ekologiyasi Yashil suvo’ttoifalar bo’limi Chlorophyta


Yashil suvo‘ttoifalar klassifikatsiyasi


Download 41.98 Kb.
bet4/11
Sana01.05.2023
Hajmi41.98 Kb.
#1418795
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
203 Yashil suvo’tlar – Chlorophyta bo’limi suvo’tlarining ekologiyasi

Yashil suvo‘ttoifalar klassifikatsiyasi.
Yashil suvo‘ttoifalari bo‘limining hujayra tarkibida xlorofill "a" va "v" miqdori boshqa karatinoidlarga (A-V-karotin, lyutein, neoksantin, violaksastin, zeaksantin, anteroksantin)larga nisbatan ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun ularni rangi tiniq yashil rangda bo‘ladi. Xloroplastlar ikki qavat membrana po‘st bilan qoplangan, xloroplastni endoplazmatik to‘rchasi bo‘lmaydi. Lamellalari ikkita-oltita yoki juda ko‘p bo‘lib, tilakoidlar bilan tutashib ketgan. Assimilyatsiya maxsuloti kraxmal-xloroplast ichidagi stroma va pirenoid atrofida to‘planadi. Qizil ko‘zchasi xloroplast ichida joylashgan bo‘lib, xivchin apparati bilan ulashib ketgan. Xivchinlari ikkita, to‘rtta va ba’zan ko‘p bo‘lib, bir xil uzunlikda (izokant) va bir xil tuzilishda (izomorf), silliq yoki juda ham yupqa tukchalar - mastigonemolar bilan qoplangan. Ko‘pchilik suvo‘tlarining hujayrasidagi sitoplazma membranasi sellyulozali po‘st bilan qoplangan. Ko‘payishi vegetativ, jinssiz va jinsiy yo‘l bilan bo‘ladi. Jinsiy ko‘payish taraqqiyot siklida (gaploid, diploid, izo va geteromorf) generatsiyalari uchraydi. Yashil suvo‘ttoifalarining rangi, yuksak o‘simliklar rangiga o‘xshash. Yashil suvo‘ttoifalari va yuksak o‘simliklarning assimilyasiya mahsuloti kraxmal. Ko‘pchilik yashil suvo‘ttoifalarning hayotida, xuddi yuksak o‘simliklarnikiga o‘xshash nasllarni to‘g‘ri gallanishi: jinsiy va jinssiz va nihoyat yashil suvo‘ttoifalarni ba’zi vakillari suvdan chiqib, yuksak o‘simliklarga o‘xshash quruqlikda o‘sishga moslashgan. Bu bo‘limning ko‘pchilik vakillari asosan chuchuk suvlarda, ayrim vakillari dengiz suvlarida o‘sadi.
Yashil suvo‘ttoifalar klassifikatsiyasi.
Birinchi ajdod: Chin yashil suvo‘ttoifalar yoki teng xivchinlilar – Chloropsida, Isocantae ajdodi.
Ikkinchi ajdod: Matashuvchisimonlar – Conjugatopsida
Uchinchi ajdod: Xarasimonlar - Charopsida


Teng xivchinli yoki chin yashil suvo‘ttoifalari ajdodining xarakterli xususiyatlari va klassifikatsiyasi.
1.Bu ajdod yashil suvo‘ttoifalari bo‘limi orasida markaziy o‘rin egallaydi. Tallomini morfologik differensiyalanishiga qarab 8 ta qabilaga bo‘linadi.

Download 41.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling