Yashil suvo’tlar – Chlorophyta bo’limi suvo’tlarining ekologiyasi Yashil suvo’ttoifalar bo’limi Chlorophyta
Download 41.98 Kb.
|
203 Yashil suvo’tlar – Chlorophyta bo’limi suvo’tlarining ekologiyasi
Uloktriksnamolar qabilasi - Ulotrichales
Bu qabilaga kiruvchi yashil suvo‘tlarni tallomi ipsimon, shoxlanmagan bir yadroli hujayralardan iborat. Ba’zan tallom plastinkasimon yoki naychasimon bo‘ladi, lekin ularni rivojlanishi ontogenezda ipsimon tallomdan boshlanadi. Bu tartibning tipik vakili sifatida ulotriks (Ulothrix) turkumini olish mumkin. Bizda Ulothrix zonata – ko‘p tarqalgan. U asosan, tez oqar chuchuk suvlarda substratga bazal tanasi bilan yopishib o‘sadi, ko‘pincha suv ostida, toshlarda, yog‘ochlarda yashil o‘tzorlar hosil qiladi. Substratga birikkan hujayrasi rangsiz va qalin po‘stli pona shaklli bo‘lib, rizoid deb ataladi. Ipi bir qator qalin po‘stli hujayradan iborat, hujayra po‘sti ostida protoplazma, bitta yadro, plastinkasimon xromatoforasida bir necha pirenoid bo‘ladi. Hujayra markazini vakuola ishg‘ol etadi. Ipni apekal (ichki) hujayrasi bo‘linish qobiliyatiga ega, boshqa hujayralari reproduktiv bo‘lib, ko‘payish vazifasini bajaradi. Ulotriks jinsiy va jinssiz yo‘l bilan ko‘payadi. Jinssiz ko‘payishda har bir yashil hujayradan 2- 16-32 gacha to‘rt xivchinli zoosporalar hosil bo‘ladi. Zoosporalar tallomning ichki (apekal) hujayralarda vujudga kelib, keyin boshqa hujayralarda ham paydo bo‘ladi. Hosil bo‘lgan zoosporalar shilimshiq bilan o‘ralib, ona hujayra devorini yirtib suvga chiqadi. Zoosporalar ellipsoid yoki sharsimon bo‘lib, devori atrofida xromatofora joylashgan. Xromatofora ichida bitta qizil ko‘zcha va yettita pirenoid bo‘ladi. Zoospora old qismida to‘rta harakatchan xivchin joylashgan. Zoospora suvda biroz suzgandan so‘ng, bironta substratga yon tomoni bilan o‘rnashib, xivchinlarini tashlab, po‘st bilan o‘ralib o‘sadi va yangi ip hosil qiladi. Jinsiy ko‘payishi izogamiya yo‘li bilan boradi. Vegetativ hujayra ichida (4)-8-32 (64) tagacha ikki xivchinli gametalar vujudga keladi, bu gametalar shilimshiq parda ichida joylashadi. Gametalar shilimshiq parda ichida bir oz harakat qilib, pardani yorib suvga chiqadi. Ulotriksning jinsiy protsessida bir xil ko‘rinishdagi gametalar qo‘shilishi (kopulyatsiya) yetishi mumkin, chunki ularni gametalari fiziologik jihatdan har xil jinslidir. Shuning uchun ularni shartli ravishda (+) va (-) gametalar deb ataladi. Bunga geterotalizm deyiladi. Kopulyasiya sodir bo‘lgandan keyin, to‘rt xivchinli harakatchan zigota (planozigota) hosil bo‘ladi. Suvda bir oz suzib harakat qilgandan keyin, zigota xivchinlarini tortib, bironta substratga yopishib, yumaloq shaklga kiradi, qulay sharoit bo‘lganda o‘sib, bir hujayrali sporofitga aylandi. Sporofit dastlab naycha keyin noksimon shaklga kirib, bo‘linib 4-16 (ko‘pincha 8) ta to‘rt xivchinli zoosporalar beradi. Bu zoosporalar sporofitni devorini yertib suvga chiqadi va substratga yopishib o‘sadi. Qulay sharoitda ulotriks bir qancha fragmentatsiya - bo‘laklarga bo‘linib, vegetativ ko‘payadi. Download 41.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling