Yashil suvo’tlar – Chlorophyta bo’limi suvo’tlarining ekologiyasi Yashil suvo’ttoifalar bo’limi Chlorophyta
Ish bo`yicha bilimga, ko`nikma va malakaga qo`yiladigan talablar
Download 41.98 Kb.
|
203 Yashil suvo’tlar – Chlorophyta bo’limi suvo’tlarining ekologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- ilmiy bilimlar, amaliy o`quv ko`nikmalarga ega bo`lishi kerak. Asosiy qism Tuban o`simliklar Algologiya.
- YASHIL SUVO‘TTOIFALAR - CHLOROPHYTA BO‘LIMI
Ish bo`yicha bilimga, ko`nikma va malakaga qo`yiladigan talablar
O`simliklar xujayrasi organoidlari va ularning funksiyalari; to`qima xillarining vazifalari; vegetativ organlar - ildiz, poya, barg vazifalari, tuzilishi; generativ organlar - gulning kelib chiqishi; morfologik va anatomik tuzilishi; changlanish xillari va urug`lanish jarayonlari; mevaning hosil bo`lishi, tarqalishi; o`simliklarning hayotiy shakllari; tuban o`simliklar: suvo`tlarining asosiy bo`limlarini, ularning tuzilishi va ko`payishi, zamburug`lar tuzilishi va ko`payish yo`llarini, shilimshiqlarning asosiy ahamiyatga molik turlarini, lishayniklarning tuzilishi, ko`payishi va ahamiyatini; yuksak o`simliklarning asosiy bo`limlarini, ularning tuzilishi va ahamiyati, aniqlagichlardan foydalanish; yuksak o`simliklardan gerbariy materiallarini tayyorlash; o`simlik morfologik belgilariga qarab turini aniqlash; o`simliklarning hayotiy shakllari, o`simlik jamoalarining shakllanishi, fitotsenozdagi jarayonlar, o`simliklar qoplamining klassifikatsiyasi, o`simliklarning xo`jalikdagi ahamiyati haqida ilmiy bilimlar, amaliy o`quv ko`nikmalarga ega bo`lishi kerak. Asosiy qism Tuban o`simliklar Algologiya. Suvo`tlar to`g`risida umumiy ma`lumotlar, bo`limlari, prokariot, mezakariot va eukariot guruhlari. Suvo`tlarning kelib chiqishi va evolyusion aloqalari. Tallomining morfologik jihatidan xilma - xilligi. Hujayrasining tuzilishi, ko`payishi. YASHIL SUVO‘TTOIFALAR - CHLOROPHYTA BO‘LIMI Tallomining tuzilishi va hujayrasidagi pigmentlari. Sinflarga bo`linish asoslari. Haqiqiy yashil yoki teng xivchinlilar – Chlorophyceae, Isocontae sinfi. Sinfning tartiblarga bo`linish asoslari. Volvoksnamolar – Volvocales tartibi va uning asosiy vakillari. Tuzilishi va ko`payishi. Xlorokokknamolar, yoki protokokknamolar – Chlorococcales, Protococcales tartibi va uning asosiy vakillari. Tuzilishi va ko`payishi. Ulotriksnamolar – Ulothrichalestartibi va uning asosiy vakillari. Tuzilishi va ko`payishi. Edogoniumnamolar– Oedogoniales tartibi va uning asosiy vakillari. Tuzilishi va ko`payishi. Briopsisnamolar, yoki Sifonlilar- Bryopsidales, Siphonales tartibi va uning asosiy vakillari. Tuzilishi va ko`payishi. Sifonokladnamolar - Siphonocladales tartibi va ularning muxim vakillari. Teng xivchinlilar sinfiga mansub suvo`tlarning boshqa suvo`tlar bilan filogenetik aloqalari. Kon`yugatlar, yoki Matashuvchilar – Conjugatophyceae sinfi. Matashish yo`li bilan ko`payish xususiyatlari va usullari. Tartiblarga bo`linish asoslari. Zignemanamolar – Zygnematales tartibi va uning asosiy vakillari. Tuzilishi va ko`payishi.Desmidiumnamolar – Desmidialestartibi va uning asosiy vakillari. Tuzilishi va ko`payishi. Xarasimonlar - Charophyceae sinfi. Tallomining tuzilishi va ko`payishidagi o`ziga xos xususiyatlari. Asosiy vakillari. Suvo‘tlari orasida yashil suv o‘tlari markaziy o‘rinni egallaydi va ulaming 13 mingdan tortib 20 ming atrofida turlari bo‘lishi mumkin. Ular chuchuk va sho‘r suvlarda, zah erlarda, bazi turlari tuproqda, daraxt po‘stloqlarida va hatto gul tuvaklarida ham yashaydi. Ko‘pchilik yashil suvo‘tlar boshqa organizmlar-zamburug‘lar (lishayniklar hosil qiladi) va turli hayvonlar bilan simbioz hayot kechiradi Suvo‘tlar orasida yashil suvo‘tlar turlarga boyligi, rangining yashilligi, tallomining turli tumanligi, organlar tuzilishining murakkablashganligi, jinsiy ko‘payishining xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Ko‘pchilik yashil suvo‘tlari mikrofit bo‘lib, o‘lchami mikroskopik bo‘ladi, lekin ayrimlari bir muncha yirik, makrofit shakllari ham mavjud. Masalan, Meksika dengiz qirg‘oqlarida sifonli suvo‘ti yirik kodiumning (Codium magnum) tallomi kengligi 25 sm, uzunligi esa 8 metrdan oshadi. Yashil suvo‘tlar tiniq yashil rangda bo‘ladi, chunki ularning xromatoforida xlorofildan tashqari boshqa bo‘yoqlar bo‘lmaydi. Bu bo‘limga kiruvchi suvo‘tlarning vakillari hujayrasiz kaulerpa (Caulerpa) turlari bir hujayrali, koloniyali va ko‘p hujayrali bo‘ladi. Hujayrasiz vakillarining tanasi sitoplazma va bir qancha yadrolari bo‘lgan yirik hujayradan iborat. Yashil suvo‘t vakillarining hujayrasi haqiqiy tuzilishga ega bo‘lib, po‘st, sitoplazma, yadro va xromatoforga aniq ajralgan. Sodda tuzilgan yashil suvo‘tlarning hujayrasi yalang‘och holda, ba’zan hujayrasida asosan sellyuloza, pektindan (peptidoglyukan) iborat qalin po‘st bo‘ladi. Sitoplazma po‘stga yopishgan holda bo‘lib, uning ichiga bitta yoki bir necha yadro joylashgan. Xramatofor shakli xilma-xil bo‘lib, sitoplazmaning ustki qatlamida bo‘ladi. Ichki tuzilishi esa yuksak o‘simliklarning xlorofill donalari tuzilishiga o‘xshaydi. Assimilyatsiya mahsuloti kraxmal bo‘lib, xramotofor ichida to‘planadi. Suvo‘tlarning harakatchan vakillarida xivchinlar bo‘lib, ularni soni odatda 2, ba’zan 1, 4 yoki ko‘p (120 tagacha) bo‘lishi mumkin. Bu xivchinlar bir xil o‘lchamda-izokant va bir xil silliq tuzilish-izomorf ega bo‘ladi. Yashil suvo‘tlarida vegetativ, jinssiz va jinsiy ko‘payishning barcha xillari uchraydi. Vegetativ ko‘payish tallomning bir necha qismlarga bo‘linishi bilan boradi. Jinssiz ko‘payishi harakatchan, xivchinli zoosporalar, ona hujayraga o‘xshash avtosporalar, harakatlanmaydigan aplanosporalar hosil qilish bilan amalga oshadi. Jinsiy ko‘payishi kopulyatsiya (izogamiya, geterogamiya, oogamiya) va konyugatsiya yo‘li bilan boradi. Kopulyatsiyaning izogamiya xilida shakli bir xil, teng harakatchan, tuzilishi jihatidan bir-biriga o‘xshash ammo faqat fiziologik jihatdan farq qilmaydigan gametalar o‘zaro qo‘shiladi va zigota hosil qiladi. Geterogamiyada shakli har xil bo‘lgan, biri kichikroq, serharakat, ikkinchisi kattaroq, sust harakatlanadigan gametalar bir-biri bilan qo‘shiladi. Kattarog‘i urg‘ochi, kichigi erkak gameta deb yuritiladi. Oogamiyada qo‘shiluvchi gametalarning biri ancha yirik, ammo harakatsiz bo‘lib, u tuxum hujayra, ikkinchisi kichik va harakatchani esa erkak gameta yoki spermatazoid deb ataladi. Tuxum hujayra hosil bo‘ladigan joy oogoniy, spermatazoid hosil bo‘ladigan joy esa anteridiy deyiladi. Yashil suvo‘tlar bo‘limi dastlab an’anaviy tashqi tuzilishiga ko‘ra 3 sinfga: chin yashil suvo‘tsimonlar yoki teng xivchinlar, kon’yugatsimonlar yoki matashuvchilar va xarasimonlar sinfiga bo‘lib o‘rganilgan edi. Bo‘limning hozirgi yangi sistematikasi quyidagicha tuzilgan. Bo‘lim 2 ta: Chlorophytina va Charophytina kichik bo‘limlarga bo‘linadi: Chlorophytina kichik bo‘limi 4 sinfga bo‘linadi: prazinofitsimonlar (Prasinophyceae), chin yashil suvo‘tsimonlar (Chlorophyceae), trebukssimonlar (Trebouxiophyceae) va ulvasimonlar (Ulvophyceae). Download 41.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling