Yashil suvo’tlar – Chlorophyta bo’limi suvo’tlarining ekologiyasi Yashil suvo’ttoifalar bo’limi Chlorophyta


Download 41.98 Kb.
bet5/11
Sana01.05.2023
Hajmi41.98 Kb.
#1418795
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
203 Yashil suvo’tlar – Chlorophyta bo’limi suvo’tlarining ekologiyasi

Klassifikatsiya:
Ajdod: Chin yashil suvo‘tsimonlar, teng xivchinlilar – Chloropsida yoki Jsocontae
1. Qabila: Xlorokokknamolar – Chlorococcales
Turkum:Gidrodiksion - Hydrodictyon
Turkum: Pediastrum - Pediastrum
Turkum: Xlorella - Chlorella
Turkum: Ssenedesmus - Scenedesmus.
2. Qabila: Volvoksnamolar - Volvocales
Turkum: Xlamidomonada - Chlamydomonas
Turkum: Volvoks – Volvox
3. Qabila: Uloktriksnamolar - Ulotrichales
Turkum: Uloktriks – Ulotrix
Turkum: Ulva - Ulva
4. Qabila: Edogonienamolar - Oedogoniales
Turkum: Edogonium – Oedogonium
5. Qabila: Sifonokladnamolar – Siphonocladales
Turkum: Kladofora - Cladophora
Turkum: Xetomorfa - Chaetomorpha
6. Qabila: Briopsonamolar – Briopsidales, Siphonales
Turkum: Briopsis – Briopsis
Bu Volvoksnamolar qabilasi (Volvocales) ga mansub yashil suvo‘ttoifalar monad, ya’ni xivchinli bir hujayrali, koloniyali va senob organizmlar bo‘lib, vegetasiya davrida harakatchan. Volvoksnamolar qabilasining tipik vakili sifatida bir hujayrali xlamidomonada (Chlamydomonas) bilan tanishamiz. Xlamidomonadaning ko‘pgina turlari ko‘lmak va halqop suvlarda, ariqlarda, xususan organik moddalarga boy hovuzchalarda, suv omborlarida, ba’zan akvariumlarning devorlarida o‘sadi. Bularni ko‘payishi vaqtida ba’zan suv yashil rangga kiradi. Hujayrasi ellipsoid shaklda bo‘lib, hujayra po‘sti protoplastga zich yopishgan. Old tomonida ikkita teng xivchin bo‘lib, ular yordamida harakat qiladi. Protoplast bitta yadro, kosachasimon xromotoforaga ega. Xromotoforida pirenoidi bo‘ladi. Xromotofori ichida stigma deb ataluvchi qizil ko‘zcha joylashgan. Qisqaruvchan vakuola hujayraning old qismida joylashadi. Suv havzalari qurib qolgan vaqtda xlamidomonadalar xivchinlarni tashlab harakatdan to‘xtaydi, po‘sti shilimshiqlanib, parda hosil qiladi. Bu holatga palmelloid deyiladi. Xlamidomonadaning jinsiy ko‘payish protsessida suvo‘tlar uchun xos bo‘lgan jinsiy ko‘payishning hamma tipini kuzatish mumkin. Ko‘pchilik bir hujayrali vakillarida jinsiy ko‘payish izogamiya. Ba’zi bir hujayrali volvoksnomalarning vakillarida jinsiy ko‘payishning getero va oogamiya protsessini ham uchratish mumkin. Rus olimi botanik I. N. Gorojankin Chlamydomonas braunii degan turida jinsiy ko‘payishning geterogamiya protsessini aniqlab yozgan. Jinsiy ko‘payishning bu usuli sodir bo‘lishdan oldin ona hujayra protoplasti to‘rtga bo‘linib, yirik harakatchan gametalar hosil qiladi. Boshqa vegetativ hujayrada esa, sakkizta kichikroq gametalar etiladi. Ana shu yirik va kichik gametalar bir-biri bilan uchrashib qolgan taqdirda ular qo‘shiladi. I. N. Gorojankin Chlamydomonas cossifera degan suvo‘tida jinsiy ko‘payishni oogoniya protsessini ham aniqlagan. Ko‘pchilik volvoksnamolar tartibining vakillarida hujayra to‘zilishi xlamidomonada va gematokokklarnikiga o‘xshash bo‘lib, harakatchan senobiy hosil qiladi. Ular har xil shaklda bo‘ladi. Senobiy shakldagi volvoksnamalarga gonium (Gonium), pandarina (Pandarina), evdarina (Eudarina), volvoks (Volvox) turkum vakillari kiradi. Gonium bir qator plastikasimon hujayralarni joylashishidan hosil bo‘ladi. Bizda eng ko‘p tarqalgan turlardan Gonium pestorale hisoblanadi, uni senobiysi 16 hujayradan iborat. Goniumning hujayralari o‘zaro paralell hujayra po‘stidan chiqqan shilimshiq modda bilan qo‘shilib, xivchinli tomoni plastinkaning sirtiga qarab joylashgan. Pandarina va evdarinani senobiysi mikroskopik kichiklikda bo‘lib, har bir hujayrasi ayrim holda xlamidomonadani eslatadi. Bizda hamma joydagi chuchuk suvlarda keng tarqalgan. Pandorina morum bilan tanishamiz. Uni senobisi shiliq bilan o‘ralgan ellipsoid shaklda. Senobiy bir-biriga zich yopishgan 16 ta hujayralardan iborat. Har bir hujayra xivchini sirt tomonga, (dumi) tomoni esa, markazga tomon joylashgan. Volvoksnamolar tartibining keyingi evolyutsiyasida sharsimon koloniya vujudga kelgan. Bularni, tipik vakili sifatida volvoks (Volvox) bilan tanishamiz. Uning koloniyasi nihoyatda murakkab tuzilgan, organik moddalarga boy bo‘lib, yozda iliq ko‘lmak hamda xalqop suvlarda, mayda hovuzchalarda o‘sadi. Volvoksning koloniyasi sharsimon yoki ellipsimon bo‘lib, diametri 2-3 mm. Bitta koloniyadagi hujayralar soni 500-600 mingga etadi. Volvoksni har bir hujayrasi gematokokk hujayrasini eslatadi. Koloniya markazi shilimshiq suyuqlik bilan to‘lgan, ust tomonida gematokokkga o‘xshash ikki xivchin, yadrosi, xromatoforasi, ko‘zchasi, tebranuvchan vakuolalari bo‘ladi. Hujayra po‘sti yarim shilimshiq bo‘lib, xivchini tomoni tashqariga, dum tomoni markazga tomon bir qator bo‘lib joylashgan. Koloniyadagi hujayralar ingichka plazmasimon iplar (plazmodezmalar) yordamida o‘zaro birlashadi. Volvox globator degan turda bu iplar ancha dag‘al, yo‘g‘onlashgan hamda xromatofor bilan tutashgan bo‘lib, mikroskop ostida qaralsa senobiy xloroplasti yulduzsimon shaklda ko‘rinadi. Volvoksnamolar tartibining vakillari jinssiz ko‘paygan vaqtda qiz koloniyalar hosil qiladi. Masalan, Gonium jinssiz ko‘paygan vaqtda harakatdan to‘xtab, hujayra protoplasti eniga va bo‘yiga bir necha marta bo‘linib, oxirida 16 plastinkasimon hujayralar hosil qiladi. Natijada ona hujayra (senobiy) ichida yangi senobiy paydo bo‘ladi. Ular kichikligi bilan ona senobiydan farq qiladi. Bu yosh senobiy ona senobiysi ichida harakat qilib o‘sadi. Ma’lum vaqt o‘tgach bola senobiy ona senobiy devorchasini yirtib, suvga chiqib, mustaqil o‘sadi va jinssiz ko‘payadi. Pandarina, Eudorina va Volvoks turkumlarining turlari ham jinssiz ko‘paygan vaqtda hujayra protoplasti ko‘ndalang 2, 4, 8, 16 bo‘laklarga bo‘linadi. Natijada goniumnikiga o‘xshash ko‘p hujayrali plastinka vujudga keladi, keyin uni chetlari bukilib, xivchinlar chiqarib, kichik senobiy hosil bo‘ladi. Volvoks senobiysida vegetativ va 8-10 reproduktiv hujayralar bo‘lib, ular qiz koloniya hosil qilish xususiyatiga ega. Bunday hujayralar gonidiy hujayralar deb ataladi. Gonium va pandarinaning jinsiy ko‘payishi izogamiya, evdorinada - geterogamiya, volvoksda esa oogomiya.

Download 41.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling