Yaxshi tadbirkorlik imkoniyatini amalga oshirishda sanoat va bozor holatining roli


Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning tashqi savdo faoliyati


Download 154.19 Kb.
bet4/4
Sana27.02.2023
Hajmi154.19 Kb.
#1234695
1   2   3   4
Bog'liq
14-Mavzu

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning tashqi savdo faoliyati. Import o`rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqaruvchi kichik biznes sub`ektlarining davlat tomonidan qo`llab-quvvatlanishi eksport hajmida kichik biznesning hissasini oshirish imkonini bermoqda.
Viloyat eksportining umumiy hajmida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 2000 yilda 6,3 foizni tashkil etgan bo`lsa, 2019 yilda 31,5 foizga yetgan, ya`ni 25,2 foiz birlikka oshgan
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning eksportdagi ulushi
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida investitsiyalar. Iqtisodiyot tarmoqlarida kichik biznes sub`ektlarining faol xo`jalik faoliyati yuritishining muhim indikatorlaridan biri bu kiritilgan investitsiyalar hajmidir.
Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlariga yanada qulay shart-sharoitlar yaratib berilayotganligi natijasida ular tomonidan 2019 yilda iqtisodiyotga 5733,6 mlrd. so`mlik investitsiyalar kiritildi va bu 2018 yilga nisbatan 29,4 foizga ko`pdir.
2019 yilda iqtisodiyotga kiritilgan jami investitsiyalar hajmida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 33,9 foizni tashkil etib, 2000 yilga nisbatan 27,6 foiz birlikka oshgan
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmidagi ulushi
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarining mamlakatimiz iqtisodiyotiga kiritilayotgan jami investitsiyalar hajmidagi ulushining oshib borishi ularning yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni o`zlashtirishga qaratilgan investitsiya maqsadlarida jalb qilinayotgan uzoq muddatli kreditlari hajmining oshishi bilan bog`liqdir. Shu sababli kichik biznes sub`ektlari tomonidan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari bo`yicha tarkibida o`z mablag`lari va bank kreditlarining ulushi eng yuqori salmoqni tashkil etadi.
Statistik ko`rsatkichlar dinamikasi shuni ko`rsatmoqdaki, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ahamiyati yil sayin oshib bormoqda. Mazkur sohalardagi ijobiy tendentsiyalarga bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, raqobat muhitini rivojlantirish va xususiy mulkni himoya qilishga oid tizimli kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirilishi hisobiga erishilmoqda.
Download 154.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling