Yengil sanoat fakulteti
Download 123.24 Kb.
|
Mustaqil ish77
- Bu sahifa navigatsiya:
- Farg’ona 2023
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI YENGIL SANOAT FAKULTETI “QXMT” KAFEDRASI “Mevachilik va sabzavotchilik” fanidan MUSTAQIL ISH Bajardi: 85-19 gurux talabasi Kamalov Ahadjon Qabul qildi: B.Umarqulova Farg’ona 2023 Mustaqil ish Bog’dorchilikni rivojlantirish maqsadida ajratilgan 1 gektar maydonga olma ko’chatlarini ekish. 1 gektar maydonimiz 100 metrga 100 metr, bir dona olma ko’chatimiz uchun kerakli maydon 0.8x0.6 metr ekanligidan foydalanamiz. Maydonimizning eniga 125 qator, bo’yiga esa 166 qator olma ko’chati ekish mumkin. Bundan kelib chiqadiki, maydonimizga jami bo’lib, 125x166=20750 dona olma ko’chati ekish mumkin. Bugungi kunda O‘zbekistonda olmaning 100 dan ortiq navlari yetishtirilmoqda. Butun dunyoda esa, bu ko‘rsatkich 10 mingdan ortiq navni tashkil etadi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar bermoqda. Olma navlari bir-biridan mevalarining pishish muddatlari, ko‘rinishi, bir dona mevasining o‘rtacha og‘irligi, katta kichikligi hamda tarkibidagi qand, quruq moddasi va kislotalik ko‘rsatkichlarini turlicha bo‘lishi bilan farqlanadi. Hududlarda barcha toifa xo‘jaliklari tomonidan 342 ming gektar maydonda meva va rezavorlar parvarishlanib kelinmoqda. Jami bog‘larning 146 ming gektarini yoki 42,6 foizini olmazorlar tashkil etadi. 2021-yilda hosil beradigan 111,5 ming gektar olmazorlardan 1238,2 ming tonna olma yetishtirildi. Shundan fermer xo‘jaliklaridagi 86,9 ming gektar maydondan 827,3 ming tonna, dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqalaridagi 24,6 ming gektar maydondan 410,9 ming tonna olma hosili olindi. Fermer xo‘jaliklarining jami 120,6 ming gektar olma maydonlaridan 31,6 ming gektari intensiv usulda parvarishlanadigan bog‘lardan iborat. O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari davlat reyestrida olmaning 34 dan ortiq navlari ro‘yxatga kiritilgan. Intensiv bog‘larning afzalligi Zamonaviy intensiv mevali bog‘lar ancha mahsuldor bo‘lib, ularni asosiy so‘ruvchi ildiz tizimi yuza joylashgan bo‘ladi. Shuning uchun ular tuproqning yuza qismidagi unumdorligiga ancha talabchan. Bu bog‘larda mineral o‘g‘itlarning sarf me’yori ancha yuqori bo‘lib, bog‘ning hosildorligiga uzviy bog‘liqdir. Past bo‘yli payvandtaglarda yetishtirilgan bog‘larda asosan tomchilatib sug‘orish tizimi qo‘llanilmoqda. Bunday sug‘orishda o‘g‘itlarning o‘zlashtirish samaradorligi ortibgina qolmay, ularni tejab qolish imkoni ham mavjud. Odatiy bog‘larda azot va fosfor o‘g‘itlari ikkiga bo‘lib beriladi. Tomchilatib sug‘oriladigan bog‘larda o‘g‘itlarni bir necha marotaba maydalab, daraxtlarni o‘sishi va rivojlanishiga qarab, 2-3-4 va hokazoga bo‘lib berish mumkin. Bu jarayon qo‘shimcha xarajatni talab etmaydi, samarasi esa juda yuqori bo‘ladi. Download 123.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling