«yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari» K


Atmosfera havosini ifloslantirishni normallashtirish


Download 1.38 Mb.
bet2/25
Sana18.02.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1211429
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
AMALIY MASHG\'ULOT METODICHKA

Atmosfera havosini ifloslantirishni normallashtirish
Atmosfera iflosliklarini asosiy fizik tasnifi konsentratsiya, ya’ni normal sharoitlardagi modda massasini (mg) havo hajmidagi (m3) miqdori hisoblanadi. Iflosliklar konsentratsiyasi fizik, kimyoviy va boshqa moddalarni inson va atrof muhitga ta’sirini belgilaydi hamda atmosfera havosidagi iflosliklarni me’yorlashda asosiy kattalik bo‘lib xizmat qiladi.
Havo muhitini sifati zararli moddalarni yo‘l qo‘ysa bo‘ladigan konsentratsiya (YQBK - PDK)dan pastligi bilan xarakterlanadi va ming mg/m3 larda o‘lchanadi. YQBKni bir nechta tushunchasi mavjud: ishchi zonadagi, aholi punktidagi yerga yaqin qatlamning atmosfera havosidagi iflosligi va tozalash inshoatlaridan so‘ng atmosferaga chiqarilgan havo tarkibidagi ifloslik. Ushbu hamma tushunchalar bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq, ammo eng asosiysi ishchi zonadagi YQBK hisoblanadi. Unga hamma boshqa konsentratsiyalar bog‘liq. Ishchi zonadagi YQBK GOST 12.1.005 “Ishchi zonadagi havo. Umumiy sanitar-gigienik talablar” bilan belgilanadi.
Ushbu GOSTga binoan zararli moddalarni ishchi zonadagi YQBK si shunday kattalikki, har kungi 8 soatlik ish mobaynida yoki ish vaqti haftada 41 soatdan oshmaganda kasalliklar keltirib chiqarmaydigan va sog‘liqqa ta’sir ko‘rsatmaydigan konsentratsiyadir. U ish jarayonida zamonaviy tadqiqot usullari bilan aniqlanadi. Ishchi zona -poldan yoki maydondan balandigi 2 m bo‘lgan ishchilarning ish joyidir.
Hozirgi vaqtda sanoat korxonlarida 40,0 mingdan ortiq zarali moddalar qo‘llaniladi, insonga ta’sir qilish bo‘yicha ulardan 12,0 mingtasi zararli va 5,0 mingtasi kanserogendir (kanserogen-lot cancer-rak – genniy, zararli o‘simta keltirib chiqaruvchi). Ularni ishchi zonadagi va atmosfera havosidagi YQBK “Sanitar me’yorlari va O‘zbekiston Respublikasi aholi yashash joylaridagi atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘yicha qoidalar” QurQvaM № 0006-93 (SanPiN № 0006-93)da belgilab qo‘yilgan.
Zararli moddalarni ko‘pi “Yig‘indi samarasi”ga, ya’ni bir tomonga yo‘naltirilgan samaraga ega, ular inson organizmiga bir vaqtda tushganda yomon ta’sirni kuchaytiradi.
Bir tomonga yo‘nalgan zararli moddalarga, odatda, inson organizmiga kimyoviy tuzilishi va biologik ta’siri bo‘yicha yaqin bo‘lgan zararli moddalar kiradi. Masalan: oltingugurt va oltingugurtli angidrid; oltingugurt va uglerodi va oltingugurt vodorodi; ozon, azot ikki oksidi, formaldegid; etilen, propilen, butilen, atsetilen; atseton va fenol va boshqalar.
Bunda ularni konsentratsiyasi quyidagicha aniqlanadi:

buyerda: C1, , … Cn - yig‘indisamarasiga ega bo‘lgan moddalarni haqiqiy konsentratsiyasi; YQBK1 , YQBK2, ... YQBKn sanitar me’yorlar bo‘yicha ushbu moddalarni yo‘l qo‘ysa bo‘ladigan konsentratsiyalari.
Havodagi barcha zararli moddalar insonga ta’sir qilishi bo‘yicha ishchi zonadagi yo‘l qo‘ysa bo‘ladigan konsentratsiyalarini hisobga olgan holda to‘rtta sinfga bo‘linadi:
I sinf - favqulodda xavfli, YQBK 0,1 mg/m3 gacha;
II sinf - yuqori xavfli, YQBK 0,1 dan 1,0 mg/m3 gacha;
III sinf - o‘rtacha xavfli, YQBK 1,0 dan 10 mg/m3 gacha;
IV sinf - kam xavfli, YQBK 10 mg/m3 dan yuqori.
Sanitar me’yorlarda yo‘l qo‘ysa bo‘ladigan konsentratsiya (mg/m3)bilanbirgalikda har bir moddaga mos ravishda xavflilik sinfi belgilangan, u oshqozon yoki teriga tushganda moddani o‘rtacha halok qilish dozasi,mg/g (odam og‘irligiga nisbatan) shuningdek havodagi o‘rtacha halok qilish konsentratsiyasi, mg/m3 da va o‘tkir hamda surunkali ingalyatsiya zaharlanishni hisobga oladi.
Zararli modda xavflilik bo‘yicha sinfga kiritilganda yuqoriroq bo‘lgan xavflilik sinfi olinadi.
Aholi punktlari havosini tozaligi yerga yaqin qatlamdagi zararli moddalarni maksimal bir martalik vao‘rtacha sutkalik konsentratsiyasi bilan xarakterlanadi. Maksimal bir martalik YQBKmax-zararli moddani asosiy xarakteristikasidir. U atmosfera hodisalari (hid, yorug‘lik ta’siri, miyadagi hodisalar)i qisqa muddatda ta’sir etganda odamda reflektorli reaksiyalar hosil bo‘lishini oldini olish uchun belgilanadi.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling