«yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari» K
Aniqlansin: Qoldiq changlanganlik - Schik – ? Echim
Download 1.38 Mb.
|
AMALIY MASHG\'ULOT METODICHKA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-amaliy mashg‘ulot. To’qimachilik, yengil va paxta sanoati korxonalar tsexlarida aspiratsiya sistemasini hisoblash, ventilyatorlarni tanlash ISHDAN MAQSAD
- Ishlab chiqarish xonalarini shamollatish.
- Tabiiy shamollatish
- 3- rasm. Issiqlik bosimi sxemasi.
- 4-rasm. Shamol bosimi sxemasi.
Aniqlansin: Qoldiq changlanganlik - Schik – ?
Echim : Quyidagi ifodadan foydalanib ikki pog‘onali changli havoni tozalash uskunasining umumiy samaradorligini aniqlaymiz: ηum = (1-0,68)·(1-082) =1-(0,32x0,18) =0,94 Ikki pog‘onali tozalagichdan atmosferaga chiqarib yuborilayotgan (qoldiq0changlanganlikni aniqlaymiz : Schik = Skir - ηum · Skir = 680-0,94x680=41 mg/m3 SNiP 2.04.05 – 96 bo‘yicha chiqarib yuborilayotgan havodagi me’yoriy qoldiq changlanganlikni aniqlaymiz: ΣL > 15,0 ming m3 /soat bo‘lgan xol uchun Skol = 100·K = 100· 0,8 = 80 mg/m3 2 va 3 punktlarni solishtirib, qoldiq changlanganlikni me’yoriy kattaliklarga mos kelishini aniqlaymiz: Schik = 41 mg/m3, Skol = 80 mg/m3 Hulosa: Ikkinchi bosqich changli havoni tozalash uskunasidan atmosferaga chiqarib yuborilayotgan havodagi chang konsentratsiyasi SNiP 2.04.05 – 96 bo‘yicha me’yoriy qoldiq changlanganlikdan yuqori emas.
Skir – uskunaga kirayotgan havodagi changlanganlik, mg/m3 ∑L – uskunaning havo bo‘yicha umumiy ish unumdorligi, m3/soat.103 YQBKij.- ish joyidagi changning yo‘l qo‘ysa bo‘ladigan konsentratsiyasi, mg/m3 ηI, η2 – birinchi va ikkinchi o‘tim tozalash uskunalarning FIKlari 3-amaliy mashg‘ulot. To’qimachilik, yengil va paxta sanoati korxonalar tsexlarida aspiratsiya sistemasini hisoblash, ventilyatorlarni tanlash ISHDAN MAQSAD: Ishlab chiqarish korxonalaridagi ventilyatsiya va havo so’rish sistemalarini o’rganish hamda to‘qimahilik, yengil va paxta sanoati korxonalar sexlarida aspiratsiya sistemasini hisoblash va ventilyatorlarni tanlashni o‘rganish. Ishlab chiqarish xonalarini shamollatish. Shamollatish sistemasi, ish jarayonida ishchilarga me’yoriy sharoit yaratib berishdan iboratdir. Ya’ni ishchilarni charchashdan, chang va gazdan himoyalaydi va ish unumdorligini oshirishda muhim o‘rin tutadi. Birinchilar qatorida ishchilarning ish jarayonini o‘rganib, shamollatish sistemasiga bog‘liqligini aniqlab, bu faktorlar havoning harorati, nisbiy namligi, tezligi va tozaligidir, degan Rossiya olimi I.I. Flavitskiy. Inson organizmi shunday tuzilganki, odam tanasidagi bo‘lgan issiqlik doimo uzatilib turishi kerak. Shundagina odam o‘zini sog‘lom his kila oladi. Bu o‘zgarishlarni termoregulyasiya deyiladi. Tabiiy shamollatish Tabiiy shamollatish ikki narsa hisobiga bo‘ladi: 1) tashqi va ichki xonalarning harorati farqiga (gravitatsion); 2) shamol bosimi hisobiga. Issiqlik bosimi (gravitatsion) - isigan va gravitatsion - sovuq va isigan havoning solishtirma og‘irliklaridagi farq natijasida yuzaga keluvchi bosim. Tashqi va ichki havoning solishtirma issiqligi og‘irlik farqi hisobiga paydo bo‘ladi (3-rasm). Agar ti>tt, unda i<t (i- shamollatiladigan havoni solishtirma og‘irligi; t- tashqi havoni solishtirma og‘irligi). Issiqlik bosim quyidagi formula orqali ifodalanadi: (3.1) Shamol bosimi shamol binoning shamolga ro‘para tomonidan ta’sir qilganda havoning yuqori bosimi, shamolga teskari tomonidan ta’sir qilganida esa havoning past bosimi yuzaga keladi. 3- rasm. Issiqlik bosimi sxemasi. Shamol bosimining bino atrofida taqsimlanishi 4-rasmda keltirilgan. Ortiqcha bosim “+” ishorasi bilan, past bosim esa “-“ ishorasi bilan, shamolning yo‘nalishi strelka bilan, shamolning tezligi Vsh bilan ko‘rsatilgan. Ortiqcha bosimning yoki siyraklanishning kattaligi ushbu formuladan aniqlanadi: 4-rasm. Shamol bosimi sxemasi. , (Pa) (3.2) bu erda: a - aerodinamik koeffitsient bo‘lib, u binoning tashqi to‘siqi yonidagi ortiqcha bosim yoki kam bosim to‘liq shamol bosimining qancha qismini tashkil etishini ko‘rsatadi, binoning shakliga bog‘liq bo‘lib, tajriba yo‘li bilan aniqlanadi: - shamolning to‘liq dinamik bosimi, Pa. Havo katta tezlikda harakatlanganda bosimlarning taqsimlanishi binoning katta-kichikligiga bog‘liq bo‘lmaydi. Bu hol har qanday shakldagi bino uchun aerodinamik koeffitsientlari asl binoga o‘xshatib geometrik usulda yasalgan namunada (modelda) aniqlashga imkon beradi. Agar birgina xonaning ochiq teshiklari yaqinida har xil bosimlar yuzaga kelsa, u holda shamol ta’sirida xonada havo almashinuvi (gaz almashinuvi) yuz beradi. Xonada ikkita tuynuk orqali havo almashinuvini ko‘rib chiqamiz. xonaning sxemasi 13-rasmda ko‘rsatilgan. Havo almashinuvini aniqlash uchun ochiq tuynuklarning yaqinidagi aerodinamik koeffitsientlar a1 va a2, to‘siqlar kesimining yuzi f1 va f2 shuningdek, shamolning tezligi boshlang‘ich ma’lumotlar bo‘lib xizmat qiladi. Xona ichidagi havoning harorati tashqi havoning haroratiga teng, havoning zichliklari ham teng. Binodan tashqarida ochiq tuynuklari yaqinidagi havo bosimi (3.2) formuladan aniqlanadi: , (Pa) (3.3.) , (Pa) (3.4) Xona ichidagi havo bosimi ma’lum emas. SHu sababli uni Rx bilan belgilaymiz. Xona ichidagi havoni almashtirish uchun Rx kattalik R2 dan katta va R1 dan kichik bo‘lishi kerakligi sababli bu holda bosimlar farqi birinchi tuynukda R1=R1-Rx (3.5) ga, ikkinchi tuynukda esa R2=Rx-R2 (3.6) ga teng bo‘ladi. Birinchi va ikkinchi tuynuklarda havo sarfi tenglamaga muvofiq quyidagiga teng: (3.7) (3.8) bunda: G1=G2 (3.5) va (3.6) ifodalarga R1 va R2 qiymatlarini qo‘ysak hamda ularni Rx ga nisbatan echsak, ushbuga ega bo‘lamiz: (3.9) R ning qiymatini (3.5) va (3.6) ifodalarga qo‘yamiz: (3.10) (3.11) Keyin G ning qiymatini (3.10) ifodadan (3.7) tenglamaga qo‘ysak, xonadagi havo almashinuvini aniqlash formulasini hosil qilamiz: (3.12) R2 ni (3.11) ifodani (3.8) tenglamaga qo‘yganda ham yuqoridagi formulalar hosil bo‘ladi. Rsh bilan belgilanadigan to‘liq shamol bosimi qilib, R1-R2 bosimlar farqini olishimiz mumkin: Rsh= R1-R2 (3.13) U holda (3.12) tenglama quyidagi ko‘rinishni oladi: (3.14) Yong‘in chiqqanda binoning to‘rli tomonlaridagi eshik va derazalarni ochib qo‘yib xonani jadal shamollatish mumkin. Xonani devorlardagi tuynuklar (derezalar), yuqorigi ora yopmalardagi teshiklar (shaxtalar) va tomdagi tuynuklar va shedlarning oynali qismidagi framugalar orqali ham xonani shamollatish mumkin. Havoning infiltrlanishi deganda, asosan derazalar va tashqi eshiklardagi tirqishlar orqali tashqaridan havo kirishi natijasida tartibsiz ravishda tabiiy havo almashinuvi tushuniladi. U har xil haroratlarda havoning zichligi to‘rlicha bo‘lishi tufayli yuz beradi. SHamol bo‘lganda infiltrlanish kuchayadi. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling