«yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari» K
Mustaqil ish uchun vazifa
Download 1.38 Mb.
|
AMALIY MASHG\'ULOT METODICHKA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dastlabki ma’lumotlar Variantlar
- Vazifani yechish namunasi Berilgan
- 6-Amaliy mashg‘ulot. Ekologik ekspertiza o‘tkazish tartibini o‘rganish. ISHNING MAQSADI
Mustaqil ish uchun vazifa
Variantingizga ko‘ra sanoat korxonasining birinchi va ikkinchi yil ishlashi uchun YQBCH va VKCHni, shuningdek yer bag‘ridagi havoda zararli moddalarni maksimal konsentratsiyasi ni aniqlang. Bunda ishchi zonadagi YQBK (ya’ni CYQBK) va sanoat korxonasi joylashgan zonadagi mazkur moddaning fon konsentratsiyasi ma’lum deb olinadi. Hisob-kitob uchun dastlabki ma’lumotlarni o‘z variantingizga mos holda 1-jadvaldan tanlab olish mumkin. 1-jadval
Vazifani yechish ko‘rsatmasi Sanoat korxonalarining yo‘l qo‘ysa bo‘ladigan chiqarilmalar (YQBCH -PDV), vaqtinchalik kelishilgan chiqarilmalar (VKCH-VSV)ini me’yorlashtirish uslubi bilan tanishing. Hisob-kitob qilinayotgan manbaadan chiqayotgan zararli aralashmani YQBCHsini aniqlashda boshqa manbaalardan ham chiqarilgan atmosferadagi konsentratsiyani hisobga olish zarur, bunda yer bag‘ridagi qatlam uchun Cmax +Cf 30 % CYQBK shart saqlanadi. buyerda: Cmax - yer bag‘ridagi maksimal konsentratsiya, mg/m3; Cf - ushbu korxona ishchi zonasidan tashqaridagi boshqa mabaalarning fon konsentratsiyasi, mg/m3; CYQBK - ishchi zonadagi zararli moddani yo‘l qo‘ysa bo‘ladigan konsentratsiyasi, mg/m3. Vazifani yechish namunasi Berilgan:
Topish kerak: VKCH-I – ?, VKCH-II – ? va YQBCH – ? lar topilsin. Yechish: Korxonani birinchi yil ishlashi uchun vaqtinchalik kelishilgan chiqarilmasi (VKCH-I)ni aniqlaymiz: Cmax +Cf CYQBK Korxonaning ikkinchi yil ishlashi uchun vaqtinchalik kelishilgan chiqarilma (VRCH-II – ?)ni aniqlaymiz: Cmax+Cf 0,5 CYQBK Yer bag‘ridagi atmosferada tarqalishi mumkin bo‘lgan zararli moddaning yo‘l qo‘ysa bo‘ladigan chiqarilmasi (YQBCH)ni aniqlaymiz va bunda quyidagi shartdan foydalanamiz: Cmax +Cf 30 % CYQBK 6-Amaliy mashg‘ulot. Ekologik ekspertiza o‘tkazish tartibini o‘rganish. ISHNING MAQSADI: Ekologik ekspertiza o‘tkazish tartibini o‘rganish. Ekologik ekspertizani o‘tkazish tartibi: O‘zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasining 4.05-93 yildagi № 8-TK qarori bilan ekologik ekspertizani o‘tkazish tartibi tasdiqlangan. Qo‘llanilish sohasini mazkur hujjat bilan belgilaydi: - Xalq xo‘jaligi ob’ekglari va komplekslarini qurish loyihalari va texnika-iqgisodiy (hisoblar) asoslarni Davlat ekologik ekspertizasidan (DEE) o‘tkazishning bir xil tartibini; - DEE dan o‘tkazishda tomonlarning vazifalari va javobgarliklarini belgilaydi. Hujjat quyidagilar uchun majburiydir: - O‘z faoliyatida salbiy ekologik oqibatlarni yo‘qotish (engillatish)ga jamiyat oldida kafillik beruvchi loyiha-hujjatga buyurtma beruvchi tashkilotlar uchun ; - Loyiha-hujjatni ishlab chiquvchi va buyurtma beruvchiga ekologik xavfsizlikni ta’minlashga kafillik beruvchi tashkilot uchun; - Tabiatdan foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilishni nazorat qiluvchi davlat tashkilotlari uchun. Me’yoriy manbalar uchun mazkur hujjatda quyidagi hujjatlardagi manbalardan foydalanildi: - O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiat qo‘mitasining 1992 yilda tasdiqlangan va xalq xo‘jaligi ob’ektlari va komplekslarini qurish uchun maydon tanlashda, texnika-iqtisodiy asoslar va loyihalarni ishlab chiqishda (rekonstruksiyalashda), kengaytirish va texnik qayta jihozlashda atrof-muhitga ta’sirni baholash tartibi to‘trisidagi (instruksiya) yo‘riqnoma; - Korxonalarni, binolar va inshootlarni qurish uchun loyiha-smeta hujjatlarining tarkibi, ishlab chiqish, muvofiqlashtirish tartibi to‘g‘risidagi 1.02.01-85dagi SNiP yo‘riqnoma; - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yildagi 9 dekabr Qarori bilan qabul qilingan «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni. Mazkur instruksiya O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiat qo‘mitasi tizimidagi ekspert tashkilotlar, buyurtmachi va hujjatni ishlab chiquvchilar uchun mo‘ljallangan va binobarin, u quyidagilarni belgilaydi: - DEEning maqsadi, prinsiplar va ustivorligi, vazifalari, ob’ektlari, tashkil qilish va o‘tkazish tartibini; - Hujjatning tarkibi va mazmuniga bo‘lgan umumiy talablar, shuningdek MDXdagi Davlat tabiat qo‘mitalari tizimidagi ekspert organlarga tavsiya qilish tartiblarini; - Ekspert guruhi (komissiyasi)ning jamlama xulosasi va DEEning xulosasi mazmunini. Davlat ekologik ekspertizasining maqsadi xo‘jalik qarori qabul qilishga olib keluvchi, atrof tabiat muhitni muhofaza qilishning majburiy mezonidir. DEEning maqsadlariga - xo‘jalik yoki boshqa faoliyatda mo‘ljallangan amalga oshirilayotgan ekologik xavf darajasini aniqlash, ularning tabiatni muhofaza qilish qonuniyatlari talablariga mos kelishini baholash, loyihalarda tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan choralarning asoslanganligi va etarliligini aniqlash kiradi. Davlat ekologik ekspertizasining ob’ektlari Davlat ekologik ekspertizasidan o‘tishlari lozim: Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling