Yengil sanoat va to`qimachilik fakulteti yesbkit yo`nalishi 82-21 guruh talabasi noʼmonova ozodaxonning moda sanoatiga kirish fanidan taqdimoti


Download 349.63 Kb.
Sana31.03.2023
Hajmi349.63 Kb.
#1314204
Bog'liq
Moda sanoati.Noʼmonova.O 82 21

FARG`ONA POLITEXNIKA INSTITUTI

YENGIL SANOAT VA TO`QIMACHILIK FAKULTETI YESBKIT YO`NALISHI 82-21 GURUH TALABASI NOʼMONOVA OZODAXONNING MODA SANOATIGA KIRISH FANIDAN TAQDIMOTI


BAJARDI: NMONOVA O
QABUL QILDI: NIZOMOVA B
FARG`ONA-2022
MAVZU: Modaning funksiyalari va rivojlanish tarixi
REJA:
1.Moda tushunchasi va funksiyalari.
2. Bezak turlari.
3. Furnituralar .
Moda (frants., mode — me’yor, tarz, usul) paydo bo‘lishi anchagina murakkab voqea bo‘lib, jamiyat hayotidagi qator-qator hayot omillariga bog‘liq, insonning juda ko‘p faoliyatiga o‘tadi.
Moda — turmushning tashqi ko‘rnishida, asosan kiyimda namoyon bo‘ladigan biron didning muayyan ijtimoiy muloqatda ozroq vaqt hukmron bo‘lib turishidir (V. Dal).
Moda bilan uslub o‘rtasidagi farq zaminida ularning ijtimoiy vazifalari yotadi. Uslubda jamiyatning o‘tmishga va tevarak-atrofdagi dunyoga munosabati umuman ifoda topsa, modada ana shu jamiyat ichidagi zamondoshlarning o‘zaro bog‘liqligi aks etadi.
Oldiniga jamiyat bir qismining didi o‘zgarishi natijasida kelib chiqqan moda keyinchalik uslub yaratilishining dastlabki momenti bo‘lib qolishi mumkin
Uslub yaxlit bir sistema bo‘lib shakllangandan keyin modani tartibga solib, cheklab va yo‘naltirib turadi. Bu ikkala tushuncha bir-biri bilan o‘zaro mustahkam bog‘liq bo‘lib, bir-biriga dinamik nisbatda bo‘ladi. Jamiyatning ishlab chiqarishdagi texnika, fan, informatsiya, turmushdagi o‘zgarib turuvchi sharoitni davr badiiy-didi bilan moslashtirishga bo‘lgan ehtiyoji uslub bilan modani harakatlantirib turadi.
«Umuman modaga xayratlanib va xayrixoxlik bilan qaraydilar. Undan zavqlanadilar, unga ergashadilar. Lekin hamma emas. Modani yoqtirmaydiganlar ham bo‘lib, ular o‘zining yetuk bo‘lmagan yoki ochiqdan-ochiq konservativ didlarini boshqalarga o‘tkazish mumkin deb hisoblaydilar. Modelerlarning xar bir yangi taklifiga ular ashaddiy qarshilik ko‘rsatadilar. Biroq hali hech kim vaqtni to‘xtata olgan emas!» (V. Zaytsev. Takaya izmenchevaya moda.
Almashlab turish modaning eng muhim xususiyati. Yangi moda paydo bo‘lganda kostyum o‘zining estetik qadrini yo‘qotadi. Bu esa modaning xarakteridagi ziddiyatni ko‘rsatadi. Moda vaqtinchalik va o‘tib ketadigan tushunchaku, lekin unda go‘zallik tushunchasi sifatida saqlanib qoladigan estetik topilmalar o‘am bo‘ladi. Moda - zamonaviy degani, estetik qiymat esa hamma vaqt o‘zgarmas bo‘lib qoladi
Biroq modaning ziddiyatliligi uning progressivliligini inkor etmaydi. Moda insonning yangilanib turishdek tabiiy intilishiga mos bo‘ladi. Moda turmush madaniyati va estetikasini olg‘a tomon yetaklab boradi. U zamonaviylik nuqtai nazaridan eng ma’qul yechimlarni tanlab oladi. «Moda—bu yangilanish! Bu tabiat rioya qiladigan printsip! Daraxt eski bargini, odam esa jonga tekkan kiyimini tashlaydi.
Moda zerikarli bir xillikdan xalos qiladi. Odamlar bir-biriga yoqishni xoxlaydi: chiroyli kiyinsam, yaxshi ko‘rinsam deydi - bu tabiiy ehtiyoj» (Pg‘er Karden. «Nedelya», 1975, 38-son).
Moda-bu taqlid va yangilik. Lekin bunda hamma vaqt yangilikka yoki g‘ayritabiiylikka taqlid qilinavermaydi. SHaxs bilan jamiyatning o‘zaro munosabatida taqlid bilan bir qatorda buning aksi bo‘lgan hodisa-o‘ziga xoslik namoyon etish ham bo‘ladi.
Moda qaerda paydo bo‘ladi? Ko‘pchilik Modellar uyida deb hisoblaydi. Moda tarixchisi Beyonning ta’kidlashicha, modaning asosiy chizig‘ini hech kim yaratmaydi. Moda jamiyat bilan birgalikda o‘sa boradi va taraqqiy topadi, u - zamona farzandi-yu, lekin o‘zining qat’iy xarakteri bor.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.
1. N.T.G’ofurova, L.E.Mahmudov. “Kompozitsiya asoslari”. O’quv qo’llqnma.-“Toshkent”, 2013.
2. D.A.Nazilov, I.V.Dimitriyeva, N.X.Xadjibayeva., “Kompozitsiya asoslari”. T.: “Yangi asr avlodi”-2009.
3. S.U.Po‘latova, H.H.Saidova, X.Q.Rahmonov. “Libos kompozitsiyasi”. O‘quv qo‘llanma. Toshkent. 2006.
4. T. Soyibov. “Kompozitsiya” O‘quv qo‘llanma. T.: “O‘zbekiston”-1999.
5. M.Turdiyev., G.A.Mirboboyeva, N.Q.Urmonova, J.I.Oripov. “Badiiy kompozitsiya asoslari” O‘quv qo‘llanma. Farg‘ona-2019.
6. Хасанбаева Г.К., Чурсина В.А.Костюм тарихи. Дарслик. – Т.: O’збекистон, 2002. – 320б

E`TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT

  • E`TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT

Download 349.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling