17
miqdoriga to'g'ri va ssuda foizi normasiga teskari proporsional. Bundan kelib chiqadiki,
yerning narxi ikki omilga bog'liq: 1) yer uchastkasi
egasi oladigan yer rcntasi
miqdoriga; 2) ssuda foizi me'yoriga. yerning narxi quyidagi formula orqali aniqlanadi:
В = R/ r'*100%
bunda
В - yer narxi;
R - renta;
r' - ssuda foizi me'yori.
Faraz qilaylik. R – 10 ming dollar, r' = 5%. Bunda B=200 ming dollarga teng
bo'ladi. Yer egasi faqat shu taqdirdagina
yerini sotishi mumkin,
chunki muayyan
miqdordagi kapitaldan olinadigan foiz unga bankdan shunday yillik daromad olishga
imkon beradiki, u rentaga teng bo'ladi.
Renta miqdori o'sib, ssuda foizi me'yori pasayib borgan taqdirda yerning narxi
o'sib boradi.
Yer narxini aniqlashning bu usuli nazariy ahamiyatga ega. Amalda esa yer narxi
yer uchastkasiga bo’lgan talab va taklifga ta'sir ko'rsatuvchi ko'plab omillarga orqali
aniqlanadi. Inflyatsiya va asosan giperinflyatsiya sharoitida yerga talab keskin o'sadi,
bu esa yer narxining o'sishiga sabab bo’ladi. Jahonning ko’plab mamlakatlarida XX asr
boshlaridan to hozirgi davrgacha yer narxi barqaror o'sish tamoyiliga ega bo'lib. Faqat
ayrim davrlardagina uning pasayishi kuzatiladi. Buning
asosiy sabablaridan biri
yuqorida keltirib o’tilganidek yerga narxining o'sishiga, noqishloq xo'jalik
maqsadlarida foydalaniladigan yerlarga talabning o'sishi bilan ham aniqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: