Yer bozori va yer rentasi. Qishloq xo’jaligida narx shakllanishi
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Yer-bozori-yer-rentasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Monopol renta
Absolyut renta.Yerga xususiyat mulkchilik bilan bir qatorda boshqa mulkchilik
shakllari ham mavjud. Masalan, davlat mulki, vaqf (machit, cherkov) mulklari va boshqalar. Yerga bo’lgan bu mulkchilik monopoliyasi ijaraga beriladigan barcha yer uchastkalarining sifatidan qat‘iy nazar, yer egalariga absolyut renta deb atalgan rentani olishga imkon beradi. Yer egalari yerni ishlovchi ijarachilarga foydalanish uchun ijarga beradilar va ulardan yerdan foydalanganlik uchun to’lovlar oladilar. Mana shu to’lov absolyut yer rentasi deb nom olgan.Agar yer ijaraga berilganda shu yerda turli xil inshootlar, binolar qo’rilgan bo’lsa, ularning ijara haqi alohida hisoblanadi. Agrar munosabatlarni o’rganishda qo’yidagi savollar kelib chiqadi: - nima uchun qishloq xo’jalik ishchilari yaratadigan qo’shimcha mahsulot jamiyat miqyosida barcha mulk egalari o’rtasida qayta taqsimlanadi? - nima uchun qishloq xo’jaligida olinadigan daromad o’rtacha foydadan yuqori bo’ladi? Bu xodisaning sababi nimada? 36 Ko’pgina mamlakatlarda va O’zbekiston Respublikasida ham qishloq xo’jaligi kapitalning uzviy tuzilishi (c : v) sanoatdagidan pastdir. Shuning uchun qishloq xo’jaligida yaratilgan tovarlarning bozor qiymati ishlab chiqarishning ijtimoiy qiymatidagi qo’shimcha qiymat (m) miqdori jamiyatda ishlangan o’rtacha foydadan ortiq bo’ladi.Qishloq xo’jalik tovarlarining bozor narxi bilan ijtimoiy ishlab chiqarish narxi o’rtasidagi tafovut absolyut renta manbai bo’lib xizmat qiladi. Monopol renta – bu tabiiy sharoit bilan bevosita bog’liq.Ya‘ni noyob qishloqxo’jalik mahsulotlari (uzumning alohida navlarni, tsitrus ekinlari, choy va boshqalar) yetishtirish uchun imkoniyat yaratadi. Bunday tovarlar monopol narxlar bilan sotiladi.Bunday tovarlarni individual qiymatidan monopol narxdar yuqori bo’ldai, yer egalariga monopol renta olish imkoniyatini beradi. Undirma sanoatdagi renta.Foydagi qazilmaqonlari joylashuvi jihatidan ham, konning boyligi jihatidan ham bir-biridan farq qiladi. Huddi qishloq xo’jaligidagi singari, o’rta va yaxshi konlaridan korxonalar qo’shimcha foyda oladilar, u ham differentsial rentaga aylanadi. Ijara haqi.Renta munosabatlarining qarab chiqishda rentaning ijara haqidan farqiga e‘tiborni qaratish zarur. Agar ijaraga beriladigan yerga oldin bino, inshoot va shu kabilar qurish bilan bog’liq ravishda kapital qo’yilmalar sarflanmagan bo’lsa, ijara haqi va renta miqdori bir-biriga to’g’ri keladi. Aks holda, ijara haqi yer rentasidan farq qiladi. Ijara haqi qo’yidagilardan iborat: yerdan foydalanganlik uchun to’langan renta (R), yerga ilgari sarflangan kapital uchun foiz (F), yer uchastkasini ijaraga berguncha qadar unga qurilgan inshootlar amortizatsiyasi (A). Buni formulada qo’yidagicha yozish mumkin: IX = R+ F+ A (1) Ma‘lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida yer faqat ijara ob‘ekti emas, balki oldi- sotdi ob‘ekti hamdir. Yer ham qishloq xo’jalik mahsuloti yetishtirish va tabiiy qazilma boyliklar qazib olish uchun, har xil ishlab chiqarish va turar joy binolari, inshootlar, 37 yo’llar, aeroportlar qurish uchun sotib olinadi. Bunday hollarda yerning narxinima bilan belgilanadi? Ma‘lumki, yer inson mehnati mahsuli bo’lmaganligi sababli almashuv qiymatga ega emas. Shunga ko’ra, nazariyotchilar yer va boshqa tabiat in‘omlari narxini irratsional narxlar deb aytaydilar. Yer uchastkasining egasi uni sotishdan olingan summani bankka qo’yilganda, u keltiradigan foiz tarzidagi daromad shu yer uchastkasidan olinadigan rentadan kam bo’lmagan taqdirdagina yerni sotadi.Boshqacha aytganda, yerning narxi kapitallashtirilgan rentadir.Boshqa sharoitlar teng bo’lganda, xuddi shu renta miqdori yer narxini belgilaydi. U renta miqdoriga to’g’ri va ssuda foizi normasiga teskari mutanosibdir. Shunday qilib, yerning narxi ikkita miqdorga bog’liq: 1) yer uchastkasi egasi olish mumkin bo’lgan yer rentasi miqdoriga; 2) ssuda foizi me‘yoriga. SHundan kelib chiqib, yerning narxi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi: Yeb = R × 100% (2). F’ Bunda: Yeb – yerning bahosi, narxi; R – renta; F’- ssuda foizi me‘yori. Misol keltiramiz: R – 15 ming dollar, F’- 5% bo’lsa, bunda yerning narxi Yeb – 300 ming dollarga teng bo’ladi. Yerning egasi faqat shu narxdagina yerini sotish mumkin, chunki muayyan miqdordagi kapitaldan olinadigan foiz unga bankdan shunday yillik daromad olishga imkon beradiki, u rentaga teng bo’ladi. Renta miqdori o’sib, ssuda foizi me‘yori passayib borgan taqdirda yerning narxi o’sib boradi.Yer narxini aniqlashning bu usuli nazariy ahamiyatga ega. Amalda yer narxi, yer uchastkasiga talab va taklifga ta‘sir ko’rsatuvchi ko’plab omillarga bog’liq. Jumladan, yerga narxning o’sishini, unga noqishloq xo’jalik maqsadlari uchun foydalanishga talabning o’sishi bilan tushuntirilishi mumkin. Inflyatsiya va asosan giperinflyatsiya sharoitida yer narxining o’sishiga olib keladi. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling