Yer bozori va yer rentasi. Qishloq xo’jaligida narx shakllanishi


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/22
Sana03.11.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1741705
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
Bog'liq
Yer-bozori-yer-rentasi

 
 


25 
Agrar munosabatlarning iqtisodiy mazmuni va ahamiyati.
Ma‘lumki, agrar sohadagi ishlab chiqarish ko’pincha yer bilan bog’liq bo’ladi. 
Yerga egalik qilish, tasarruf etish va undan foydalanish hamda o’zlashtirish bilan 
bog’liq bo’lgan munosabatlar agrar munosabatlar deyiladi.
Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotning muhim sohasi bo‘lib, unda insoniyat hayoti 
uchun eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari va aholi uchun iste’mol buyumlari 
tayyorlovchi sanoat tarmoqlariga xomashyo ishlab chiqariladi. Shuning uchun ham 
mamlakatimizda bu sohani rivojlantirishga har doim alohida e’tibor berib kelinmoqda. 
«2016-yilda qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlami va tarkibiy o‘zgarishlarni 
yanada chuqurlashtirish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirildi» deb ta’kidlaydi 
mamlakatimiz Prezidenti. Agrar soha oldida turgan vazifalami bajarish uchun agrar 
sohani va ular bilan bog‘liq bo‘lgan sanoat tarmoqlari, xizmat ko‘rsatish va infratuzilma 
sohalarini xorijiy davlatlar tajribasi asosida har tomonlama rivojlantirish zarurdir.
8
Boshqa sohalar kabi qishloq xo‘jaligida ham kishilar o‘rtasida iqtisodiy aloqa va 
munosabatlar sodir bo‘ladi. 
Qishloq xo’jaligidagi ishlab chiqarishining o’ziga xos xususiyatlari shundan 
iboratki, bu yerda iqtisodiy qonunlar bilan tabiiy qonunlar bevosita bog’lanib ketadi, 
chunki agrar sohadagi ishlab chiqarish tirik mavjudotlar – yer, o’simlik, chorva mollari 
bilan bevosita bog’liqdir. Bu yerda yer - mehnat ashyosi (predmeti) va asosiy ishlab 
chiqarish vositasi, xo’jalik yuritish ob‘ekti bo’lib, u eskirmaydi, yeyilmaydi, unga 
munosabat yaxshi bo’lsa, uning unumdorligi yaxshi bo’ladi.
Uzoq yillar davomida tabiiy o’zgarishlar natijasida yerning ustki qatlamida 
o’simlik “oziqlanishi” mumkin bo’lgan turli moddalarning vujudga kelishi yerning 
tabiiy unumdorligi deyiladi. 
8
Shodmonov SH. Bozor iqtisodiёtiga o’tishda pulning yangi mazmuni va roli. Bozor, pul va krеdit. Maхsus nashr, 
2011. 


26 
Agrar tuproq unumdorligi kishilarning tabiatga ta‘siri natijasida, ya‘ni tuproq 
tarkibi va dehqonchilik usullarini yaxshilash sun‘iy yo’l bilan (masalan, yerni organik 
va kimyoviy o’g’itlash, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash, ilmiy asoslangan 
sug’orish, irrigatsiya va melioratsiya kabi ishlab chiqarish usullarini joriy qilish hamda 
shu kabi yo’llar bilan) amalga oshirilsa, bu iqtisodiy unumdorlikni tashkil qiladi.
Qishloq xo’jaligida foydalanadigan barcha ishlab chiqarish vositalari xususiy, 
shaxsiy, jamoa mulk shaklida bo’lish mumkin. Hozirgi paytda qishloq ho’jaligida 
xo’jalik yuritishning asosiy ko’rinishlari fermer va dehqon shakllarida bo’lib, ulardan 
ishlab chiqarish jarayonlari turli iqlim va tuproq sharoitlaridan foydalanish asosida olib 
boriladi. 
Qishloq xo’jaligida mavjud bo’lgan barcha ishlab chiqarish vositalar (traktorlar, 
mashinalar, transport vositalari, bino, inshootlar, ko’p yillik daraxtlar, mahsuldor 
chorva hamda ish hayvonlari) kapital tarkibini tashkil qiladi. Aylanma kapitalga 
quyidagilar kiradi: yosh va boquvdagi hayvonlar, yem-xashak, urug’lik fondlari, 
kimyoviy o’g’itlar, hizmat muddati bir yildan kam bo’lgan turli xil ishlab chiqarish 
vositalari – invertarlar, yoqilg’i va moylash materiallaridan iborat bo’ladi. Kapital 
doiraviy aylanib turadi, ya‘ni pul shaklidan ishlab chiqarish shakliga, undan tovar 
shakliga o’tib, yana pul shakliga qaytib keladi.
Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish vaqti uzoq davom etadi va ish vaqti kunlar 
bilan belgilanadi. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish jarayoni mavsumliyligi bilan 
xususiyatlidir.Masalan, kombaynlar, turli ekish asboblaridan qisqa vaqtda 
foydalaniladi.Aholini nisbatan zichligi, qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlarning 
cheklanganligini hisobga olib, yerga xususiy mulkchilik joriy qilinadi, unga davlat 
mulki saqlanib qoldi.
9
Yerga egalik jismoniy va huquqiy shaxslarning ma‘lum yer uchastkasiga tarixan 
tarkib topgan asoslardagi yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi egalik huquqini 
9
Karimov I.A. O’zbеkiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida. – T.: O’zbеkiston, 2015


27 
tan olinishini bildiradi. Yerga egalik kishi deganda avvalo yerga bo’lgan mulkchilik va 
uni iqtisodiy jihatdan realizatsiya qilish ko’zda tutiladi. Yerga egalikni yeri bo’lgan 
mulkdor yoki davlat amalga oshiradi.
Yerdan foydalanish huquqi – bu o’rnatilgan urf-odatlar yoki qonuniy tartibda 
undan foydalanishni bildiradi. 
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishda ham to’rt omil – yer, kapital, tadbirkorlik 
qobiliyati, ishchi kuchi qatnashadi.Bunda yer muhim ishlab chiqarish vositasi sifatida 
ishtirok etadi.Bu omillarni barchasini harakatga keltirish ishchi kuchi omiliga bevosita 
bog’liqdir.Kapital foyda yoki foiz, yer esa renta yaratadi degan tushunchalar – xato 
fikr-mulohazalardir, uni barchasini jonli mehnat egasi bo’lgan ishchi kuchi 
yaratadi.Aytish mumkinki, ishchi kuchi - moddiy vositalarni harakat keltiruvchi ishlab 
chiqarishning ustuvor omilidir.
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish jarayoni mavsumiyligi bilan xususiyatlidir. 
Bu hol qishloq xo‘jaligida mavjud bo’lgan mehnat vositalaridan, ya’ni kombayn, turli 
ekish asboblari va shu kabilardan foydalanish vaqtiga bevosita ta’sir o‘tkazadi. 
Boshqacha qilib aytganda, bu mehnat vositalaridan yilning ma’lum muddatlaridagina 
foydalaniladi, qolgan vaqtda esa ular bekor turadi. 
10
Masalan,seyalkadan ekish davomida foydalanilsa, g‘alla o‘rish kombaynlari, 
paxta terish mashinalari esa yiliga 20-30 kun yig‘im-terim paytida ishlatiladi, xolos. 
Shuning uchun ham qishloq xo‘jaligida mehnatning kapital va energiya bilan 
qurollanish darajasi moddiy ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlariga nisbatan yuqori 
bo‘lishini taqozo qiladi, lekin bu yerda asosiy va aylanma kapital harakati sustroq. 
Bulardan tashqari qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi va mehnat jarayonlarining 
mavsumiyligi sababli yil davomida aylanma mablag’laming sarfi bir me’yorda 
bolmaydi. Qish va yoz mavsumlarida xarajat qilinadigan aylanma mablag’lar tarkibida 
birmuncha tafovutlar mavjud. Masalan, qish mavsumida aylanma mablag’laming 
10
Karimov I.A. O’zbеkiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida. – T.: O’zbеkiston, 2000 


28 
ko’pgina qismi (urug’lik, yem-xashak, turli ozuqalar) ishlab chiqarish ehtiyot qismi 
shaklida turadi, yoz faslida esa tugallanmagan ishlab chiqarish, texnikaning butlash 
qismlari, nefit mahsulotlari va shu kabilaming hissasi ortib boradi. Qishloq xo‘jaligi 
ishlab chiqarishini tashkil qilishda yuqorida 
sanab o‘tilgan xususiyatlami hisobga olib, ishni tashkil qilish uning 
samaradorligini ta’minlashda muhim ahamiyatga egadir. Bizning mamlakatimizda 
aholining nisbatan zichligi va qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlaming cheklanganligini 
hisobga olib, yerga xususiy mulkchilik joriy qilinmadi, unga davlat mulki saqlanib 
qoldi. Lekin, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib, oqilona agrar islohotlar 
amalga oshirilmoqda va bu jarayon chuqurlashtirilmoqda.
2015-yilda qishloq xo’jaligi tarmog’ida muhim ijobiy natijalar qo’lga kiritildi. 
Chunki ko’pgina qishloq xo‘jaligi mahsuloti turlarini ishlab chiqarish bo’yicha o’sishga 
erishildi .
11

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling