Yer bozori va yer rentasi. Qishloq xo’jaligida narx shakllanishi
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Yer-bozori-yer-rentasi
42 XULOSA Biz yuqorida yer bozori, yerga bo’lgan talab va taklif, yerning o’ziga xos xususiyatlari, yer rentasi va uning turlari, yerning milliy iqtisodiyotda tutgan o’rni hamda bu sohalarga doir muammolar haqida gapirdik. O’zbekiston iqtisodiyotida muhim o’ringa ega bo’lgan agrar sektor muammolari, xususan renta masalalari, qishloq xo’jaligida narxlarning shakllanishi bilan bog’liq muammolar va ularni hal qilish maqsadida qishloq xo’jaligida yer islohotlari izchillik bilan olib borilmoqda. Hozirgi kunda insonlarning qishloq xo’jaligi mahsulotlariga bo’lgan o’sib boruvchi ehtiyojlarini qondirishning eng to’g’ri yo’li yer unumdorligini oshirish va yuqori hosildorlikka erishishdir. Shu maqsadda Respublikamizda yer munosabatlarini muvofiqlashtiruvchi va butun qishloq xo’jaligini tartibga soluvchi qonun va qarorlar qabul qilinmoqda. Birinchi navbatda agrar xo’jalikda yuzaga keluvchi soliq munosabatlarini tartibga solindi, chunki soliqlar qishloq xo’jaligida narxlarning shakllanishiga bevosita jiddiy tasir ko’rsatadi. Keyingi navbatda rivojlangan mamlakatlar tajribasidan kelib chiqqan holda qishloq xo’jaligida mahsuldorlikni oshirish maqsadida fermer xo’jaliklari tashkil etildi. Agrobiznesning asosiy shakli va birlamchi bo’g’ini fermer va dehqon xo’jaliklaridir. Respublikada bu jarayon zarar ko’rib ishlash natijasida og’ir ahvolga tushib qolgan davlat xo’jaliklarining tarkibi fermer xo’jaliklaridan iborat shirkatlar uyushmasiga aylantirish, mavjud davlat va jamoa xo’jaliklari tarkibida ular resurslari hisobidan fermer xo’jaliklari tashkil etish hamda dehqonlarning mol-mulklari negizida dehqon xo’jaliklarini tarkib toptirish yo’li bilan boradi. Fermer xo’jaligining barcha tashkiliy shakllarining umumiy tomoni shundaki, ular ijaraga olingan davlat yerida faoliyat ko’rsatadi. Fermer va dexqon xo’jaliklarini tashkil qilish , rivojlantirish va ular faoliyatini tartibga solish O’zbekiston Respublikasining «Fermer xo’jaligi to’g’risida»gi. «Dehqon xo’jaligi to’g’risida»gi, «Qishloq xo’jaligi kooperativi (shirkat xo’jaligi) to’g’risida»gi qonunlarga hamda qishloq xo’jaligida islohotlarni 43 chuqurlashtirishga qaratilgan boshqa huquqiy bitimlarga va hukumat qarorlariga asoslanadi. Xo’jalik uchun yerlarning unumdorligini saqlash va oshirishda davlat tomonidan kafolatlar yaratish yo’li bilan ularni himoyalash tizimi vujudga keltirildi. Shunday qilib, fermer xo’jaliklarini rivojlantirishni rag’batlantirish uchun ham huquqiy, ham tashkiliy shart-sharoitlar yaratildi. Natijada, Respublikada 2008 yil boshiga kelib fermer xo’jaliklari soni 215000 dan ziyodni tashkil qildi. Ularga biriktirilgan qishloq xo’jalik foydalanishidagi yerlar maydoni 4881,9 ming gektarni tashkil qilib, bir xo’jalik ixtiyoridagi yer maydoni 26,3 gektarga to’g’ri keldi. 2006 yilda fermer xo’jaliklarida butun qishloq xo’jalik mahsulotlarining 31,4 foizi yetishtirilgan. Respublikada fermer xo’jaliklari samarali ishlashi uchun zarur xizmat ko’rsatuvchi infratuzilma - agrofirmalar, mashina-traktor parklari, ta’mirlash ustaxonalari, tayyorlov punktlari, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi kichik korxonalar tizimi shakllandi. Bu esa o’z navbatida butun agrar sohaning izchillik bilan rivojlanishiga xizmat qilmoqda. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling