Yer resurslarini boshqarishning nazariy va huquqiy asoslari


Download 47.46 Kb.
bet2/2
Sana04.02.2023
Hajmi47.46 Kb.
#1158644
1   2
Bog'liq
Yer resurslarini boshqarishning nazariy va huquqiy asoslari

Iqtisodiy - yer resurslaridan samarali foydalanish shartlarini belgilash;

  • Tashkiliy-texnologik - iqtisodiy, ijtimoiy rag‘batlar va yer resurslarini asrash hamda ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish.

    Yer resurslarini boshqarish ob’ektiv va sub’ektiv omillarni muayyan birga qo‘shib olib borish demakdir. Bir vaqtning o‘zida tabiatning jinsi sifatida yer o‘zining qonuni bo‘yicha rivojlanadi va boshqarishning uslublari va shakllariga muayyan ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun boshqarish vazifalarini bajarish vaqtida hududning rivojlanishi, iqtisodiy sharoitlari kompleksida yerning asosiy xususiyatlarini hisobga olish zarur. Bundan tashqari, yer resurslarini boshqarish majmuasi xarakterga ega, chunki yer munosabatlari sub’ektlarning ko‘pgina manfaatlariga borib taqaladi. Bu boshqarish organlaridan yer resurslarini asrash va foydalanish jarayonining shakllanishiga tashkiliy-texnologik qarorlar, ekologik-iqtisodiy oqibatlar imkoniyati bilan tizimli yondashuvini talab qiladi.
    Shunday qilib, yer resurslarini boshqarish asosida har qanday ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar va tabiat qonunlariga tegishli bo‘lgan umumiqtisodiy qonunlar yotadi. Ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik aspektlar realizatsiyasi yer resurslari mazmunining tashqi tomoni, ya’ni boshqarish bo‘yicha davlatning tashkiliy-xo‘jalik va huquqiy, reja–iqtisodiy sifatidagi tadbirlarini ifodalaydi.
    Yer resurslarini boshqarish tizimida ijtimoiy ishlab chiqarishni boshqa sohalarda bo‘lgani singari ishlab chiqarish kuchlarini xarakteri yerdan foydalanish va egalik qilish shakllari bilan bog‘langan ishlab chiqarish munosabatlari o‘rtasida doimo ziddiyat tug‘ilib turadi. Agar ular o‘z vaqtida yechilmasa, jiddiy holat yuzaga keladi. Shuning uchun yer resurslarini boshqarishning uslublari va shakllari ijtimoiy rivojlanishning har bir bosqichida ijtimoiy ishlab chiqarishning ijtimoiy shartlari, siyosiy, iqtisodiy va boshqa shakllari bilan muvofiq kelishi shart. Yer resurslarini boshqarish vaqtida yerlarga egalik qilish va foydalanish uchun egalik qilishda yuridik shaxslar va fuqarolar, shuningdek, hokimiyat organlari davlat manfaatlarini muhofaza qilishga rioya etishlari kerak. Yer resurslarini boshqarishni uyushtirish har doim davlatga tegishli bo‘lishi lozim.
    Yer resurslarining boshqarish tizimining asosini boshqarishning funksiyasi va vazifalari, maqsadi, predmeti, sub’ekti va ob’ekti tashkil etadi. Boshqarishning sub’ekti va ob’ekti ko‘p yillik natijalarning zamirida paydo bo‘ladi.
    Respublikamiz Mustaqillikka erishganidan buyon barcha jabhalarda keng ko‘lamda islohotlar o‘tkazilmokda. Xususan, yer resurslaridan samarali va oqilona foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yer xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari tizimida va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishda asosiy vosita hisoblanadi. Shu bois, u aholi hayoti, faoliyati va farovonligida birinchi darajali ahamiyat kasb etadi.
    Hozirgi kunda qishloq xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan yerlarni muhofaza qilishga alohida e’tibor berilmoqda. Chunki mamlakatimizda umumxalq mulki bo‘lgan yerni muhofazalash va undan foydalanish konstitutsion ahamiyatga ega bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida «Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simliklar va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, undan oqilona foydalanish zarur, chunki ular davlat muhofazasidadir», - deb belgilab qo‘yilgan.
    Konstitutsiyaviy me’yorlar yer munosabatlarini tartibga solib turuvchi, qonun hujjatlarining barchasiga tatbiq etiluvchi va oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan huquqiy me’yorlardir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan, mamlakatimiz fuqarolari qonunlarda belgilangan tarzda mulk huquqiga egadirlar va o‘zlarining mulklaridan o‘z xohishlaricha foydalanishlari mumkin, ular tabiiy resurslarga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishga majburdirlar. Yuqorida qayd eganimizdek, yer boshqa tabiiy boyliklar singari umummilliy boylikdir, ularni tasarruf qilish esa vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
    Muhtaram Prezidentimiz I.A. Karimovning tashabbuslari bilan qishloq xo‘jaligidagi islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining "Yer kodeksi", "Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida"gi, "Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida"gi, "Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida"gi, "Davlat yer kadastri to‘g‘risida"gi qonunlarning qabul qilinishi mamlakatimizda yer resurslaridan yanada samarali va oqilona foydalanishning huquqiy poydevorini yaratib berdi.
    Zotan, ularda Yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining asosiy vazifalari etib hozirgi va kelajak avlodlarning manfaatlarini ko‘zlab, yerdan ilmiy asoslangan holda qadriga yetib foydalanish va uni muhofaza qilish, tuproq unumdorligini tiklash va oshirish, tabiiy muhitni avaylash va yaxshilash, xo‘jalik yuritishning barcha shakllarini teng huquqlilik asosida rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini himoya qilishni ta’minlash maqsadida yer munosabatlarini tartibga solish, shuningdek, bu sohadagi qonunchilikni mustahkamlash kabi vazifalar belgilab qo‘yilgan. Bu ishlarni amalga oshirish va hayotga tadbiq etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining bir qator qarorlari qabul qilindi.
    Yer munosabatlarini tartibga solishda yagona davlat siyosatini yuritishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 15 oktabrdagi PF-3503-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasini tashkil qilish to‘g‘risida” gi Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 19 oktabrdagi 483-sonli qarori bilan Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tashkil etildi. Ushbu qo‘mitaga yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer munosabatlarini tartibga solish, yer kadastrini yuritish, yer tuzishni va yer monitoringini tashkil qilish, tuproq unumdorligini saqlash, oshirish va qayta tiklash borasida yagona davlat siyosatini yuritish, yerlardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish kabi vazifalar yuklatildi.
    Shunday qilib, pirovard maqsadda yerdan foydalanishning tejamli tizimini tashkil qilish va amalga oshirish, ya’ni agrosanoat majmuasida va, umuman, iqtisodiyot tarmoqlarida ularni aniq maqsadga yo‘naltirilganligini - yerni tejash va foydalanishda yuqori samaradorlikka erishish mezoni bo‘yicha davlat yer zaxirasini, yer toifalari bo‘yicha tabaqalashtirilgan mezonni ta’minlashdan iboratdir.
    Ravshanki, bu yerda ayrim tadbirlarni chetlab o‘tib bo‘lmaydi. Binobarin, yerdan foydalanish masalasini yechishga, yangi sharoitda, majmuali yondashuv talab etiladi. Biroq nafaqat oddiy tadbirlar majmuasi, balki yerdan foydalanish iqtisodiyotini tashkil etish, rejalashtirishning barcha tizimlarini maqsadga yo‘naltirilgan holda rivojlantirish, pirovard natijada yer resurslarini boshqarishning yaxlit va samarali tizimini yaratish lozim.
    Shuning uchun soliq solish va budjet daromadlarini to‘plashni ko‘paytirishga imkoniyat beradigan yer resurslarini boshqarishning mintaqa va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarishda investitsiyalar jalb qilishning, yer munosabatlarining sub’ektlari uchun kafolatlangan huquq bilan ta’minlashning samarali tizimini yaratishda yangi tamoyillar va uslublar vujudga keladi.
    Yer resurslaridan samarali foydalanishni boshqarish sohasida I. V. Degtyarev, S. A. Tkachuk, V. N. Xlыstun, T. P. Magazinщikov, Ya. Ya. Maul, M. A. Gendelman, B. P. Balezn, S. A. Avezbaev, A.S. Chertoviskiy, G.A. Talipov, A. Abdug‘aniev, I.M. Zak va boshqa olimlar tomonidan ma’lum ilmiy izlanishlar amalga oshirilgan. V.V. Kim, K.A. Choriev, F.K. Kayumov, Ye.S. Karnauxova, A.T. Abdurazakov, A.R. Bobojanov va boshqa olimlarning maxsus tadqiqot va ilmiy izlanishlari ham diqqatga sazovordir.
    Samarali texnologiyalarni amaliyotga joriy qilish asosida yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish muammolari R.X. Husanov, K.A. Hasanjonov, O.R. Ramazonov, M. Hoshimjonov, A.S. samutali singari iqtisodchi olimlarning ilmiy asarlarida yoritilgan.
    Nomlari yuqorida zikr etilgan olimlarning ilmiy izlanishlari bo‘lishiga qaramasdan, bozor munosabatlarining izchil shakllanishi sharoiti va jarayonida yer resurslaridan samarali foydalanishni boshqarishni takomillashtirish muammolari hali yetarli darajada ilmiy - uslubiy jihatdan o‘rganilmagan. Bu hol ushbu ilmiy tadqiqot izlanish mavzusining tanlashiga asos bo‘ldi.
    Mamlakat miqyosida, tabiiy - iqtisodiy mintaqalar bo‘yicha yer tanqisligi sharoitida xalq xo‘jaligi tarmoqlariaro va tarmoq ichidagi sohalar bo‘yicha yer taqsimoti masalalari yetarlicha o‘rganilmaganligi va bu muammolarni faqat ayrim olimlarning ilmiy maqolalarida ( A.P. Verveyko, P.S. Shevchenko, P.F. Loyko, T.P. Magazinshikov, F.I. Palchikov va boshqalar) yoritilganini ko‘ramiz.
    Mavzuning keng qamrovligi, yer monitoringi, milliy hisobot tizimida yer hisobi, boshqaruvda psixologik omillar, maxsus yer fondini tashkil etishning ilmiy-uslubiy asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha umuman ilmiy - tadqiqot ishlari natijalarini ilmiy nashrlarda chop etilmaganligi fikrimizga asos bo‘ladi.
    Yer resurslarini boshqarishning umumuslubiy masalalarini ishlab chiqish yer islohotini o‘tkazish konsepsiyasi asosida O‘zbekistonda yer munosabatlarini tartibga solishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash hisoblanadi. Mazkur ilmiy - tadqiqotlar maqsadiga yer resurslaridan samarali foydalanishni boshqarishning ilmiy metodologiyasini o‘rganishda muammoga yaxlit va murakkab jarayon sifatida tizimli yondashuv va shunga asosan uning ilmiy - uslubiy nazariyasini hamda yer taqsimotini iqtisodiy asoslash kiradi.
    Ilmiy tadqiqot maqsadini amalga oshirish uchun quyidagi ilmiy amaliy vazifalarni hal etish ko‘zda tutilgan:

    • yer resurslarini boshqarish bo‘yicha chet el tajribalari tadqiqot qilish va umumlashtirishni;

    • «Yerdan foydalanish» tushunchasining iqtisodiy mohiyati ochib berishni. Uning shakllanishi va jarayon ko‘lamining ob’ektiv shart-sharoitlari bozor munosabatlariga o‘tish jarayoniga mos holda tadqiq qilishni;

    • ma’muriy tuman, viloyat va davlat miqyosida yagona davlat kadastrlari va yer kadastrini yuritish mexanizmlari o‘rganib chiqilgan va samarali istiqbolli yo‘nalishlarini belgilashni;

    • yer resurslaridan samarali foydalanishni boshqarishning davlat tadbirlar tizimi sifatida tushunchasi va iqtisodiy mohiyatini yoritishni;

    • yer kadastrini murakkab va yaxlit tizim sifatida ilmiy - uslubiy asoslarini ishlab chiqishni;

    • yer resurslaridan samarali foydalanish tamoyillari tizimini asoslashni;

    • maxsus yer fondini tashkil etishning iqtisodiy mexanizmini yaratishni tadqiqot qilishni;

    • yer resurslarini tarmoqlararo taqsimotining modellarini yaratishni;

    • yer resurslaridan samarali foydalanishni boshqarishda ko‘chmas mulklar omilining ta’siri mexanizmini takomillashtirishni.

    Tadqiqotlar yerdan foydalanish jarayonining tahlili va yer resurslarini boshqarishni bashoratlashni dialektik yondashuviga asoslangan. Tadqiqotning metodologik asosini mamlakatimizdagi zamondosh va chet el iqtisodchi olimlarining yer resurslarini boshqarish, tabiiy resurslar salohiyati, agrar sohaning rivojlanishi va hududiy joylashuvi, yer kadastri va monitoringi, yerdan foydalanish iqtisodi muammolari bo‘yicha ishlari tashkil etadi.
    Tadqiqotlarda Oliy majlis va O‘zbekiston Respublikasi hukumatining huquqiy va me’yoriy hujjatlaridan foydalanilgan. Yer fondining miqdor va sifat bahosini yer resurslarini boshqarish bilan uzviy bog‘liq holda mintaqaviy muammolarni yechish tadqiqotning muhim metodologik tamoyili hisoblanadi.
    Tadqiqot ishlarida iqtisodiy-statistik tahlil, ekspert baholash, me’yoriy balanslash va boshqa uslublar qo‘llanilgan. Tadqiqiot jarayonida Iqtisodiyot vazirligi, «O‘zergeodezkadastr» Davlat qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining statistik va bashoratlash ko‘rsatkichlaridan, muallif tomonidan yig‘ilgan va umumlashtirilgan ilmiy tadqiqot va loyiha institutlarining ilmiy hisobotlari hamda dala-qidiruv va monografik tadqiqotlar materiallaridan foydalanilgan.

    Yer munosabatlarini boshqarish–barcha ijtimoiy munosabatlarni qamrab oladi. Munosabatlar ijtimoiylikdan iqtisodiy, huquqiy, ekologik va boshqarishning boshqa turlarini ham о„z ichiga oladi. Hozirgi kunda О„zbekiston jamoatchiligi va iqtisodiyot sohasining olimlari о„rtasida yer munosabatlarini rivojlanish mexanizmlari tо„g„risidagi bahslar kengaymoqda. Fikrimizcha, yer munosabatlarini boshqarish – bu davlatning va jamiyatning yer resurslarini boshqarishga muntazam va muayyan maqsadga qaratilgan ta‟sir kо„rsatishdir. Bunday ta‟sir kо„rsatish mamlakatning yer resurslaridan samarali foydalanishni ta‟minlash maqsadida obyektiv qonunlarni bilishga va ularni hayotga tatbiq etishga undaydi. Yer resurslarini boshqarish tarkibiga quyidagilarni kiritishi kerak: yerdan foydalanish ustidan nazorat qilish, tashkillashtirish, tartibga solish, rejalashtirish. Yer resurslarini boshqarish tizimining asosini obyekt, subyekt, predmet, maqsad, vazifalar va boshqarish funksiyasi tashkil etadi. Boshqarishning obyekti va predmetini tarixiyijtimoiy jarayonlar natijasi deb bilish zarur. Boshqarishning predmeti va obyekt turlari bir-biri bilan uzviy bog„langan. Masalan, kо„p qavatli binolarning yer uchastkalarini boshqarish, bir qavatli binolar joylashgan uchastkalarni boshqarishdan talaygina farqlanadi. Yer resurslarini boshqarishning maqsadi, mohiyati va vazifasini mustaqil О„zbekiston jamiyatining bugungi kundagi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy harakati belgilab beradi. Boshqarish obyekti О„zbekiston Respublikasining yer fondidir, uning subyektlari ma‟muriy-hududiy birliklar, ma‟muriy tumanlar, shaharlar, yerga egalik qilishning ayrim yer mulklari, huquqiy ma-qomdan foydalanish tavsifi bо„yicha yerdan foydalanishning farqla-nadigan, shuningdek yerdan foydalanishga kirmaydigan (umumiy foydalanish yerlari) yer uchastkalaridir. Yer resurslarini boshqarish bо„yicha ijro – farmoyish berish organlari faoliyatining mazmuni yer resurslaridan foydalanishni reja-lashtirish va bashoratlashtirishdan iborat. Yerlarni qayta taqsimlash va yerlardan foydalanish, yerga egalik qilishning tartibi va me‟yorini belgilash, yerlarni muhofaza qilish va yerdan foydalanganligi uchun faoliyatini nazorat qilishni tekshirish va tezkor – farmoyish berishdir


    Yer resurslarini boshqarish tizimida о„tadigan jarayonlar asosini uzluksiz axborot almashinuvi tashkil etadi. Bu almashinuvni ta‟minlaydigan vosita yer kadastri hamda yer monitoringi hisoblanadi. Boshqarish jarayonida axborotlar о‘zlarining vazifasi bо‘yicha quyidagilarga taqsimlanadi:  xabardor qilishga (qabul qilinadigan qarorlarni asoslash uchun  foydalaniladi);  boshqarish jarayoni shakllanadi va subyektga ijro etish va  foydalanish uchun yetkaziladi. Axborotlarni tо„plash, ishlov berish va ularning tahlili yaxlit boshqarish tizimining mohiyatini belgilaydi. Shuning uchun axbo-rotlarni boshqarish komponentlarini aniqlashda ularning ma‟muriy hududiy darajalarida о„zaro aloqadorligi ham muhimdir Axborotlarning manbai yer kadastri xizmati va boshqa idoralar, shuningdek hokimiyat ijro organlarining materiallari bо„lishi mumkin: kartografik, material, hisobotlar, kitoblar va qaydnomalar, kataloglar, referatlar, ekspertlar ma‟lumotlari, qomuslar, boshqa tekshiruv hamda tahlil materiallari. Boshqarish tizimining ishlab chiqarish va yaratish jarayoniga uning obyekti va predmetidan tashqari boshqaruvning maqsadi va vazifalari ham ta‟sir kо„rsatadi. Shu bilan birga obyekt va predmet kо„p yillik о„tmish davrida yaratiladi. Maqsad va vazifalar esa jamiyat tomonidan qisqa muddatda shakllantiriladi. Birinchi va ikkinchi guruhlar о„rtasida yetarlicha о„zaro aloqa mavjud. Chunonchi, maqsad va vazifa boshqarishning predmeti va obyekti holatini hisobga olish bilan shakllanadi. Shakllanib bо„lingan maqsad va vazifa esa ularni realizatsiya qilish paytida boshqarishning predmeti va obyektini shakllantiradi. Yer resurslarini boshqarishning maqsadi – jamiyatning mujassam-lashgan ehtiyojini ifodalashdir. Maqsad yer resurslari xususiyatlaridan foydalanish asosida qondirilish holatini kelajagi va ulardan foyda-lanish jarayonini aks ettiradi. Yerdan foydalanishning о„zi bu yer resurslariga ayrim subyektlar yoki jamiyatning bevosita ta‟sir kо„rsa-tishidir. Shu bilan birga har qanday ta‟sir kо„rsatuvchi yerning aniq xususiyatini iste‟mol qilish bilan pisanda qilingan ma‟lum maqsadga ega. Jamiyat alohida subyektlar maqsadini ularning ommaviyligi va xilma-xilligi sababli tо„la nazorat qilishga qodir emas. Shuning uchun bu jarayonlarni boshqarishda yerdan foydalanishning umumiy qoida va chegaralarni о„rnatilishini talab qiladi.
    Bunday chegaralar foydalanish chegaralash va foydalanish tizimini о„rnatish asosida yaratiladi. Bunday holat yerdan foydalanishning har qanday holati uchun xosdir va yer resurslarini barcha xilma-xil tizimlari uchun umumiy bо„lib hisoblanadi. Yer resurslarini boshqarishning maqsadi, umumiy kо„rinishda yerdan foydalanish bilan bog„langan jamiyat ehtiyojini yanada yuksak darajada qondirishga imkon beradigan yerdan foydalanishning va yer munosabatlari tizimining shakllanishini ta‟minlash va yaratishdan iboratdir. Vaqtning aniq davrida maqsad alohida e‟tiborini ifodalashga ega bо„lish mumkin: ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik yoki ularning о„zaro birligida. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgunga qadar qishloqlar va shaharlar hududida ijtimoiy ustunlikka ega edi. О„sha paytda aholining barcha ehtiyojlarini maksimal qondirilishi mumkinligiga urg„u berilgan. Hozirgi paytda yer bozori rivojlangan sharoitda iqtisodiy о„zgarishi hisobga olishning qayta mо„ljallanishi rо„y berdi, ya‟ni maksimal iqtisodiy samaradorlikka erishishi mо„ljallanmoqda. Muammoni qo‘yilishi. Tabiiy muhitning ahamiyati tarkibiy qismi – yer resurslaridir. U hududi, iqlimi, relyefi, tuproqlarining sifati, gidrologik sharoiti, о„simliklari va boshqa belgilari bilan tavsiflanadi, xalq xо„jaligi obyektlarini va aholini joylashtirish uchun kenglik asos, qishloq va о„rmon xо„jaliklarida asosiy ishlab chiqarish vositasi bо„lib xizmat qiladi. Yer resurslaridan foydalanish suv manbaalariga, qazilma boyliklar zaxirasiga, havo basseyniga, о„simlik va hayvonot dunyosiga tо„g„ridan-tо„g„ri ta‟sir etadi. Keyingi yillarda mamlakatimizda yer va suv munosabatlarini takomillashtirish, qishloq xo„jaligiga mo„ljallangan yer maydonlarini maqbullashtirish va ularni ajratishning soddalashtirilgan tartibini qo„llash, yer-suv resurslaridan foydalanishda zamonaviy bozor mexanizmlari, innovatsion va resurs tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, past hosilli paxta va g`alla maydonlarini qisqartirish hisobiga yuqori daromadli, eksportbop mahsulotlar yetishtirish bo„yicha tizimli choralar amalga oshirilmoqda.
    Download 47.46 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling