Yer uchskasi
Sabzavotlarni ekish va ko‘chat o‘tqazish
Download 304.41 Kb.
|
1544076064 73109
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekish muddatlari.
- Urug‘larni yerga ko‘mish chuqurligi.
Sabzavotlarni ekish va ko‘chat o‘tqazish. Ekishga tanlangan urug‘lar yuqori navli, yaxshi ekish xususiyatlariga ega bo‘lishi kerak. Ekiladigan urug‘larning asosiy sifat ko‘rsatkichi — uning unib chiqishi, tozaligi va namining pastligidir. Nihollar paydo bo‘lishini tezlashtirish uchun urug‘lar namlanadi va undiriladi. Sabzi, piyoz, lavlagi urug‘lari 1—2 sutka, bodring, karam, rediska, salat, qovoq urug‘larn—8—12 soat, no‘xat — 2—6 soat suvda saqlanadi.
Ekish muddatlari. O‘simliklarni ekish muddatlari turlichadir. Sovuqqa chidamli ekinlar — sabzi, petrushka, salat, rediska, ukrop dala ishlari boshlanishi bilanoq, mayning birinchi yarmida ekiladi, chunki bu o‘simliklariing nihollari bahorgn sovuqlarga bardosh bera oladi.Soyabonguldoshlarning urug‘lari (sabzi, petrushka, ukrop) va piyoz tez upmaydi, shu sababli ularni, tuproqning ustki qatlami qurimasdan oldin unib chiqishlari uchun, boshqa ekinlardan ancha oldin ekiladi.Tuproq temperaturasi 5—8°S bo‘lganda piyoz, kartoshka, sholg‘om, turup urug‘i ekiladi, shuningdek karam ko‘chati ham o‘tqaziladi.Issiqsevar ekinlar — bodring, qovoq, kabachki, pomidor, .loviya tuproq 10°gacha isiganda, bahorgi sovuqlar xavfi tugaganda akiladi.Sabzavotlardan erta hosil olish uchun qishki ekishlardan foydalaniladi. Ularningurug‘i erta unib chiqmasligi lozim. Shuni hisobga olib ekiladi. Chunki erta unib chiqqan nihollar sovuqdan nobud bo‘lishi mumkin. Bunday ekish, odatda oktabrning ikkinchi yarmida amalga oshiriladi. Qish oldidan rediska, petrushka, sabzi, salat, ukrop, ismaloqni ekish mumkin. Urug‘larni yerga ko‘mish chuqurligi. Urug‘larni yerga ko‘mish chuqurligi ularning katta-kichikligiga, ekish vaqtiga va tuproqning namligiga bog‘liqdir. Urug‘ mayda bo‘lsa uncha chuqur ko‘milmaydi. Salat, sholg‘om, bryukvaning mayda, ammo tez o‘sadigan urug‘lari 1 — 1,5 sm chuqurlikda, rediska va turup urug‘lari 1,5—2 sm chuqurlikka ekiladi. Qattaligi o‘rtacha bo‘lgan bodring va lavlagi urug‘ining nihollari ancha qalinroq tuproq qatlamini ham yorib chiqishi mumkin: ular 2—3 sm chuqurlikka ekiladi. No‘xat, loviya, dukkaklilarning yirik urug‘lari 3—5 sm chuqurlikka ekiladi.Soyabonguldoshlar (sabzi, petrushka)ning urug‘lari, shuiingdek piyoz urug‘i sekin unadi. Ular yuza ekilsa, unib chiqmaydi, chunki tuproqning yuqori qatlamn tez qurib qoladi, chuqur ekilganda esa nihollar tuproq sathiga yorib chiqolmay halok bo‘ladi. Shuning uchun ularning urug‘larini 0,5—1 sm chuqurlikda ekib, ustidan 2 sm qalinlikda chirindi solinadi. Download 304.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling