Yer uchskasi
Tabiat burchagida o‘simlik va xayvonlarni parvarish qilish
Download 304.41 Kb.
|
1544076064 73109
Tabiat burchagida o‘simlik va xayvonlarni parvarish qilish.
Т abiat burchagidagi xona o‘simliklarini saqlash ularni sug‘orish, purkash, yuvish, tuprog‘ini yumshatish, almashtirish, bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish, oziqlantirish, kesish, ko‘paytirish, zararkunandalarga qarshi kurashishdan iboratdir. Suv quyish. O‘simlikka xona haroratidagi suv qo‘yiladi. Vodoprovod suvi tarkibidagi xlorni yo‘qotish uchun uni ochiq idishda ushlab turiladi. O‘simlik rivojlanayotgan va gullayotgan vaqtda unga xona haroratidan 2°S ortiq bo‘lgan suv qo‘yiladi. Agar gultuvak tagida suv yig‘ilib qolgan bo‘lsa va ikki soat davomida unak teshigi orqali shimilib ketmasa, u to‘kib tashlanadi. Purkash. Purkash ko‘pgina o‘simliklarni parvarish qilishning muhim qismi hisoblanadi. Chunki u o‘simlikning suv bilan me’yorida ta’minlanishiga yordam beradi. Purkaganda o‘simlik qishda ham xuddi yozdagidek ko‘m-ko‘k bo‘lib turadi. Iliq suv bilan purkab turilganda o‘simlik novdalari va barglari tezroq o‘sadi, kurtak chiqaradi. Yuvish. O‘simlikni changdan tozalash uchun iliq suv bilan mumtazam yuvib turish lozim. O‘simlik dush tagiga yoki tog‘oraga qo‘yib yuviladi, bunda tuvakdagi tuproq ivilib ketmasiigi uchun uning usti kleyonka bilan yopib qo‘yiladi. Tikanli kaktuslarni yuvishdan oldin changlari yumshoq cho‘tka bilan tozalanadi. Egilgan bargli o‘simliklarni yuvish mumkin emas, ularni changi mayin mo‘yqalam bilan tozalanadi. Gultuvaklar yiliga 3—4 marta sovunlab, qaynoq suv bilan qattiq cho‘tka yordamida yuviladi. Yumshatish. Yumshatish — bu suvsiz sug‘orishdir. U suv qo‘yilgan kunning ertasiga amalga oshiriladi. O‘simlik ildizlari zarar yetkazmaslik uchun tuvak chetlaridagi tuproq ko‘pi 1-1,5 sm chuqurlikda yumshatiladi. Ko‘chirib o‘tkazish va ko‘chat qilish. Ko‘chirib o‘tkazish tuvak torlik qilganda o‘simlik ildizini yopishib turgan tuproq bilan birgalikda boshqa tuvakka o‘tqazishdir. Tuvak tagiga yangi tuproq solib, o‘rtasiga ko‘chat o‘tqaziladi. Bunda qolgan tuproq bilan joyga solinadi. Ko‘chat qilishda esa o‘simlik ildiziga yopishib turgan uyum bir oz tozalanadi va eski tuproqni bir qisim olib tashlanadi. Yangi tuvak eskisidan 3-4 sm kattaroq bo‘lishi kerak. Ko‘chat qilishni bahorda, o‘simlik o‘sishni boshlamasdan amalga oshirish maqsadga muvofikdir. Download 304.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling